Yuklamalarning tartib qoidasi.Asta-sekin yuklamani oshirish uchun:
- yillik ish hajmini 10-200 dan 1300-1500 soatga kopaytirish kerak:
- mikrotsikllar ichida mashgulotlar 2-9 tadan 15-20 va undan kopga kopaytirish:
- mashgulotlarni bir kun ichida 1 dan 3-4 martaga kopaytirish:
- katta yuklamali mashgulotlarni xafta mikrotsikli ichida 5-7 taga oshirish:
- tanlangan yonalishda mashgulotlar sonini kopaytirish sportchi organizmini funktsional imkoniyatlarini jalb qiladi:
- «qattiq» rejimda umumiy hajmni oshishi mahsus chidamlilikni oshishiga yordam beradi.
Maksimal yuklamadan foydalanish faqat sistemalilik printsipiga qat’iy amal qilingan sharoitdagina mumkin, faqat mashgulotlar davomiyligining chuqur oylangan tizimnigina, mashgulot jarayonining uzluksizligi hamda yuklama bilan dam olishning ratsional suratda almashlab turilishigina bunday yuklamalarning ijobiy samara berishini ta’minlashi mumkin.
Har bir kasallikning yuzaga kelishi va rivojlanishida ham patogenetik (kasallik tug’diruvchi) omillar, ham valeologik (salomatlikni yuzaga keltiruvchi) omillar teng ravishda ishtirok etadi, kasallik-bu patogenetik va valeologik mexanizmlarining o’zaro ta’siri natijasidir. Bularni maqsadli rag’batlantirish inson bilan shug’ullanuvchi mutaxas-sisning asosiy vazifasidir.Valeologiyaning e’tibor markazida turgan ob’ekt – bu, birinchidan– sog’lom inson; ikkinchidan – uning butun atrofi va ta’sir etuvchi omillar; uchinchidan – patologik jarayonning rivojlanish sabablari, organizmni salomatlik holatiga qaytarish mexanizmlari, himoya-mosla-shuv mexanizmlari, boshqacha aytganda – davolanish va normaga qaytish jarayonlari; to’rtinchidan – profilaktik va sog’lomlashtirish chora-tadbir-lari; va nihoyat beshinchidan – qarishning mexanizmlari va alomatlari hamda qarilik patologiyasining, ham umuman qarishning oldini olishning ehtimoliy yo’llari.Hozirgi zamonaviy tibbiy salomatlik ahvolini saqlab qolishga emas, asosan yuzaga kelgan kasallikni davolashga qaratilgan. I.I. Brexmanning fikricha (1987), “Birgina maqsadga – salomatlikka erishishni ta’kidlagan holda tibbiyot aslida asosan kasaliklarni davolash bilan shug’ullanadi. Lekin kasalliklarni davolash har doim ham salomatlikka olib kelmaydi. Bundan tashqari, inson organizmida ko’pincha nafaqat boshidan kechirgan kasalligining izlari, balki davolashning izlari ham qoladi”. Bilimlar idrok etilishi uchun qulay zaminga kelib tushishi ham naqadar muhim: istalgan odam shifokorning tavsiyalarini tushunish uchun hech bo’lmasa boshlang’ich darajada o’z organizmining tuzilishi va vazifalari bilan tanish bo’lishi kerak. Bu yerdagi ahvol ham unchalik yaxshi emas.Ma’lumot etishmasligi turli mish-mishlarga olib keladi – tibbiyot sohasida ham xuddi shunday. Tibbiy va gigienik bilimlar etishmasligi noto’g’ri fikrlarni, turli sektalar, tabiblar, ekstrasenslarni yuzaga keltiradi.An’anaviy sog’lomlashtirish choralari bilan birga hozirgi paytda yangi, noan’anaviy usullar paydo bo’lgan, ular muayyan insonga qaratilgan bo’lib, oqilona jihatlari mavjud. Davolashning muayyan usullari turlicha bo’lishi mumkin. Eslang-chi, ba’zilar qo’lini qo’yib davolaydi, boshqalari – uqalashning alohida turi bilan, uchinchilari – sovuqqa o’rganish, to’rtinchilari – issiq bilan, beshinchilari – ma’lum parhez tutish va hokazolar bilan davolaydi. Bundan ularning har biri o’z usulini ta’kidlab, uni yolg’iz samarali usul deb e’tirof etadi. Ko’rinib turibdiki, ushbu davolash usullari yordam beradigan bemorlar doirasi ham ayni bir xil. Bundan shu davolash usullarining o’ziga xos emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, ushbu davolash usullarining barchasi organizmning umumiy himoya kuchini oshirishga qaratilgan, bu profilaktik jihatdan maqbul bo’lib, valeologiya nuqtai nazaridan ma’lum ahamiyatga ega. SHuning uchun valeologiyaning tarkib topishi va rivojlanishi faqatgina yangi “modali” fanni yaratish emas, dolzarb vazifadir.Insonning yaxlit organizmini majmuiy o’rganish o’rniga tibbiy-biologik fan ma’lum bosqichda o’ta chuqurlashib, to’qima jarayonlarini hujayra-molekulyar darajada tadqiq eta boshladi, shifokorlik faoliyatini esa a’zolar va tizimlarga bo’lib, ixtisoslashtira boshladilar. Nafaqat “tor” shifokorlik kasblari, balki ixtisoslashgan institutlar va markazlar paydo bo’ldi: kardiologiya, onkologiya, jarrohlik, pulmonologiya, gastroentero-logiya, urologiya va hokazolar. Bunday ixtisoslashuv, albatta, klinik tibbiyotning ayrim yo’nalishlarini chuqurroq o’rganishga va ularning kuchliroq rivojlanishiga, tibbiyotning taraqqiyotiga olib keldi. Lekin bunda bu holning ikkinchi tarafi aniq namoyon bo’ldi, tub asosiy tamoyil buzildi kasallikni va hatto bemorni emas, insonni davolash lozim. Inson, uning ichki muhiti bu makrokosmos bo’lgan atrof muhitda yashovchi mikrokosmik mavjudotdir. Insonning tashqi muhit bilan o’zaro ta’siridagi hayotiy jarayon-larining murakkab namoyon bo’lishini o’rganish uchun keng dunyoni idrok eta olish va dunyoni his etishning keng ko’lami lozim bo’ladi.Insonning salomatligi uchta asosiy qismdan tarkib topadi: uning tuzilish-funktsional salomatligi, fizikaviy-kimyoviy hamda ruhiy-emotsi-onal-ma’naviy salomatligi. Tashhis qo’yish, davolash va sog’lomlash-tirishga yondashuvda insonning xarakterologik, konstitutsional va yosh xususiyatlarini; organizmning qarishi darajasini belgilaydigan omillarni; turmush tarzi va sifatini, ovqatlanish turini; muayyan sharoitlarda ishlash va muhitning omillarini; mavjud zararli omillar va sog’lomlashtiruvchi ta’sirlarni hisobga olish lozim. Boshqacha aytganda, zamonaviy mutaxassis chuqur har tomonlama bilimlarga ega bo’lishi lozim. Bunda u hissiz emas, tuyg’ularga boy bo’lishi, eng avvalo insonni ko’ra olishi, unda optimistik kayfiyatni, sog’ayishga bo’lgan cheksiz ishonchni hosil qilishi lozim.Xalq tabobati va sog’lomlashtirish tizimlarining ijodkorlari salomatlikni saqlash va tiklashning a’lo usullarini ishlab chiqqanlar. Ushbu boy tajribani ham foydalanish uchun qabul qilish lozim. Barcha usullar ham teng ahamiyatli bo’lmaydi. Ayrim kishilarga hammasi to’g’ri kelavermaydi, ular ijodiy o’rganish va qayta ishlashga muhtojdir.Valeologiya barcha tibbiy usullarni ma’lum tizimga birlashtirishi lozim. Bunday vazifa valeologiyaning ixtisoslashgan tibbiy fanlar bilan, umumiy patologiya, biokimyo, genetika, maxsus biologik fanlar, ekologiya, antropologiya, ijtimoiy fanlar bilan, lekin eng avvalo sog’lom va kasal organizmning fiziologiyasi bilan keng qamrovli aloqalarini ko’zda tutadi.Valeologiya – bu insonni individual sog’lomlashtirish to’g’risidagi fan bo’lib, insonning xayoti va faoliyatini, to’qimalarning va hujayralarning kasalliklarini, sog’lomlashtirish, shu jumladan jismoniy tarbiya yordamida sog’lomlashtirish majmualarinio’rganadi. Xalqimizda "Bor joyda bol arzon, yo’q joyda suv qimmat", degan dono naql bor. SHunday ekan suvning Har tomchisini oltinga teng ko’rib, asrab-avaylashimiz, tejab-tergab foydalanishimiz zarur. Salomatlikka ta’sir qiluvchi turli hil yuklamalar, ya’ni jismoniy tarbiya va salomatlik.Jismoniy tarbiya - jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismidir. SHuningdek, u insonning jismoniy qobiliyatini rivojlantirish, salomatligini mustahkamlashga yo’naltirilgan ijti-moiy faoliyat sohalaridan biridir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning ahvoli haqida quyidagi ko’rsatkichlar orqali so’z yuritish mumkin: insonlar salomatligi va jismoniy madaniyati saviyasi; ta’lim va tarbiya, sohasida ishlab chiqarish va turmushda jismoniy tarbiyadan foydalanish darajasi; bo’sh vaqtdan foyda-lanish; jismoniy tarbiya tizimining xarakteri, ommaviy sportning rivojlanish, sportdagi yuksak yutuqlar. Jismoniy tarbiyaning asosiy elementlari: jismoniy mashqlar, mashqlar komplekslari va ular bo’yicha musobaqalar, tanani chiniqtirish, mehnat va turmush gigienasi, sport turizmi. Jismoniy tarbiya jamiyatdagi umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanar ekan, umummadaniy va ijtimoiy vazifalar (ta’lim - tarbiyaviy, normativ, o’zgartiruvchi, o’rgatuvchi).
Jismoniy tarbiya o’zining umummadaniy va ijtimoiy vazifalarini o’zining maxsus vositalari yordamida bajaradi. Bu vazifalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Organizmni insonning yoshi, jinsi, sog’lig’ining ahvoli, jismoniy rivojlanishidan qat’iy nazar rivojlantirish va mustahkamlash.
2. Yoshlarni mehnatga va vatan himoyasiga jismonan tayyorlash.
3. Yoshlarning faol dam olish va bo’sh vaqtdan unumli foydalanish ehtiyojini qondirish.
4. Yoshlarning irodasini, jismoniy qobiliyatlarini va harakat imkoniyatlarini chiniqtirish.
Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport har tomonlama komil insonni tarbiyalashda muhim vosita hisoblanadi. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish ish qobiliyatini o’stiradi, sog’lom hayot tarziga ehtiyojni tarbiyalaydi, bu esa uzoq yillar mustahkam salomatlik va ijodiy faollik garovidir.SHuning uchun o’quvchi va talaba yoshlarni jismoniy tarbiya qilish bo’yicha o’quv jarayonlarni takomillashtirish respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim davlat ahamiyatiga ega, chunki yoshlar salomatligi omili xalq xo’jaligi uchun ishchi resurslar rezervini tayyorlashning asosi hisoblanadi. SHu munosabat bilan oliy o’quv yurtlari dargohidan chiqayotgan mustaqil O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligining bo’lajak mutaxassislari jismoniy tarbiya va sportni mehnat faoliyatida, turmushda, harbiy burchni bajarishda joriy etishga tayyor bo’lishlari va sportning ishlab chiqarishning iqtisodiy ko’rsat-kichlariga ijobiy ta’sir etishini chuqur tushunishlari kerak.Hozirgi vaqtda o’quvchi va talaba yoshlar salomatligida jiddiy kamchiliklar mavjudligi aniqlangan. Ayniqsa maktab va oliy o’quv yurtini bitirish oldidan yoshlar salomatligining yomonlashuvi kuzatilmoqda. Bunga yoshlarning kam harakatliligi sabab bo’lmoqda.Kam harakatlilik semizlik, diabet, nevroz, yassi tovonlik, qomatning buzilishi kabi kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.Jismoniy tarbiya bo’yicha mutaxassislar harakat faolligini salomatlikni saqlash va mustahkamlashda muhim omil hisoblaydilar. SHuning uchun G.B. Meykson, L.E. Lyubomirskiy va tadqiqotchilar guruhi jismoniy tarbiya bo’yicha kompleks dastur o’sib kelayotgan avlodni har tomonlama rivojlanishiga, salomatlikni mustahkamlashga, chiniqtirishga, o’quvchilarning ish qobiliyatining o’sishiga, kundalik harakat rejimini tashkil etishga yo’naltirish lozim, degan fikrga kelmoqdalar. Ayni paytda shuni ham aytib o’tish kerakki, pedagogika sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiyaning shakllari, vositalari, usullari va metodik ko’rsatmalarni ishlab chiqishga etarlicha e’tibor bermagan.SHu paytga qadar jismoniy tarbiyada o’quvchi va talabalar, asosan, chidamlilik, chaqqonlik, kuch, tezlik, chayirlik va boshqa sifatlarni rivojlantirish g’oyasi asosiy o’rin egallagan. Yosh sportchilarni, shuningdek, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash masalalarini hal qiluvchi sport mashg’ulotlari metodologiyaning bazisi hisoblanadi. SHu munosabat bilan jismoniy tarbiya mashg’ulotlari mazmunini tubdan o’zgartirish kerak, chunki yoshlar salomatligi keskin muammo bo’lib turibdi. Bundan tashqari, insonning salomatlikni asrash va mustahkamlashga, jismoniy mashg’ulotlardan oladigan qoniqishga bo’lgan ehtiyojini, uning qiziqishlarini ham e’tiborga olish kerak.dqiqotlar shuni ko’rsatdiki, 283 ta amerikalik va ingliz pedagoglari mashg’ulotlarni o’quvchilarning qobiliyatiga, o’qituvchi-larning uchdan bir qismi esa o’qituvchilarning qiziqishlari hayotiy tajribalariga asoslanib rejalashtiradilar.Yoshlarni jismoniy tarbiya qilishda individual yondashuv sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya pedagogik tizimining asosiy yo’nalishiga aylanishi kerak. SHu munosabat bilan inson barkamolligini kompleks baholash yordamida individual imkoniyatlarni diagnostika qilish jismoniy yetuklikka erishishning asosi bo’lishi kerak.Ayni paytda, jismoniy rivojlanish, gavda tuzilishi, jismoniy va funktsional tayyorlik bularning barchasi muntazam jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining natijasidir. Bunda inson o’z salomatligining mustahkamlanishi jihatidan qoniqish hosil qiladi. Bu esa o’z navbatida uning jismoniy va aqliy faolligini oshiradi, natijada o’quv va mehnat faoliyatining unumdorligi oshadi.Shunday qilib, salomatlikka valeologiya nuqtai nazaridan qarash kerak. Chunki valeologiya insonning jismoniy barkamolligi, harakatsizlik va zararli odatlar natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan turli kasalliklarning oldini olishga sabab bo’luvchi jismoniy tarbiya formalari, usul va vositalari haqidagi fandirtaqillikning e’lon qilingan birinchi kunlaridanoq O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.Karimov, Respublikamizning hukumati o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lig’iga doimiy g’amxo’rlik qilingan. Sog’liqni shakllantirish va uyg’un rivojlanish, bolalarning sog’lom turmush tarzini rivojlantirishning muhim omillaridan biri jismoniy tarbiya va sportdir. Ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktabrdagi 3154-sonli Farmoni «Bolalar sportini rivojlantirish fondining tuzilishi to’g’risida» va 2002 yil 31 oktabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 374-sonli Qarori «O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatining tashkil etilishi to’g’risida» qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda Sog’liqni saqlash Vazirligi oldida o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama jismoniy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi bolalar sporti turlarining asosiy yo’nalishlarini rivojlantirishning tibbiy-ilmiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo’yilgan.Sog’lom bolalarni rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar bolaning organizmiga jismoniy tarbiyaning hal qiluvchi ta’siridan dalolat beradi. Inson organizmi harakatga bo’lgan biologik ehtiyojni sezadi, ushbu harakatlar jismoniy va intellektual rivojlanishni takomillashtirishning faol biologik rag’batlantirishning omillari bo’ladi. Harakatlarning roli organizmning keskin va kuchli o’sishi va rivojlanishi davrlarida - bolalik va o’smirlik yoshida ayniqsa kattadir.Bola organizmining o’sish jarayonini passiv kuzatish shunga olib keladiki, o’smirlik yoshiga kelib tayanch-harakat tizimi va ichki a’zolari tarafidan kasalliklar shakllanadi. Bolada psixologik ichki noqulaylik kuzatiladi. Bugungi kunda Respublikamiz fuqarosining sog’lig’ini shakllantirish va uyg’un rivojlantirish jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur etilishi mumkin emas. Bolalarning jismoniy tarbiyasi va sport bilan shug’ullanishini to’g’ri tashkil etishn ularning sog’lig’i hamda noqulay tashqi sharoitlarga moslashuvining ko’rsatkichlariga hal qiluvchi ta’siri haqidagi ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish bolalarda va o’smirlarda hayotga ishonch, shodlik va tetiklikni hosil qiladi, vatanparvarlik tuyg’usi va Vatanga muhabbatni tarbiyalaydi. Aqliy ishchanlik qobiliati bu oily asab faoliati bilan boglikdir. Miya yarimsharlarning po’stloq qismi bosh miyaning boshqa qismlariga nisbatan yuqori darajada rivojlangan, o’zining tuzilishi va funksiyasi bilan juda murakkabdir. Miya yarimsharlarining po’stloq qismi hosil bo’lishi bilan funksiyalar kortikalizatsiyasi boshlanadi, ya’ni barcha funksional holatlar ustidan eng yuqori qontrol po’stloq orqali olib borila boshlaydi. Po’stloq odam psixik faoliyatining materialistik asosidir. Po’stloq faoliyatiga, tegishli bo’lgan oliy asab faoliyati turli xil metodlar yordamida o’rganilgan va o’rganilmoqda, (elektrofiziologik metod, eksterpatsiya metodi, bioximiyaviy metod va boshqalar). Po’stloq faoliyatini o’rganishda I.P.Pavlov yaratgan shartli reflekslar nazariyasi juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. 1863 yildayoq I.M.Sechenov bosh miyaning reflektor faoliyati haqida ajoyib fikrlarni aytgan edi. I.P.Pavlovning asosiy xizmatlari shundan iboratki, shartli reflektor metodi yordamida oliy asab faoliyatining juda murakkab sirlarini o’rganish imkoniyati tug’ildi. Bundan tashqari, shartli reflekslar nazariyasi tufayli filosofiyaning bilsh nazariyasi, ya’ni materiyaning birlamchi, ongning ikkilamchi ekanligi to’la-to’kis tasdiqlandi. Oliy asab faoliyati o’zining ko’pgina hususiyatlari bilan asab tizimiboshqa qismlaridan farq qiladi. amning ish qobiliyati xaqida mehnat faoliyatining ko’rsatgichlar bo’yicha hukm yuritish mumkin (vaqt birligi ichida bajariladigan mehnat operatsiyalarining miqdori va sifatiga qarab). Biroq, ishlab chiqarishda bu ko’rsatgichlarga ishchiga bog’liq bo’lmagan ishlab chiqarish kamchiliklari ta’sir ko’rsatishi mumkin: materiallar, asboblar, energiyalar yetishmasligi yoki hech hom ashyoning sifatsizligi va x.k. shuning uchun ish qobiliyati tekshirilganda ko’pincha odamning potensial imkoniyatlarini xarekterlovchi va u yoki bu formadagi kasb faoliyati bajarilganda, organizmda ro’yobga chiquvchi funksional holat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ishda aqliy mehnat turlaridan biri bo’lgan karektorlik (bosilgan tekstdan xatoni tuzatish) faoliyat modelashtiriladi. Studentlar 5 kishidan bo’lib guruhlar tashkil qiladilar: bir kishi tekshiriluvchi, 4 kishi eksperementorlar (tekshiriluvchilar). Eksperementatorlar tekshiriluvchining axromatik ko’rish o’tkirligi va maydonini. Puls va nafas chostatalarini aniqlaydilar. Jadval va rasmlar yordamida uning diqqat e’tiborining turg’unligini va boshqa masalaga o’zgartira olish qobilyati baholanadi va undan so’ng tekshiriluvchi jadval ustida ishlashni boshlaydi. Ish davomiyligi 10 minut. Xar bir minut davomida eksperementatorlar topshirig’iga binoan tekshiriluvchi jadvaldan xar xil xarflarni qidiradi. (1 minutda “I” harfini, 2 minutda “N” harfini va x.k.) va xotirasida xar bir minutda topilgan harflar sonini saqlab qoladi. Eksperementatorlar xar bir ish oxirida jadvalni tekshiriluvchini ishdan to’xtatib, o’tgan minutlarni 1,2,3,4,5 va x.k. sonlar bilan kerektura jadvalida belgilab boradilar va tekshiriluvchining 1 minut ichida topgan harflar sonini daftarga ko’chiradilar. Tekshiriluvchi butun jadvalni oxirigacha qarab chiqqach, yana boshidan boshlaydi va 10 minut vaqt tamom bo’lguncha ishlaydi. Ishchanlik qobiliyatini yuqori saqlashda, sog’lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak.
Turli xil faoliyat turini belgilangan vaqtda bajarish.
Mehnat va dam olishni samarali almashtirish
Tizimli ravishda to’liq qimmatli ovqatlanish va harakat bilan shug’ullanish.
Har kuni 2-3 soat sof havoda bo’lish.
Uyqu gigienasiga qat’iy rioya qilish.
Bu qoidalar odamni sog’lom bo’lishi, hayotga qiziqishini orttiradi, uzoq yil mehnat qobiliyatini saqlashga yordam beradi. Umr bo’yi mehnat qilgan odamgina qariganida ham bardam, quvnoq, tetik bo’ladi. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar organizmning tashqi muhitning salbiy ta’sirlariga qarshiligini oshiradi va shu sababli salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda samarali vosita hisoblanadi.SHuning uchun sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar valeo-logiya pedagogik jarayonning asosi bo’lishi kerak. SHu munosabat bilan yoshlarni valeologik tarbiya qilish mazmuni yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalashga yordam beruvchi, o’zaro bog’liq aniq vazifalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.Yuklamalar tartib qoidalari: 1-bosqich berilgan ish bajarilishini ta’minlaydigan funktsional sistemadagi turli komponentlar faoliyatini kuchatsishi bilan bog’liq bo’ladi.
2 - boskich funktsional sistema faoliyati turgun ushlanishdan iborat bo’ladi.
3 - boskich ishni bajarish uchun yuzaga kelgan talab va uning qondirilishi o’rtasidagi muvozanat bo’zilishi bilan ta’riflanadi. Bu xolat harakatning ichki organlar va boshqa organlarning faoliyatini boshqarishini ta’minlaydigan markazalarning charchashi natijasida yuzaga keladi.