Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Bir kecha-kunduz davomida ish qobiliyatining o’zgarishi



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə14/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
valeologiya maruza matni

Bir kecha-kunduz davomida ish qobiliyatining o’zgarishi. Odamda fiziologik funktsiyalarning kecha-kundo’z davomida tebranishini o’zgartirish ancha qiyin bo’ladi.Fiziologik sistemalar ishining kecha-kunduz davomida o’zgarishini aniqlash sport faoliyatida ayniksa muhim ahamiyatga ega. CHunki hozirgi paytda sportchilar juda katta hajmdagi va yuqori tezlikdagi ishlar bilan kuniga 2-3 marta mashq kiladi. Buning uchun organizm ish faoliyatining yuqori darajada bulishi muddatlarini aniqlash va mashq vaqtlarini shu muddatlar bilan belgilash zarur bo’ladi.Ko’pchilik musobaqa kalendarida hozirgi ish dasturining eng shiddatli qismi ertalabki soatlarga 10-11 va kechki 17-19 soatlarga muljallanadi. Bioritmologiya bo’yicha bir qancha mo’taxasislar fikriga ko’ra kecha-kunduzning Ayni shu davrlari shaxsiy birinchiligini olish uchun eng qo’lay hisoblanadi. Mashq qilish okibatida fiziologik funktsiyalar ritmning kayta ko’rilishi va ish qobiliyatining o’zgarishi yuzaga kelishini mahsus tekshirishlar aniqlangan. Yuqori harakat aktivligi vegetativ funktsiyalarning davriyligini ancha o’zgartirish bilan ularning soat 20 gacha pasaymasliga, ya’ni kecha-kunduzlik tsiklining aktiv davri uzayishini yuzaga keltiradi.Bir kecha-kunduzdagi boshlanish va tugash soatlarining o’zgarishi fiziologik jarayonlarning davom eitishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 2-3 soat fark kiladigan mintakalarni bosib utishdayok, odam organizmida funktsional xolatning o’zgarishi kuzatiladi. 4-5 ayniksa, 7-8 saot fark kiladigan vaqt mintakalariga tez utishida funktsiyalarning kecha-kundo’zdagi ritmi ancha ko’p bo’ziladi. Jismoniy ish qobiliyatining kecha-kundo’z davomidagi ritmi musobaqa va shiddatli mashq qilish mashgulotlari ta’sirida kuchli o’zgaradi. Odamda kundo’zgi soatlarda ih qobiliyatining yuqori, tundagi soatlarda esa past bo’ladi. ko’pchilik kishilar kecha-kundo’z davomida 2 marta ish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Birinchi davrda ertalab soat 8-12 gacha, ikkinchi soat 17-19 lar oasida bo’ladi. bu vaqtlarda odam eng kuchli bo’lib, organlarning sezuvchilanligi ortadi. Ertalabki soatlarda odam eshitadi, yaxshi ko’radi bu funktsiyalar soat 2-5 va 13-15 larda juda yomonlashadi. Birok turli kunlarda ish qobiliyatini kecha-kundo’zning har bir vaqtida o’zgarishi mumkin, bu kishining o’zini-o’zi ishontirish yoki o’zganing so’zini ishonishi orqali sodir bo’ladi.
Vaqt mintakasi o’zgarishi bilan organizmda ro’y beradigan o’zgarishlar kishilar shaxsiy xususiyatlariga, uning xayot tarzidagi dinamik stereotipga ham bog’liq bo’ladi. shuning uchun ham turli shaxslarda xukukiy fiziologik funktsiyalarning o’zgarishi har xil darajada bo’ladi. Yoshga doir ruhiy va funqsional hususiatlar. Rivojlanish tufayli butun bir yoshga doir organizmning ruhiy funksiyatlari va xulq-atvori mukammallashadi.O’sish va rivojlanish bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko’rsatkichlar ma'lum vaqt o’tishi bilan sifat ko’rsatkichlariga aylanadi.
