Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Valeologiyaning asosiy vazifasi va maqsadi



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə11/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61
valeologiya maruza matni

Valeologiyaning asosiy vazifasi va maqsadi: tabiatning salomatligi, bundan esa jamiyatning salomatligi va har bir alohidagi insonning salomatligi kelib chiqadi. Hozircha ko’pchilik valeologiyani faqat sog’lom turmush tarzi uchun yo’riqnoma deb biladi, lekin u ancha kengroqdir. Aslida bu tibbiy, biologik fanlarning, jismoniy tarbiyaning boshqa barcha fanlar va inson faoliyatining boshqa yo’nalishlari bilan uzviy birikishining mevasidir, bu hayot falsafasidir. Salomatlikka ta’sir korsatadigan turli hil yuklamalari. Yuklamalar miqdori ayrim mashgulotlarda ham, haftalik, oylik va yillik jami mashgulotar manosida ham ortib bormoqda. Yaqindagina faqat etakchi sportchilar ishlatib kelgan yillik yuklama hajmi endilikda o’rta malakali sportchilar uchun me’yor bolib qolmoqda. Yurak ogirligini (yurak gipertrofiyasi) kattalashuvi bilan bogliq yurakning qisqarish qobiliyati kuchayadi. Tananing yangi imkoniyatlariga nafas olish va qon aylanish tizimi ham moslashadi.Mushaklarning qizgin ishlash paytida nafas olish 15-20 martaga ortadi, nafas olish kuchining osish hisobiga nafas olish harakatli quvvati oshadi, turli ogirlikdagi jismoniy yukka chidamlilik qobiliyati asosi sifatidagi korsatkichlar o’sadi.
-moslashish jarayoni nafaqat sportchiga yuksak natijalarga erishishgagina imkon berib qolmasdan, balki ogirlikka chidashning qolipdagi yuklamalar mashgulot ta’siriga ega bolmay qoladi, ulardan mashqlarga chidamlilikni saqlashga imkon beruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin.
-mashqulotlar orasida yol qoyilgan uzoq tanaffuslar moslashish yutuqlari darajasini pasaytiradi.
-sportchi tanasini moslashishi yuklama tarkibi va yonalishi bilan bogliq yonalishda roy beradi.
Tez, bir necha soat davomida modda almashuvining ayrim substratlari moslashadi.Kam tezlikda 10 - 14 kun davomida jigar va mushaklarda quvvat zahirasi kopayadi, yurak qon tomir tizimi moslashishga boshlaydi.Sekin 4 - 6 hafta davomida mushak ogirligi osa boshlaydi, tarkibida oqsil miqdori kopayadi.Tashqi omillar etarli darajadagi jadallik va ma’lum hajmda bolgandagina moslashish jarayoni roy beradi.Moslashish jarayoni - yuklama va dam olishni togri tashkil etish natijasidir.Yuklama ta’siri, funktsional va quvvat zahiralarini sarflash oqibatida tananing funktsional imkoniyatlari (vaqtinchalik) pasayadi. Kopincha dam olish bosqichida amalga oshiriladigan moslashish jarayonini shakllanishi uchun etakchi qozgatuvchi hisoblanadi.O’z faoliyatini faqatgina boshlayotgan sportchilarda yangi, noodatiy yuklarga moslashish jarayoni etuk mutahassis sportchilarga qaraganda tezroq kechadi. Buni tajribali sportchilarda mashq va musobaqa yuklamalariga moslashish jarayonini yuqori, moslashishning keyingi kuchayish imkoniyatlari doirasi bir muncha qisqarganligi bilan tushuntirish mumkin.Yuklamani oshirishda asta-sekinlik va maksimal yuklamani qollash, garchi ular ortasida qarama-qarshiliklar bolishi mumkin bolsada, bir-birini inkor etmaydi. Maksimal yuklamalardan foydalanish dastlabki tayyorgarlik jarayonida ularning asta-sekin yuqsala borishining natijasi bolmogi kerak. Aks holda maksimal yuklamalar salomatlikni mustahkamlash va sport yutuqlarini ostirish ishiga qarama-qarshi bolib chiqadi. Yuklamaning chegarasi har doim organizmning mazkur taraqqiyot bosqichidagi imkoniyatlariga muvofiq ravishda belgilanishi kerak. Mashgulot natijasida funktsional va moslashuv imkoniyatlarining osha borishiga qarab yuklamaning maksimumi asta-sekin ortib boradi: oldingi bosqichda maksimal bolgan korsatkich undan keyingi bosqichda oddiy yuklama bolib qoladi.Mashgulot yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib otilganidek, ularning hajmi va intensivligi ozgaradi. Lekin ularning ohsa borishi barcha bosqichlarda birdek parallel ravishda bolmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm koproq yuksalsa, boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta bolmagan mashgulot jarayonlari uchun ham, kop yillik sport faoliyat uchun ham xarakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz orttirib bora olmaydi. Sportchining asosiy faoliyati yaratuvchi mehnat shu mehnat bilan sport mashguloti muvofiqlashmogi kerak. Yosh otishi bilan organizm funktsional imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq kerak. Bularning hammasi mashgulot yuklamalarini ma’lum qolipga solib qoyadi. Lekin amalda ana shu qolip doirasidagi barcha imkoniyatlarni tola ishlatib bolgan bironta ham sportchi topilmasa kerak. Aslida eng avval yuklamalarning umumiy hajmi chegarasiga etishi kerak, chunki u eng kop vaqt sarflash bilan bogliq. Intensivlik esa (juda bolmaganda ayrim korsatkichlari boyicha) yosh ulgayishi natijasida cheklovchi faktorlar paydo bolguncha osib boraveradi. Bunday faktorlar paydo bolgandan keyin yuklamalarni faqat mashgulot bosqichlari chegarasidagina orttira borish mumkin.Sport mashgulotining kozdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemalollik va individuallashtirish printsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo etadi. Organizm funktsional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar qoyilishi munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, shuningdek, salomatligi bir muncha zaif bolgan shahslar uchun yohud etarli darajada tayyorgarlik kormagan kishilar uchun sport mashguloti jismoniy tarbiyaning yaroqli formasi hisoblanmaydi. Binobarin, bemalollik muammosi sportga tadbiq etilganda, jismoniy tarbiyaning boshqa vositalaridan foydalanilgandagiga qaraganda koproq qat’iy cheklashlar shart ekanini hisobga olgan holda hal qilinishi zarur. Shuningdek, sport mashgulotlariga kirishishdan avval dastlabki umumiy jismoniy tayyorgarlik va chuqur vrachpedagog nazoratidan otish asosiy shart ekanligi oz-ozidan ko`rinib turibdi.Tibbiy-pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining osishi bilan birga yuksala boradi. Sportchi oz imkoniyatlarining absolyut maksimumiga qanchalik yaqinlashsa, mashgulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda bundan keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat’iy individuallashtirishning roli shunchalik katta boladi. Murabbiy, olim, vrach, va sportchining doimiy hamkorligi hozirgi kunda ilgor sport amaliyotining tipik hodisasiga aylanib qolayotgani bejiz emas.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin