Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Valeologik yo‘nalishlar: pedagogik, ekologik va ijtimoiy valeologiya



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə10/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
valeologiya maruza matni

Valeologik yo‘nalishlar: pedagogik, ekologik va ijtimoiy valeologiya.


REJA:
1. Pedogogik, ekologik va ijtimoiy valeologiyaga ta’rif.
2. Salomatlikka ta’sir ko‘rsatadigan turli xil yuklamalar. Yuklamalar tartib-qoidasi. Ta’limiy-tarbiya jarayonining sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishi. Yil, hafta, kun davomidagi aqliy ishchanlik qobiliyati. Yoshga doir ruhiy va funksional xususiyatlar. O‘qitish sharoitlariga nisbatan (yoritish, isitish, shamollatish) gigienik talablar.
3. Organizm va muhit. Biologik ijtimoiy omillarning salomatlik holatiga ta’siri. Biotik va abiotik omillar. Bioritmlar haqidagi tushuncha. Iqlimiy omillarning salomatlikka ta’siri. Atrof-muhit muhofazasi. Tabiatni asrab-avaylash, uni muhofaza qilishga doir xulq-atvorni shakllantirish. Tuproq, suv va havo gigienasi. Inson ekologiyasi va ko‘nikma. Ekologik valeologiya muammolari. Inson ekologiyasi va kasalliklar. O‘zbekiston aholisining salomatlik holati.
4.Muhitning ijtimoiy omillari. Demografik omillarning organizmga ta’siri. Bozor iqtisodiyoti sharoitlariga o‘tish davrida o‘quv muassasalari. Sog‘liqni saqlash tizimidagi qayta qurish va islohotlar. Valeologiyaning ijtimoiy, gigienik va ekologik muammolari. Jamiyatda faol shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish. SHaxsning jismoniy, ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi, jamiyatda odob-axloq qoidalarini bajarish asosida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash ko‘nikmasi.


Tayanch iboralar: yuklama, kasallik, salomatlik, bioritmlar, patogenez, ruxiyat, tibbiy omil, ekologik valeologiya, kasb, inkubatsiya, tashxis.
1. Pedogogik, ekologik va ijtimoiy valeologiyaga ta’rif, salomatlikka ta’rif.
Valeologiyani individning, jamiyatning va umuman tabiatning salomatligi haqidagi fan sifatida individual valeologiya va ijtimoiy valeologiyaga bo’lish mumkin.
Ijtimoiy valeologiya, I.E. SHkondinaning fikricha (2007), bu – jamiyatning ham jismoniy, ham ruhiy, ma’naviy, iqtisodiy va ijtimoiy salomatligini saqlash va tutib turishdir. Uni quyidagilarga bo’lish mumkin:
a) Pedagogik valeologiya, u umumiy gigienani, ijtimoiy psixogigienani (oila, jamoa, umuman jamiyatning psixogigienasi), sport, ekologik jihatlarini o’z ichiga oladi;“Pedogogik valeologiya” oliy o’quv yurtlarida
talabalarning inson salomatligini uning ruhiy va fiziologik sifatlarini rivojlantirish, ishchanlik qobiliyatini va ularning maksimal davomiyligida ijtimoiy faolligini saqlab qolishidan iborat bo’lib o’quv fani sifatida yetakchi o’rinni egallaydi.
Hozirgi zamonaviy sharoitda uning o’qitilishi yangi model sifatida tan olingan bo’lib,o’sib kelayotgan yosh avlodni ruhiy-jismoniy tiklash, davolash,sog’liqni saqlash,sog’lom turmush tarzini shaklantirish kerak. SHu bilan birga sog’lom turmush kechirish shartlari va sharoitlari bilan yosh avlodni tanishtiradi.
b) iqtisodiy valeologiya jamiyatning va uning ayrim vakillarining turmush darajasini, aholining bandlik darajasini, sanoat ishlab chiqarish darajasini va hokazolarni ko’rib chiqadi;
v) ijtimoiy valeologiya jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ta’limning darajasini, ilmiy salohiyatini, ijtimoiy tashkilotlar, madaniyat va san’atning darajasini ko’rib chiqishga qaratilgan.
g) ekologik valeologiya – bu atrof muxit omillarining inson organizmiga ta’sirini organadi.
Xo’jalikning istalgan sohasi, inson faoliyatining istalgan turi, istalgan kasbi o’z mohiyatiga ko’ra valeologiyaga bog’liq ekanligini sezish qiyin emas.
Ularning ichida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Tibbiy-biologik jihatlar bilan bog’liq bo’lgan ham individlarning, ham umuman jamiyatning jismoniy va ruhiy salomatligini ta’minlaydigan kasblar (shifokor, gigienist, biologik).
2. Ma’naviy hayot va psixika bilan bog’liq bo’lgan kasblar (psixolog, o’qituvchi, pedagog-tarbiyachi, diniy arbob, sotsiolog, san’at namoyondalari).
3. Faoliyat markazi ham umuman jamiyatni, ham ayrim individlarni moddiy ta’minlash bo’lgan kasblar. Bular ishlab chiqarish mehnati bilan shug’ullanuvchilarning ko’pchiligidir, masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, mashinasozlik, turar joy yoki ijtimoiy qurilish, transport va boshqa sohalar.
4.Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishi bilan bog’liq bo’lgan kasblar. Bu jamiyatning doirasida tartibni saqlashga, davlatning xavfsizligiga, davlat va jamiyat rivojlanishining umumiy strategiyasiga qaratilgan oliy saviyadagi kasblardir.Bunda faoliyat turining, kasbning (global ma’noda) valeologik yo’naltirilganligi ochiq-oydin ko’rinib turibdi. Ularning hammasining vazifasi, bir tomondan, ham ijtimoiy, ham individual hayotni imkoni boricha to’laroq barqarorlashtirish; ikkinchi tomondan, jamiyatning yanada rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, bu esa faqat keng targ’ibot, ma’rifiy ishlari olib borilgan holdagina mumkin bo’ladi.O’z salomatligini saqlab qolish uchun har bir inson eng avvalo kasallikni o’z organizmiga kiritmaslikka imkon beruvchi minimal bilimlar majmuiga ega bo’lishi lozim. O’zining bilimsizligi yoki ota-ona bilim-sizligi ekanligidan qat’iy nazar, ushbu bilimsizlik barcha kasalliklarning yagona sababi ekanligi tufayli bu juda dolzarb vazifadir.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin