Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Valeologiyaning maqsadi va vazifalari



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə3/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
valeologiya maruza matni

Valeologiyaning maqsadi va vazifalari
Valeologiyaning maqsadi salomatlikni mustahkamlashga, o’quv jarayoni unumdorligini oshirish jismoniy madaniyat elementlarini shakllantirishdir. Ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish ularning jismoniy etukligi, gavda tuzilishi, jismoniy tayyorgarligi, salomatligining ahvoli, ishga layoqatligiga bog’liq bo’ladi.Mustahkam salomatlik  jismoniy mashqlar bilan munta-zam shug’ullanish, sog’lom hayot tarzini olib borishning natijasi bo’lib, o’quv va mehnat faoliyati unumdorliginini oshirishdir.
Valeologiyaning asosiy vazifalari:
1. Inson salomatlligi va sog’liq rezervlarini tadqiq etish va son jihatdan baholash.
2. Sog’lom hayot tarziga yo’naltirish.
3. Inson salomatligi va sog’liq rezervlarini sog’lom hayot tarziga yo’naltirish orqali saqlash va mustahkamlash.
Jismoniy yetuklikka erishish - salomatlikni asrash va mus-tahkamlashdir, shunday ekan sog’lomlashtirish ta’lim va tarbiyaviy masalalarni hal etadi.Insonlarda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlarni shakllan-tirish, mustahkam intizom ko’nikma va odatlarini hosil qilish valeologiyaning tarbiyaviy vazifalariga kiradi. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida har tomonlama ta’lim-tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.Jismoniy tarbiyaning o’ziga xos vazifasi kuch, tezlik, chidam-lilik, chayirlik, chaqqonlik kabi sifatlarni tarbiyalashdir. Bu vazifa har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash bilan chambar-chas bog’liqdir. Sog’lomlashtiruvchi profilaktik ta’lim - bu turli ka-salliklar tarqalishining oldini oluvchi maxsus bilimlar va o’nikmalarning bir tizimga solingan majmuasidir.Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya jarayonida hal qilini-shi lozim bo’lgan ta’lim vazifalari hayotiy muhim, professional sport amaliy harakatlariga o’rgatish va sog’lom hayot tarzi ko’nikma-larini tarbiyalashni o’z ichiga oladi. SHuningdek, sog’lomlashti-ruvchi jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi asoslarini o’rganish ham ta’lim vazifalaridan biri hisoblanadi. Amalda mustahkamlangan bilimlar asosida sog’lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanishning foydasi va zaruriyatiga ishonchshakllanadi.Salomatlikni mustahakamlash, tanani chiniqtirish, uning turli kasalliklarga qarshiligini oshirish bu pedagogik jarayonning sog’lomlashtiruvchi vazifalari hisoblanadi. Sog’lom-lashtiruvchi vazifalarning muvaffaqiyati jismoniy mashg’ulot-larning sog’lomlashtiruvchi pedagogik printsiplari talablariga rioya qilishga bog’liqdir. Sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bo’yicha amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning jismoniy rivojla-nishi bilan bog’liq muhim masala hal etiladi.Jismoniy rivojlanish deganda organizm shakli va funk-tsiyalari etilishining pedagogik jarayoni tushuniladi. Jismoniy rivojlanish inson kuchi etilayotgan paytda, shuningdek, uning salomatligida maxsus tashkil etilgan tarbiya ta’siri ostida ro’y berayotgan sifat o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Bu ma’noda u jismoniy tarbiyaning natijasi sifatida ko’rib chiqiladi.Jismoniy etuklik shaxsni jismoniy tarbiya vositalari yordamida shakllantiruvchi pedagogik jarayon natijasidir. Ta’lim berish - yuksak ishchanlik qobiliyatini tarbiyalash, salomatlikni asrash va mustahkamlash, sog’lom hayot tarziga yo’naltirish uchun kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalar bilan yoshlarni qurollan-tirishdir.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin