Predmethihg metodologik asoslariga- Valeologiya – salomatlik haqidagi fan, uning predmeti, maqsadi,vazifalari, boshqa predmet (fan)lar bilan aloqasi. Salomatlik tushunchasi va «me’yorlar». Fanning shakllanish tarixi. Salomatlikka xavf soluvchi asosiy omillar.Salomatlikni tashxislash, shakllar va uslublar. Tadqiqot uslublari,amaliyot bilan aloqasi. Jismoniy, ruhiy, individual va ijtimoiy salomatlik tushunchalari kiradi.Bularga yuqorida ta’riflar berilgan.Al – Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida ong va fan o’zviyligi ilgari surildi. Al – Xorazmiy, Umar Xayyom, Ahmad Farg’oniy ta’limda amaliy faoliyat ustivorligi g’oyasini ilgari surishdi. XIII-XIV asrlarda Abdulholiq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshbandiy hazratlarining ulug’ tariqatlarida mehnatsevarlik, insonparvarlik, poklik, soflikning asosi ekanligini nazariy va amaliy isbotlab:Abu Bakr ar – Roziy (865-925y) “Organlar funktsiyalari” nomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni bayon etadi. Uning fikricha, odamning kasallanishiga aabab havo, muhit, turmush sharoiti, yil fasllarining o’zgarishi, sabab bo’ladi. Ar – Roziy birinchi bo’lib bemorga tashxis qo’yishni taklif etadi. U birinchi bo’lib chechakni oldini olish uchun emlash kerkligini va uni qanday ijro etish kerakligini to’liq ko’rsat ib bergan. Jaxon ilmiy tafakkuri rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk alloma.Kasalliklarning oldini olish va o’z salomatligini mustahkamlash muammosiga alloma Abu Ali ibn Sino katta ahamiyat bergan. U «Sog’lomlarning salomatligini» yoshiga, sog’lig’ining ahvoliga, kasallik-larga moyilligiga qarab, yil mavsumlarining xususiyatlari va boshqalarga ko’ra qarab chiqar edi. Ibn Sino ilk bora jismoniy mashqlarning inson organizmini mustahkamlashga ta’sir ko’rsatishini ilmiy asoslab bergan. U shu mashqlari sog’liqni saqlashning eng muhim sharti deb hisoblagan. Uning yozishicha: «Jismoniy mashq uzluksiz chuqur nafas olishga olib keluvchi ixtiyoriy mashqdir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanuvchi va kun tartibiga rioya qiluvchi kishi doriga muhtoj bo’lmaydi. Jismoniy mashqlar boshqa rejimlarga rioya qilinganda ortiqcha to’lib ketish ilk omillarining yig’ilishini oldini oluvchi eng kuchli omillardir, shu bilan birga ular tug’ma iliqlikni oshiradi va badanga engillik beradi, chunki ular engil iliqlikni qo’zg’atadi va har kuni yig’ilib boradigan ortiqchaliklarni bartaraf etadi».
Ibn Sino jismoniy mashqlarni «kichik va katta, juda kuchli yoki kuchsiz, tez yoki sekin mashqlar»ga bo’lgan, «sokin mashqlar ham bo’ladi», deb aytgan. Jismoniy mashqlarga u arqonni tortish, qo’l jangi, yoydan o’q otish, tez yurish, nayza otish, qilichbozlik, otda yurish, ikkala qo’lni silkitish, arg’imchoqda uchish, qayiqlarda eshkak eshish, tosh ko’tarish va boshqalarni kiritgan.Ibn Sinoning fikricha, jismoniy mashqlarga kirisha turib, ikkita shartga amal qilish lozim: birinchidan, badan toza bo’lishi kerak, ikkinchidan, iste’mol qilingan ovqat hazm qilinishi lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishni, ayniqsa kuchli jismoniy mashqlarni och qorin paytida boshlash tavsiya etilmaydi, chunki ular «kuchni yo’qotadi». Jismoniy va gigienik tavsiyalar bolalar uchun, yigitlar va «yoshi o’tib qolgan» kishilar uchun juda oqilona va maqsadga muvofiq bo’ladi. Bolaning tug’ilishidan tortib to yigitlik paytigacha va voyaga etishi davrigacha jismoniy rivojlanishini yorita turib, Ibn Sino chaqaloqni parvarish qilish, uni ovqatlantirish, cho’miltirish, uxlatish qoidalarini, inson organizmiga quyosh, havo, suvning ta’sir etishini batafsil ta’riflaydi, sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, tuyish) rivojlanishi uchun jismoniy mashqlarning foydali ekanligiga ishontiradi.Bolalik va yigitlik davrlari o’rtasida o’smir katta kuch xarajatlari, ko’p energiyani talab etmaydigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi lozim. Ushbu mashqlar bolaning o’sishiga va uning mushaklarining mustahkamlanishiga yordam berishi kerak.Ibn Sino organizmni chiniqtirishga va tabiatning tabiiy kuchlari – havo, suv va quyoshdan jismoniy mashqlar bilan birgalikda foydalanishga katta ahamiyat bergan. Ibn Sinoning fikricha, inson organizmini chiniqtirish toza havoda ko’p bo’lgan holda, havo vannalarini erkin harakatlar, sayr qilish, o’yinlar, jismoniy mashqlar bilan qo’shib borganda amalga oshiriladi. U yosh yigitlar va keksa kishilarning organizmini chiniqtirish, badanni suv bilan artish, hammomda cho’milish sifatida o’tkazilishi mumkin, deb hisoblagan.SHunday qilib, Ibn Sino tibbiyotning o’z tushunchasini qat’iy asoslab bergan holda birinchi diqqat markaziga sog’liqni saqlashni olg’a suradi, uning fikrlari va qarashlari ko’p jihatdan zamonaviy tibbiy fan va amaliyotning vazifalariga hamohangdir. Kasalliklarning oldini olish va o’z salomatligini mustahkamlash muammosiga alloma Abu Ali Ibn Sino va Ar-Roziy katta ahamiyat bergan. U «Sog’lomlarning salomatligini» yoshiga, sog’lig’ining ahvoliga, kasalliklarga moyilligiga qarab, yil mavsumlarining xususiyatlari va boshqalarga ko’ra qarab chiqar edi. Ibn Sino va Ar-Roziyilk bora jismoniy mashqlarning inson organizmini mustahkamlashga ta’sir ko’rsatishini ilmiy asoslab bergan. U shu mashqlari sog’liqni saqlashning eng muhim sharti deb hisoblagan. Uning yozishicha: «Jismoniy mashq uzluksiz chuqur nafas olishga olib keluvchi ixtiyoriy mashqdir. Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanuvchi va kun tartibiga rioya qiluvchi kishi doriga muhtoj bo’lmaydi. Jismoniy mashqlar boshqa rejimlarga rioya qilinganda ortiqcha to’lib ketish ilk omillarining yig’ilishini oldini oluvchi eng kuchli omillardir, shu bilan birga ular tug’ma iliqlikni oshiradi va badanga engillik beradi, chunki ular engil iliqlikni qo’zg’atadi va har kuni yig’ilib boradigan ortiqchaliklarni bartaraf etadi.»Ibn Sino va Ar-Roziy jismoniy mashqlarni «kichik va katta, juda kuchli yoki kuchsiz, tez yoki sekin mashqlar» ga bo’lgan, «sokin mashqlar ham bo’ladi», deb aytgan. Jismoniy mashqlarga u arqonni tortish, qo’l jangi, yoydan o’q otish, tez yurish, nayza otish, qilichbozlik, otda yurish, ikkala qo’lni silkitish, arg’imchoqda uchish, qayiqlarda eshkak eshish, tosh ko’tarish va boshqalarni kiritgan.Ibn Sinoning fikricha, jismoniy mashqlarga kirisha turib, ikkita shartga amal qilish lozim: birinchidan, badan toza bo’lishi kerak, ikkinchidan, iste’mol qilingan ovqat hazm qilinishi lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishni, ayniqsa kuchli jismoniy mashqlarni och qorin paytida boshlash tavsiya etilmaydi, chunki ular «kuchni yo’qotadi». Jismoniy va gigienik tavsiyalar bolalar uchun, yigitlar va «yoshi o’tib qolgan» kishilar uchun juda oqilona va maqsadga muvofiq bo’ladi. Bolaning tug’ilishidan tortib to yigitlik paytigacha va voyaga etishi davrigacha jismoniy rivojlanishini yorita turib, Ibn Sino va Ar-Roziy chaqaloqni parvarish qilish, uni ovqatlantirish, cho’miltirish, uxlatish qoidalarini, inson organizmiga quyosh, havo, suvning ta’sir etishini batafsil ta’riflaydi, sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish, tuyish) rivojlanishi uchun jismoniy mashqlarning foydali ekanligiga ishontiradi.Bolalik va yigitlik davrlari o’rtasida o’smir katta kuch xarajatlari, ko’p energiyani talab etmaydigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi lozim. Ushbu mashqlar bolaning o’sishiga va uning mushaklarining mustahkamlanishiga yordam berishi kerak.Ibn Sino va Ar-Roziy organizmni chiniqtirishga va tabiatning tabiiy kuchlari - havo, suv va quyoshdan jismoniy mashqlar bilan birgalikda foydalanishga katta ahamiyat bergan. Ibn Sinoning fikricha, inson organizmini chiniqtirish toza havoda ko’p bo’lgan holda, havo vannalarini erkin harakatlar, sayr qilish, o’yinlar, jismoniy mashqlar bilan qo’shib borganda amalga oshiriladi. U yosh yigitlar va keksa kishilarning organizmini chiniqtirish badanni suv bilan artish, hammomda cho’milish sifatida o’tkazilishi mumkin, deb hisoblagan.SHunday qilib, Ibn Sino va Ar-Roziytibbiyotning o’z tushunchasini qat’iy asoslab bergan holda birinchi diqqat markaziga sog’liqni saqlashni olg’a suradi, uning fikrlari va qarashlari ko’p jihatdan zamonaviy tibbiy fan va amaliyotning vazifalariga hamohangdir