Suvning inson xayotidagi o’rni va uning gigienik baxosi. Suv odam xayotida juda katta va xilma-xil rol o’ynaydi. U avvalo, odam organizmini normal saqlashda juda katta axamiyatga ega, qisqasini aytganda odamda uning vazniga nisbatan 63 protsenti suv. Suvning katta qismi organizm xujayralari orasida, qolgan qismida esa, to’qimalar orasidagi suyuqliklarda qonda, limfalarda, ovqat xazm qilish shirasida va xar xil bezlar sekretsiyasida joylashgan odam organizmida suv xamma fizik ximik protsesslarda ishtirok etadi, shuning bilan bir qatorda ovqatning qonga so’rilishi, assimiliyattsiya va dissimiliyattsiya protsesslari uchun, erigan va yarim erigan xolda oxirgi maxsulotni chiqarish va issiqlik almashinuvi uchun zarur bo’ladi.
Odamda teri, o’pka buyrak orqali yo’qotilgan suvni to’ldirish va fiziologik funktsiyalarning normal o’tishi uchun atrof muxit va xona temperaturasi normal bo’lganda engil jismoniy ish qilinganda sutkasiga 3 l suv etarli bo’ladi, bularning yarmi ovqat moddalari bilan qabul qilinadi. Xavo temperaturasi yuqori bo’lganda va og’ir jismoniy mexnat qilish natijasida suvga bo’lgan odam organizmining extiyoji 6-8 l ga etadi. (bunda odamning terlashi xam xisobga olinadi).
Odamni suv bilan ta’min etmaslik va uni suvsiz qoldirish juda xavfli: organizmda suv va tuzlar muvozanati buziladi, qon quyuqlashadi, maxsulotning qayta almashinuvi to’xtaydi, energiya va modda almashinuviga salbiy ta’sir etadi. Odam suvsiz bir necha kun yashashi mumkin, ovqatsiz suv bo’lgan taqdirda bir oy atrofida yashaydi. Odam organizmining 20 % suv yo’qotishi o’limga olib keladi.
Suv odamning faqat fiziologik yashashida zarur bo’lib qolmasdan, turmush extiyojida, xo’jalikda va ishlab chiqarishda juda zarur. Odam organizmini jismoniy tarbiya bilan chiniqtirishda juda katta axamiyatga ega: u odamni chiniqtirishda, davo jismoniy tarbiyasida, shaxsiy gigienasida va sport mashg’ulotlarida va xakozo.Suvning katta qismi ovqat tayyorlashga, ko’chalarga sepishga, kir yuvishga va boshqalarga sarf bo’ladi, uning sarflanish darajasi umumiy sanitariya sharoitini xarakterlovchi birdan bir ko’rsatkich xisoblanadi. Odam organizmini suv bilan ta’minlash infektsion va boshqa kasalliklar tarqalishining oldini oladigan muxim faktoridir.Suvning foydali tomoni bilan bir qatorda zararli tomoni xam bor, ya’ni sifatsiz suvdan faqat ichish, oziq ovqat tayyorlashgina emas, balki cho’milish xam suzish xam zaharlidir.Tabiiy suvda ba’zi bir mineral tuzlarning, masalan, yod, ftorning etishmovchiligi va ortiqchaligi kasallikka olib kelishi mumkin.
Daryo va ochiq suv xavzalarining suvlari odam organizmiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin, chunki ularga zavod va fabrikalarning yaxshi tozalanmagan suvlari kelib qo’yiladi. Bunday iflos suvlardan ko’pincha organik va noorganik zaxarli birikmalarni uchratish mumkin, bular mazkur suvni ishlatganlarda xronik zaxarlanishlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ishlab chiqarishdan quyilayotgan suvlar baliqlarning va atrofdagi o’simliklarning nobud bo’lishiga sabab bo’lishi mumkin. Bunday suv xavzalarining ko’rinishi, xidi va tami xam odam uchun yoqimsizdir. Suvning bakteriologik ifloslanishiga xo’jaliklarda (xojatxona, oshxona, xammom va kir yuvadigan joylarda), shuningdek quduqlar kovlangan chuqurliklar va xakozalar noto’g’ri qurilganligi sababli iflos suv ulardan er osti suvlariga qo’shilib ketadi. Tabiiy va ayniqsa suzish uchun mo’ljallangan sun’iy ochiq va yopiq basseynlar etarli darajada tozalanmagan va zararsizlantirilmagan bo’lsa, yolg’iz ichak kasalliklarigina emas, balki ko’z, teri va boshqa kasalliklarning xam kelib chiqishiga sabab bo’ladi.Iste’mol qilinadigan suv quyidagi qabul qilingan gigiena normalariga javob berishi kerak:
1) suv axolining barcha extiyojlariga kerak bo’lgan miqdorda olib kelishi kerak.
2) suv tiniq, rangsiz, xidi va ta’mi o’zgarmagan ma’lum tempraturaga ega va bardam qiladigan bo’lishi kerak.
3) aniq va nisbatan doimiy ximyaviy tarkibga ega bo’lishi kerak, kishi sog’lig’iga zarar keltiradigan, ortiqcha tuz bo’lmasligi, zaxarli va radioaktiv zarrachalardan xoli bo’lishi kerak.
4) tarkibida potogen bakteriyalar va gijja tuxumlari, g’umbaklari bo’lmasligi kerak.
Vodoprovod suvi nimaga ishlatiliishdan kat’iy nazar, yuqorida aytib o’tilgan talablarga javob berishi kerak. Umumiy suv xavzalarining atrofi o’ralib, sanitariya xodimlari tomnidan muxofaza qilinishi kerak. Xavo eng muxim faktor bo’lib usiz inson organizmi o’z xayotiy funktsiyalarini nisbatan uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Xavo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. SHu bilan bir atmosfera organizma bir qadar ta’sir etish mumkin. Bo’lgan elektrik kuchlar va xar xil radiotsiyalar xarakati maydoni bo’lib xizmat qiladi.Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yo’qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlatrishi choralarini qo’llash orqali har xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarning sanitariya xolatini yaxshilash va organizmning zararli faktorlarga qarshilishigini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator xollarda xavoning o’zidan shifobahsh, chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi.Xavoning organizmga bevosita ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish metallari, tuproq va boshqalarning gigienik xossalarining o’zgartirib bevosita ta’sir etish mumkin.
Xavoning gigienik xarakteristikasi quyidagi ko’rsatkichlar yig’indisidan iborat. A) xavoning fizikaviy xossalari-temperaturasi, namligi, xarakati, atmosfera bosimi, kuyosh radiaktsiyasi, elektrik xolati, mionlantiruvchi radiaktsiya.
B) ximyaviy tarkibi-xavoning doimiy tarkibi va yod gazlar;
v) mexanik aralashmalar – rang tutin, qurum aralashmasi;
G) mikroflora (mikroorganizmlar-bakterial ifloslanish borligi).
Bu faktorlarning xar biri o’ziga xos gigienik axamiyatga ega, lekin ularning organizmga ta’siri birgalikda ta’sir etish bilan ifodalanadi va tashqi muxitning konkret sharoitida ulardan faqat birontasining roli ustun bo’lishi to’g’risida gapirish mumkin.
Ayniqsa 10-12 km balandlikkacha yoyilgan xavo qatlami ahamiyatga ko’proq molikdir, bu qatlam troposfera deb ataladi. Undan baland 60-90 km gacha stratasfera, 800 km gacha ionosfera, undan keyin ekzosfera joylashgan. Er atmosferasining yuqorigi chegarasi 2000-3000 km balandlikda joylashgan.
Inson xayoti va faoliyati troposferada o’tadi, uning eng muxim gigienik ahamiyati ham anashu bilan aniqlanadi. Xozirgi zamonda, inson kosmosga kirib borganligi tufayli, kosmik uchishlarni gigienik ta’minlash katta qiziqish tug’dirdi.