Bola organizmining o’sishi fiziologik jarayon bo’lib, bu vaqt oziq moddalarni iste'mol qilish ularni sarflashdan ustun bo’ladi.O’sish jarayoni bola organizmining bo’yiga va vazniga oshishi bilan xarakterlanadi. O’sish belgilari qilib massa, bo’y barcha organizmlarning uzunligi va boshqalar olinadi. Bunga suyaklarning o’sishi va yo’g’onlashuvi ham kiradi. Bir organizmdagi turli organ va tizimlarining o’sish tezligi ham turlicha bo’ladi.O’sish emadigan bolalarda eng kuchli bo’lib, tug’ilgandan keyin 1-2 oy ichida ayniqsa sezilarli bo’ladi.Bolalarda tana va boshning o’sishi turli xil nisbatda bo’ladi. Endi tug’ilgan bolalarda bu nisbat 1:4 ni tashkil qilsa, katta odamlarda 1:8 ni tashkil qiladi. 1 yoshlik bola bosh miyasining vazni katta odam bosh miyasi vaznining 2/3 qismini tashkil qiladi. Miya vazni tana vazniga nisbatan tezroq ko’payadi. Inson ruhiy faoliyati va funqsional hususiatlari individual jihatlari butun faoliyatining borishida katta ahamiyat kasb etadi. Ular harakat ko’nikmalarining shakllanish va barqarorlashishi tezli-giga, ularning rivojlanishi va, kerak bulganda, qayta ishlab chiqish, o’zgartirishga katta ta’sir ko’rsatadilar. Sportchining mashg’ulotlarda va musobaqalardagi ruhiy holati va o’zini tutishi ham individual xususiyatlarga bog’liq. Hayotda, ishda, atrofdagilar bilan munosabatda ikki asosiy asab jarayoni - qo’zg’alish va tormoz-lanishning balanslashuvi ro’y beradi. Bu balansning buzilishi dinamik stereotipning shakllanishida qiyinchiliklar tug’diradi. Asab markazlarida ishlayotgan mushaklar, organlardan kelayotgan ta’sirlarni mustahkamlash, harakat ko’nikmasi dinamik stereoti-pini yaratish uchun asab markazlari qo’zg’alishining ma’lum darajasi zarur bo’ladi.Sportchi organizmga ta’sir qiluvchi o’ta kuchli omillar (uzoq davom etgan maksimal yuklamalar, yuqori tempda ritmik ishlash) dan so’ng shug’ullanishlarning samarasi kuchli tormozlanish natijasida tushib ketadi. Aynan shu davrda yuklamalarni kamaytirish kerak, aks holda oliy asab faoliyatida portlash ro’y beradi va sportchini uzoq vaqt izdan chiqarishi mumkin.Mashhur psixolog P.A.Rudik (1973) tadqiqotlar natijasida shaxsning psixologik xususiyatlari jismoniy mashqlar ta’siri ostida muayyan, barqaror o’zgarishi mumkin, degan fikrga kelgan. Odatda sport shaxsning shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblash qabul qilingan. Sport musobaqa-lari tirishqoqlik, ahloq va iroda sifatlari, mardlikni tarbiya-lashga yordam berishi yuqorida qayd etildi. Ammo bu yo’nalishdagi tadqiqotlar endi boshlanmoqda.Verner va Totxeyd Vest-Poyntedagi harbiy akademiya kur-santlarining shaxsiy xususiyatlariga muntazam sport mashg’u-lotlari va musobaqalarining ta’sirini aniqlamoqchi bo’ldilar. Buning uchun o’rta maktabning harbiy akademiyaga o’qishga kirmoqchi bo’lgan, sportchi va sportchi bo’lmagan bitiruvchilari kuzatildi. Ushbu tadqiqot natijalariga ko’ra shaxs o’smirlik davrida shakllanib bo’ladi va sport bilan shug’ullanish aytarli o’zgarish-larga olib kelmaydi, degan taxminga kelindi.1968 yilda Vashingtonda o’tkazilgan sport psixologiyasi bo’yicha Ikkinchi xalqaro kongressda professor Ikegami uzoq va muntazam sport mashg’ulotlarining shaxsning o’zgarishga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan fundamental tadqiqotlar natijasini taqdim etdi. Bu ma’lumotlarning statistik tahlili shuni ko’rsa-tadiki, sport staji oshaverishi bilan kuzatilgan shaxslar faol-roq, tajovuzkorroq, beg’amroq bo’lavergan, depressiya va frestatsiya kamroq ishtiyoq his etganlar, boshqalar bilan munosabatda etakchi bo’lishga kamroq intilganlar. Uning fikriga ko’ra, sport mashg’ulotlari ruhiy barqarorlikning umumiy o’zgarishiga ta’sir etmagan.Salomatlikka ta’sir korsatadigan turli hil yuklamalari. Yuklamalar miqdori ayrim mashgulotlarda ham, haftalik, oylik va yillik jami mashgulotar manosida ham ortib bormoqda. Yaqindagina faqat etakchi sportchilar ishlatib kelgan yillik yuklama hajmi endilikda o’rta malakali sportchilar uchun me’yor bolib qolmoqda. Yurak ogirligini (yurak gipertrofiyasi) kattalashuvi bilan bogliq yurakning qisqarish qobiliyati kuchayadi. Tananing yangi imkoniyatlariga nafas olish va qon aylanish tizimi ham moslashadi.Mushaklarning qizgin ishlash paytida nafas olish 15-20 martaga ortadi, nafas olish kuchining osish hisobiga nafas olish harakatli quvvati oshadi, turli ogirlikdagi jismoniy yukka chidamlilik qobiliyati asosi sifatidagi korsatkichlar o’sadi.Moslashish jarayoni nafaqat sportchiga yuksak natijalarga erishishgagina imkon berib qolmasdan, balki ogirlikka chidashning qolipdagi yuklamalar mashgulot ta’siriga ega bolmay qoladi, ulardan mashqlarga chidamlilikni saqlashga imkon beruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin.
-mashqulotlar orasida yol qoyilgan uzoq tanaffuslar moslashish yutuqlari darajasini pasaytiradi.
-sportchi tanasini moslashishi yuklama tarkibi va yonalishi bilan bogliq yonalishda roy beradi.
Tez, bir necha soat davomida modda almashuvining ayrim substratlari moslashadi.Kam tezlikda 10 - 14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi kopayadi, yurak qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.Sekin 4 - 6 hafta davomida mushak ogirligi osa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori kopayadi.Tashqi omillar etarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bolgandagina moslashish jarayoni roy beradi.Moslashish jarayoni - yuklama va dam olishni togri tashkil etish natijasidir.Yuklama ta’siri, funktsional va quvvat zahiralarini sarflash oqibatida tananing funktsional imkoniyatlari (vaqtinchalik) pasayadi. Kopincha dam olish bosqichida amalga oshiriladigan moslashish jarayonini shakllanishi uchun etakchi qozgatuvchi hisoblanadi.O’z faoliyatini faqatgina boshlayotgan sportchilarda yangi, noodatiy yuklarga moslashish jarayoni etuk mutahassis sportchilarga qaraganda tezroq kechadi. Buni tajribali sportchilarda mashq va musobaqa yuklamalariga moslashish jarayonini yuqori, moslashishning keyingi kuchayish imkoniyatlari doirasi bir muncha qisqarganligi bilan tushuntirish mumkin.Yuklamani oshirishda asta-sekinlik va maksimal yuklamani qollash, garchi ular ortasida qarama-qarshiliklar bolishi mumkin bolsada, bir-birini inkor etmaydi. Maksimal yuklamalardan foydalanish dastlabki tayyorgarlik jarayonida ularning asta-sekin yuqsala borishining natijasi bolmogi kerak. Aks holda maksimal yuklamalar salomatlikni mustahkamlash va sport yutuqlarini ostirish ishiga qarama-qarshi bolib chiqadi. Yuklamaning chegarasi har doim organizmning mazkur taraqqiyot bosqichidagi imkoniyatlariga muvofiq ravishda belgilanishi kerak. Mashgulot natijasida funktsional va moslashuv imkoniyatlarining osha borishiga qarab yuklamaning maksimumi asta-sekin ortib boradi: oldingi bosqichda maksimal bolgan korsatkich undan keyingi bosqichda oddiy yuklama bolib qoladi.Mashgulot yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib otilganidek, ularning hajmi va intensivligi ozgaradi. Lekin ularning ohsa borishi barcha bosqichlarda birdek parallel ravishda bolmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm koproq yuksalsa, boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta bolmagan mashgulot jarayonlari uchun ham, kop yillik sport faoliyat uchun ham xarakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz orttirib bora olmaydi. Sportchining asosiy faoliyati yaratuvchi mehnat shu mehnat bilan sport mashguloti muvofiqlashmogi kerak. Yosh otishi bilan organizm funktsional imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq kerak. Bularning hammasi mashgulot yuklamalarini ma’lum qolipga solib qoyadi. Lekin amalda ana shu qolip doirasidagi barcha imkoniyatlarni tola ishlatib bolgan bironta ham sportchi topilmasa kerak. Aslida eng avval yuklamalarning umumiy hajmi chegarasiga etishi kerak, chunki u eng kop vaqt sarflash bilan bogliq. Intensivlik esa (juda bolmaganda ayrim korsatkichlari boyicha) yosh ulgayishi natijasida cheklovchi faktorlar paydo bolguncha osib boraveradi. Bunday faktorlar paydo bolgandan keyin yuklamalarni faqat mashgulot bosqichlari chegarasidagina orttira borish mumkin.Sport mashgulotining kozdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemalollik va individuallashtirish printsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo etadi. Organizm funktsional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar qoyilishi munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, shuningdek, salomatligi bir muncha zaif bolgan shahslar uchun yohud etarli darajada tayyorgarlik kormagan kishilar uchun sport mashguloti jismoniy tarbiyaning yaroqli formasi hisoblanmaydi. Binobarin, bemalollik muammosi sportga tadbiq etilganda, jismoniy tarbiyaning boshqa vositalaridan foydalanilgandagiga qaraganda koproq qat’iy cheklashlar shart ekanini hisobga olgan holda hal qilinishi zarur. Shuningdek, sport mashgulotlariga kirishishdan avval dastlabki umumiy jismoniy tayyorgarlik va chuqur vrachpedagog nazoratidan otish asosiy shart ekanligi oz-ozidan ko`rinib turibdi.Tibbiy pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining osishi bilan birga yuksala boradi. Sportchi oz imkoniyatlarining absolyut maksimumiga qanchalik yaqinlashsa, mashgulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda bundan keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat’iy individuallashtirishning roli shunchalik katta boladi. Murabbiy, olim, vrach, va sportchining doimiy hamkorligi hozirgi kunda ilgor sport amaliyotining tipik hodisasiga aylanib qolayotgani bejiz emas.Yuklamalarning tartib qoidasi.Asta-sekin yuklamani oshirish uchun:
- yillik ish hajmini 10-200 dan 1300-1500 soatga kopaytirish kerak:
- mikrotsikllar ichida mashgulotlar 2-9 tadan 15-20 va undan kopga kopaytirish:
- mashgulotlarni bir kun ichida 1 dan 3-4 martaga kopaytirish:
- katta yuklamali mashgulotlarni xafta mikrotsikli ichida 5-7 taga oshirish:
- tanlangan yonalishda mashgulotlar sonini kopaytirish sportchi organizmini funktsional imkoniyatlarini jalb qiladi:
- «qattiq» rejimda umumiy hajmni oshishi mahsus chidamlilikni oshishiga yordam beradi.Maksimal yuklamadan foydalanish faqat sistemalilik printsipiga qat’iy amal qilingan sharoitdagina mumkin, faqat mashgulotlar davomiyligining chuqur oylangan tizimnigina, mashgulot jarayonining uzluksizligi hamda yuklama bilan dam olishning ratsional suratda almashlab turilishigina bunday yuklamalarning ijobiy samara berishini taminlashi mumkin.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin