Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Iqlimiy omillarning salomatlikka ta’siri



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə18/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
valeologiya maruza matni

Iqlimiy omillarning salomatlikka ta’siri.
Yuksak darajada rivojlangan organizmga iqlimiy muhitning noqulay ta’siriga qarshi to’qima va organlarning fiziologik faoliyati doimiy bo’lishini ta’minlovchi maslanishda vujudga kelgan, bunday barqaror ko’rsatkichlarga: tana haroratining doimiyligi, qon va to’qima suyuqligining osmotik bosimi, ular tarkibidagi kaliy, natriy, kaltsiy, xlor ionlarning va qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Albatta, organizm ichki muhitining doimiyligi nisbiydir. Tashqi muhitning noqulay ta’siri natijasida bu muhitning doimiyligi o’zgaradi. Lekin nerv – gumoral sistemaning boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi. Masalan, yoz oylarida havo harorati juda ko’tarilib ketsa (40 gradusdan yuqori), organizm tanani sovutish choralarini ko’radi. Buning uchun ko’p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi. Organizmning hujayra va to’qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo’lishi kamayadi. Bu bilan organizm qizib ketishdan o’zini saqlaydi. Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo’ladi. Terlash kamayib, to’qimalarda energiya ajratish ham susayadi, organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, energiya hosil bo’lishi ko’payadi. Bular natijasida issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi.Biroq tashqi muhitning salbiy omillari kasallik sababchisi ham bo’lishi mumkin.Muhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar kiradi. Bular odamning me’yordagi hayot faoliyati va sog’lig’i uchun zarurdir. Biroq ular kasallik sababchisi ham bo’lishi mumkin. Havo harorati, namligi atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, shovqin, tebranish, elektromagnit, issiqlik, gravitatsion omillar, fizik omillar hisoblanadi. Biologik omillarga mikrob, viruslar, gijjalar, zamburug’larni kirgizish mumkin. Ular nafas va ovqat hazm qilish yo’llari yoki teri orqali organizmga kirib yuqumli kasallik chaqiradi.Bola jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar o’qituvchilar, ota-onalar, o’rtoqlari bilan bo’lgan o’zaro munosabatlari natijasida ta’sir ko’rsatadi. Demak biologik va ijtimoiy omillarning o’zaro ta’siri natijasida o’ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lgan organizm shakllanadi. TSirkad ritmlar. Kecha – kundo’z davomida 24 soatga yakin takrorlanadigan biologik ritmlar tsirkad ritmlar deyiladi. Tsirkad ritmlar amaliy jixatan xayotning hamma xodisalarini masalan, odamda xujayralarning bulinishi, fermentlar aktivligi gormonlar miqdori, MNS ning tonusi, uyku va uygonish, ish qobiliyatining o’zgarishi va xokazolarni o’z ichiga oladi.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin