Mustahkam salomatlik jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanish, sog’lom hayot tarzini olib borishning natijasi bo’lib, o’quv va mehnat faoliyati unumdorligining asosidir. Salomatlikka havf soluvchi omillar quyidagicha:
Irsiyat-20%;
Atrof-muhit-20%
Tibbiy yordam saviyasi-10%
Turmush tarzi-50
Salomatlikni tashhislash ,shakllar va uslublar, tadqiqot usullari va amaliyot bilan aloqasi. Jismoniy, ruhiy, individuai va ijtimoiy salomatlik tushunchasi.Predmetning rivojlanishiga sharq mutafakkirlarining qo’shgan hissalari. Zamonaviy olimlarning valeologiya faniga qo’shgan hissasi.Predmetning metodologik asoslari. Xalq pedagogikasi - Abu Ali ibn Sino, Ar-Roziy ta’limoti. Salomatlikni tashhislash, shaklar, uslublari UZI, rengen, so’rab surishtirish, anamnez yigish orqali amalga oshiriladi. Bu asoslar orqali ularning kompyuter variantlariga ega bo’lib, ko’p sonli kishilarni tekshirish natijalarini tezlik bilan qayta ishlash va salomatlik monitoringini tashkil etish imkonini beradi.
Valeologiyaning tadqiqot usullari va amaliyot bilan aloqasi.Hozirgi vaqtda pedagogik tadqiqotlar turli usullar yordamida amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: peda-gogik kuzatish, pedagogik eksperiment, ilg’or pedagogik tajri-balarni o’rganish bir usul mohiyatini qisqacha ko’rib chiqamiz. Jismoniy va o’zlashtirish, tadqiqotning ijtimoiy usul-lari (anketa, reyting), matematik statistika usullari, pedagogik g’oyalarni nazariy tahlil qilish usuli va jismoniy rivojlanishni baholash usullari.
Har ahvolni axborot texnologiyalardan foydalanib baholash usuli:jismoniy ahvol bo’yicha ma’lumotlarning yurak ritmi monitorining; interfeys va dasturiy ta’minotning; tanadagi yog’ massalari tarozi-analizatorlarining telemetrik kompyuter kompleksi tizimi.
Pedagogik kuzatuv usuli. Pedagogik kuzatuv – o’quv-tarbiya-viy jarayonni tadqiqotchi aralashivusiz tashkil etishning indivi-dual usullarini baholash va reja asosida tahlil etishdir. Pedagogik ko’rinishlarni o’rganishi tadqiqotchidan asosli ma’lumotlarni qayd etish, yig’ish va tahlil qilishni talab etadi. Kuzatuv nazariy xulosalar chiqarish uchun zamin yaratib beradi. Xulosalar, o’z navbatida, chuqurroq tahlil qilinadi va boshqa usullar yordamida tekshiriladi.
Pedagogik eksperiment. Bu o’qituvchilarning maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyati bo’lib, u o’zining oldindan qo’yilgan maqsadlariga ega. Bunda turli eksperimentlardan foydalaniladi. Bular yaratuvchi - o’zgartiruvchi, nazorat qiluvchi, tabiiy, namu-naviy, laboratoriya eksperimentlardir.
Tadqiqotning ijtimoiy usullari. (anketalash, reyting). Anketalash - bu standartlashtirilgan savollar tizimiga yozma javob berish yo’li bilan ma’lumotlar olish usulidir. Reyting- insonning har tomonlama tayyorligini kompleks baholashdir.
Tadqiqotning matematik usullari. Pedagogik ko’rinishlarni son jihatdan tahlil qilish uchun matematik statistikadan foydalaniladi.
Pedagogik g’oyalarni nazariy tahlil qilish usuli. U ta’lim va tarbiyaning muhim masalalari bo’yicha chuqur ilmiy xulosalarni umumlashtiribgina qolmasdan, uning yangi qonuniyatlarini topish imkonini beradi.