10. Hayotning jinsiy jihatiga e’tibor berish. Jinsiy yaqinlikni tark etmang, hatto yosh o’tishi bilan yugurish yoki suv muolajalari kabi o’zingizni majbur qiling. Jinsiy hayotning muntazamligi – barcha a’zo va tizimlar uchun optimal biologik chiniqtirish mashg’uloti deyish mumkin.
11. Spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik va chekmaslik. Izohga hojat yo’q: Tabiat, bu holda esa, o’z, insonning biologik tabiatiga nisbatan “zo’ravonlik” ishlatish halokatga olib kelishini unutmang.
12. Dori-darmonlar iste’mol qilishni kamaytirish. 13. Harorat ko’tarilishi bilan kechadigan shaollashlarda chiniqtirish muolajalarini kanda qilmaslik. Ayniqsa bu sovuq suv bilan quyinishga tegishli.
14. Mehnat.Mehnat – ijtimoiy zaruratgina emas, balki u biologik ehtiyoj hamdir. Har qanday biologik ehtiyojni qondirmaslik esa “surunkali emotsional stress” keltirib chiqarib, u organizm uchun o’ta zararli oqibatlarga olib keladi. Mehnatga intilishi jamiyat ehtiyojlariga hamohang bo’lgan shaxsni baxtli deb aytish mumkin, bu holda inson ijodkorga aylanadi. Eng og’ir “ish” – hech nima qilmaslikdir.
15. Farzandlaringizni hurmat qiling. Bola qandaydir ortiqcha, yoki sig’iniladigan “sanami” emas, balki oilaning to’la huquqli a’zosi bo’lishi lozim. Bola sog’lig’i uch asosiy tamoyilga asoslanadi:
a) cheklanmagan harakat faolligi;
b) organizmni ruhan va jismonan chiniqtirish;
v) to’g’ri ovqatlanish.
16. Bir sutkada kamida 6-7 soat uxlash.Uyqu – organizmning shunchaki passiv holati emas, balki faol fiziologik jarayon bo’lib, shu vaqtda aksariyat trofik (oziqlanish), tiklanish, o’sish jarayonlari ro’y beradi. Uyqu paytida zarur informatsiya qisqa muddatli xotiradan uzoq muddatli xotiraga o’tib, bunda keraksiz ma’lumot xotiradan “o’chirib yuboriladi”.
17. O’z e’tiqodingizga ega bo’ling. Har qanday e’tiqod bemaqsad yashashni inkor etib, Sizni turli ichki ruhiy ziddiyatlardan, xastaliklar keltirib chiqaradigan surunkali emotsional stressdan asraydi.