Farg‘ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Sog’liqqa ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 432,66 Kb.
səhifə31/61
tarix05.04.2023
ölçüsü432,66 Kb.
#93551
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
valeologiya maruza matni

Sog’liqqa ta’sir etuvchi omillar.
Sog’lom turmush tarzini shakllantiradigan muammolar, sog’lom turmush tarzini xarakterlovchi nuqtai nazar.Hayot tarziga odamning asosiy faoliyatlari bo’lgan mehnat faoliyati ijtimoiy faoliyat, psixologik, intellektual harakat faolligi, munosabatlar, turmushdagi o’zaro munosabatlarni o’z ichiga oladi. Akademik N.P.Lisitsin hayot tarzi tushunchasiga muhim omil bo’lgan tibbiy aktivlikning 3 ta yo’nalishini ko’rsatadi.
1-odamlarni aktivlik xarakteri-intellektual, jismoniy\
2-aktivlik doirasi-mehnat, mehnatdan tashqari
3-faollik turlari ishlab chiqarish ijtimoiy ta’limiy madaniy turmushdagi faoliyat, jismoniy, tibbiy faollikTurmush tarzi – odamlarni ma’lum muhit sharoitidagi faoliyati bo’lib, bularga ekologik sharoit, ta’lim, psixologik holat, muhit, turmush, o’z uyini qurish qiradi. Turmush-tarzi tartib, daraja, sifat va hayot shakli bilan o’zaro bog’langan. Bu tushunchalar 4 ta kategoriya bilan birlashgan: iqtisodiy-sizning material yutug’ingiz qanday; sizning ijtimoiy iqtisodiy hayot tarzingiz qanday; ijtimoiy psixologik-sizni hayotingiz shakli qanday. Bu kategoriyalar odam sog’ligiga ta’sir etadi.Salomatlik nimalarga bog’liq?Inson salomatligi-ijtimoiy, atrof-muhit va bioiliogik omillarning murakkab o’zaro aloqasi natijasidir (Robbins, 1980). Salomatlikka turli ta’sirlarning hassasi quyidagicha:
Irsiyat-20%;
Atrof-muhit-20%
Tibbiy yordam saviyasi-10%
Turmush tarzi-50%
Turmushda ishlatiladigan salomatlik bilan bog’liq atamashunoslik salomtalik darajasi turlicha bo’lishini hamma tan olayotganligi haqida guvohlik beradi. Kundalik hayotda ko’pincha “sog’lig’i zaif”, “sog’lig’i mustahkam” va h.k iboralar ishlatiladi. Mustahkam salomatlikka ega inson kasalliklarga chidamli bo’ladi.
Salomatlik darajasi moddiy ta’minlanganlikka bog’liqmi?Moddiy ta’minlanganlik darajasi turmush tarziga sezilarli ta’sir ko’rsatishi shubhasiz . Oddiy sog’0lom fikr va tadqiqotlar natijalari salomtalikni saqlash mustahkamlash bazaviy hayotiy talablar qondirilgandagina mumkin bo’lishi haqida guvohlik beradi, rivojlangan mamalakatlarda o’rtacha yashash yoshini oshirishning dastlabki bosqichida iqtisodiy o’sish va insonlarning farovonligini yaxshilash bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liqligi tasodifiy emas. Hozirgi paytda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadning aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og’ir guruhlardan 6-10 barobarga farq qilishi salomtalik ko’rstakichlarida 3-4 barobarga farq qilishiga olib keladi.Kam daromadli kishilar tez-tez kasal bo’lishadi, profilaktika yordamiga kam murojat qilishadi,o’limning yuqori ko’rsatgichlariga ega . Aholining yuqori daromatlik guruhlari tibbiy yordam profilaktika turlariga tez-tez murojat qilishadi.Biroq ma’lum moddiy taminganlikka erishilgach( o’rta sinif daromadlari) umuman aholi salomatligiga va xususan xar bir inson salomatligiga, birinchi navbatda moddiy imkoniyatlar emas, balki salomatlik maqsadida ulardan foydalanish usullari ta’sir eta boshlaydi. Keyingisi ta’lim darajasigasezilarli darajasida bog’liq bo’ladi. Bir xil yosh-jins guruhlari solishtirganda ta’lim darajasi yuqori shaxslarda o’lim ta’lim darajasi past guruhlardan 1,5-4 marta past. SHuningdek, o’rtacha yashash yoshi o’rtasidagi farqlar haqidagi ma’lumotlar ham xuddi shunday. Ta’lim darajasi yuqori shaxslarning uzoq umr ko’rishi birinchi navbatda mexnat sharoiti bilan bog’liq deb hisoblanadi. Onaning tibbiy savodsizlik bolaning o’limiga bevosita ta’sir etadi: qiyin variyantlarda (unversitet, tugallanmagan o’rta ma’lumot, savodsizlar) bolalar o’limining ko’rsatgichlarmi 4 martadan ko’proqqa farq qiladi. Kasallikni ko’pincha salomatlikka qarama-qarshi holat sifatida qaraladi: Butunjahon salomatlik jamiyati lug’ati bo’yicha kasallik “me’yoridagi” holatdan xar qanday sub’ektiv va ob’ektiv og’ishidir”.Kasallik kelib chiqishi sababi quyidagilar.
-oragnizmning (funktsional tizim, organ yoki to’qimaning) kam harakatchanligi, bu o’z navbatida me’yoriy qo’zg’atishga past reaktsiya qiluvchi chiniqmaganlikka olib keladi;
-uyg’unlashgan boshqaruvning buzilishi hamda zaharli moddalarni to’planib qolishiga olib keladi va h.k.
-zaharlanish, radiatsiya natijasida hujayralarning zaralanishi;
-tashqi muhitning o’zgarishi, teri, muskullar, ichki organlarning hujayralarning funktsiyalarini tuzilishiga olib keladi;
Ruhiyatning buzilishi, asab omili (stess) ta’siri natijasida paydo bo’ladi.
Organizmdagi kasallik organlarining vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin bo’lgan funktsiyalar o’zaro ta’sirining buzilishi hisoblanadi.Ortiqcha kuchanish, ya’ni dam olmasdan intensiv harkat qilish natijasida yuzaga kelshi mumkin. Qator hollarda kasalliklar organizmning hamda immunitet tizimining haddan ziyod javob reaktsiyasi sifatida yuzaga keladi, ular yuqumli-allergik kaaslliklar deb ataladi.Shunday qilib ko’p ovqat eyish, kam harakatlilik, ruhiy kuchlanishlar yoki “stresslar”, chiniqishning yo’qligi kasallik, potologiya yuzaga kelishining asosiy sababalari hisoblanadi.Patologiya (kasallik) –kichik tizimlar funktsiyasi yuz berganda qonuniyatlari o’rganuvchi kasalliklar haqidagi fan.
Umumiy potologiya quyidagi bo’limlardan tuzilgan:
- kasllikni davriylashtirish;
- uning yuzaga kelish sabablari;
-rivojlantirish va sog’lomlashtirish mexanizimi;
-konstutitsiya, irsiyat, reaktivlikning ahamiyati.
Kasallik organizimni me’yordagi holatidan potologik holatdan olib keladi va uning faoliyatini buzilishi kuzatiladi.Kasallik kechishiga qarab o’tkir, va surunkaliga ajraladi. O’tkir kasalliklar to’sattdan ko’p (bir necha) belgilari paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi.Yarim o’tkir kasalliklar odatda, sekiniroq kechadi va bir necha oy davom etishi mumkin bo’lgan surnkali xoliga o’tishi mumkin bo’lgan surunkali holiga o’tishi mumkin.Tashqari (ekzogen) omillar bu noto’g’ri ovqatlanish, radiatsiya, haddan tashqari isib ketishi yoki haddan tashqari sovuqqotish, va h.k. bo’lib ular kasallik chiqaruvchi omillarga qarshi immunitetning ( qarshilik ko’rsatgichining) pasayishiga olib keladi. Potogenizm turli darajada6 molekular, to’qima, organ, va tizim darajasi organizm reaktsiyasining o’zgarishga olib keladigan kasallikning kelib chiqish, rivojlanishi mexanizimini o’rganadi. Ma’lumki, organizimda barcha xujayra va to’qimalarning faoliyati bir biri bilan uzviy bog’langan, shuning uchun ham kasallik butun tanaga tarqaladi va kasallikni emas, bemorni davolash kerak.
Har bir kasallik quyidagi davrlar bo’yicha rivojlanadi:
- latent yoki yashirin davr;
- kasallikni birinchi alomatlari ( prodromak) davri;
- kasallik avj olgan davr;
- kasallikni tugallanish, tuzulish davri;
Kasallanish paytida organizimda xar xil o’zgarishlar yuz berishi mumkin. Avvalo, assimilatsiya jarayonlari- turli moddalarning organizm tamonidan o’zlashtirilishi va ularning to’qimalar uchun zarur bo’lgan birikmalariga aylanishi. Dissimilatsiya- bu tirik materiyaning parchalanish jarayonidir ( murakkab birikmalarining parchalanishi, energiyaga boy birikmalarda energiya ajralishi).Distrofiya, atrofiya, shamollash, qon aylanishining buzilishi va b. potologiya turlari hisoblanadi.Distrofiya- to’qima( hujayra) almashinuvining buzilishi bo’lib, to’qimalarda ( hujayralarning) oqsillar, yog’lar, uglevodlar, menira\l moddalar yoki tuzlar almashinuvidan kelib chiqib, umumiy yoki qisman, tug’ma yoki keyin paydo bo’lgan tizimiy o’zgarishlar bilan kuzatiladi.Atrofiya- organ va to’qimalar funktsiyalarning pasayishi va hajimning kichrayishi.Gipertrofiya- hujayralar soni yoki hajimning ortishi natijasida organning kattalashuvi.Gipertrofiya potologik ( ba’zi kasalliklarda yuzaga keladi) va fiziologik ( jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullantiruvchi shaxslarda organizm funktsiyalarining kichrayishim bilan kuzatiladi) turlarga ajratiladi.Salomatlikni aniqlashga kompleks yondoshuvga qaramasdan, amalda salomatlik haqida kasallikning borligi yoki yo’qligiga qarab xulosa chiqarishadi. Aslida esa salomatlik va kasallik o’rtasida ko’plab ko’plab o’tish holatlari mavjud bo’lib, ular kasallik oldi holatlari deb ataladi, bunda hali kasallik yo’q, biroq organizimning kompensator imkoniyatlari pasaygan va ob’ektiv ko’rinib ulgurmagan funqtsion va biokimyoviy o’zgarishlar namoyon bo’la boshlaydi. Butunittifoq salomatlik jamiyati ekspertlarining ma’lumotlariga ko’ra g’arbiy yarim sharning 80% ahg’olisi shunday ahvolda.

Yüklə 432,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin