Sog’liqni mustahkamlovchi va salbiy omillar. Sog’liq odamning jismoniy aqliy, ruhiy va ma’naviy hususiyatlari yig’indisi, uzoq umr ko’rish va ijodiy rejalarni amalga oshirish mustahkam ahil oila yaratish bolalarni sog’lom tug’ilishi va tarbiyasini zarur sharti hisoblanadi. Sog’liq inson baxtining eng muhim qismlaridan biri hisoblanib. Insoniyatni sotsial iqtisodiy rivojlanishining muhim komponentlaridan hisoblanadi. Bemor odamdan so’rang, u o’z kuch-quvvatini nimadir yaratish uchun bera oladimi, bolalarni boqishga qurbi etadimi, albatta u yo’q deb javob beradi. Sog’liq inson va jamiyat uchun berilgan buyuk nematdir. Sog’liqni sotib olib bo’lmaydi, uni saqlash, ehtiyot qilish kerak. Sog’lom bo’lsangiz hayotda qiyinchilik va to’siqlarni oson engib o’tasiz, ulkan yutuqlarga erishasiz. Bizning atrofimizda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi ichki va tashqi omillar juda ko’p. Valeologiya sog’liq haqidagi fan. Valeologiya terminini fanga birinchi marta 1980 yilda I.I.Brexman kiritgan. Xalqimizda shunday maqol bor: “sog’liging-boyliging”, “sog’liqni yo’qotsang hammasini yo’qotasan” Akademik N.A.Amasov “agarda jamiyat sog’ bo’lsa xalq xam sog’ bo’ladi” deydi. Sog’liq odamning biologik imkoniyatlari, ijtimoiy muhit, iqlim sharoit, atrofdagi biologik muhitga bog’liq. YUqoridagi omillar sog’liqni mustahkamlashi yoki susaytirishi mumkin. Har bir odam ma’lum muhit sharoit, ma’lum odamlar orasida, ma’lum iqtisodiy sharoitda yashaydi. Odam organizmi evolutsiya jarayonida moslashuvi va kompensator imkoniyatlar bilan yaratilgan. Odam bir necha genlar soni va sifatidan tashkil topgan, odamning biologik tizimi bir necha million genlar va oqsillardan tashkil topgan. Odamning biologik sistemasi genlarni to’laqonligiga bog’liq, genlar toksik moddalarga juda sezgir. Zaharli moddalar genlarni o’zgartirib yuborishi mumkin. Buning oqibatida organizm faolligi susayadi, u kasallanadi, qarshilik ko’rsatkich qobiliyatini yo’qotadi, patologik o’zgarishlar hosil qilishigacha olib borishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda oldindan ekologik omillarni, turmushni yomonligi sotsial va iqtisodiy omillar odam salomatligiga salbiy ta’sir etishini bilganlar, shu maqsadda genofondga ta’sir etuvchi salbiy omillarni neytrallash uchun kompleks chora-tadbirlar o’tkazilgan. “Hayot tarzi” bu sizning xulqingiz bo’lib, o’zingizni qaerda, qanday tutishingizdan iborat. Siz yaxshi muhitda yashashni xohlaysiz, yaxshi muhitni tasavur qilasiz ko’p yigit qizlar o’z sog’ligiga e’tiborsiz qaraydilar, ular salomatligini yaxshi bo’lishini boshqalar ta’minlaydi deb o’ylaydilar. SHuni ta’kidlash kerakki, yoshlarga g’amhurlik qilmagan mamlakatlar qarilar mamlakatiga aylanib boradi. Rossiyada bolalar o’limining asosiy sabablari baxtsiz hodisalar, zaharlanish, shikastlanishlar bo’lib, bular bolalar o’limining 41,6 foiziga to’g’ri keladi. Mehnat bilan shug’ullanuvchilar o’limining sababi yurak-tomir kasalliklari, zararli o’smalar hisoblanadi. O’zbekiston bolalarning ko’pchiligi shamollash, zaharlanish, baxtsiz hodisalardan o’ladilar. Xulosa qilib aytganda, sog’liq tushunchasi butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VAZ) ma’lumoticha odamni jismoniy, ruxiy, ijtimoiy tomondan eson omonligidir. Odam sog’lig’i uning maksimal umri mobaynida psixik va fiziologik sifatlari optimal ishchanlik qobiliyati, sotsial faolligini saqlashdan iborat. Ijtimoiy tibbiyotda sog’liqning uchta darajasi mavjud..
alohida odamning sog’lig’i,
kichik etik ijtimoiy guruhlar (oilaviy yoki guruhlar sog’lig’i).
Barcha aholining sog’ligi (shahar va qishloq).
Uchta darajada sog’liqni baholash iqtisodiy reproduktiv seksual, tarbiyaviy,tibbiy va psixologik kriteriyalar hisobga olinadi. Aholining sog’lig’ini sanitar-statistik baholashda quyidagi tipik tibbiy-statistik ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
aholining tibbiy harakati va o’lim.
umumiy va yoshga bog’liq bo’lgan o’lim
hayotni o’rtacha davomliligi
tug’ilish mahsuldorlik
aholining tabiiy o’sishi
aholining mehanik harakati
kasalliklar va ularning tarqalishi
nogironlik ko’rsatkichlari
aholining jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari.
Hayot bilan tasdiqlangan bir gap bor “odam ma’lum kasallikdan o’lmaydi, balki o’zining turmush tarzidan o’ladi”. Kundalik aniq reja vaqtida to’liq qimmatli ovqatlanish, to’yib uxlash, gigienik muolajalar, aktiv harakat, suv, havo bilan doimiy muloqotda bo’lish, aktiv dam olish, sog’liqni mustahkamlovchi omillar hisoblanadi. Sog’liqqa ta’sir etuvchi omillar.Hayot bilan tasdiqlangan bir gap bor “odam ma’lum kasallikdan o’lmaydi, balki o’zining turmush tarzidan o’ladi”. Kundalik aniq reja vaqtida to’liq qimmatli ovqatlanish, to’yib uxlash, gigienik muolajalar, aktiv harakat, suv, havo bilan doimiy muloqotda bo’lish, aktiv dam olish, sog’liqni mustahkamlovchi omillar hisoblanadi.Rejimga rioya qilmaslik, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik, kam harakat bo’lish, vaqtida ovqatlanmaslik, chekish, spirtli ichimliklar suistemol qilish kabi zararli odatlar sog’liqni zaiflashtiradi.
ovqatlanishi;
mehnat va dam olish tartibi;
zararli odatlarining yo’qligi;
profilaktik va sanitariya-gigiena normalariga rioya qilishi;
jinsiy sog’lig’i;
oilada, o’qish, ish yoki xizmat joyida psixologik iqlim;
hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari bilan qoniqqanligi.