Pompey Trogning yozishicha, u Bobilda o‘z xokimiyatini mustaxkamlab olgach, Baktriya bilan jang qila boshlagan. Parfiya va Sug‘dni ham o‘ziga bo‘ysundirgan. Lekin Shimoliy Hindistonni o‘ziga bo‘ysundira olmagan. Salavka miloddan avvalgi 311-302 yillarda boshqa satraplar bilan ham jang qilib, Sharqda o‘z hukmronligini batamom mustahkamladi. Shunday qilib, Salavka I parfiyanlar, baqtriylar, so‘g‘diylar, girkanlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi.

Tarixiy manbalarag ko‘ra, Salavka 75 ta yangi shahar qurdirgan. Bu asosan voxalarning chekkalarida va uzoq chegaralarda qurilgan. Ularda greklar joylashtrilgan. Tashqi turli hujumlardan himoya qilish maqsadida qurilgan. Salavkiylar tomonidan eng chekka shahar Yaksartning narigi tomonidagi Antioxiya hisoblanadi. Uning o‘rni ma’lum emas. Murg‘ob daryosi bo‘yida Marg‘iyonada qurilagn shahar haqida Strabon asrlarida ma’lumotlar saqlanib qolgan.

Salavkiylar davlatiga doimo ko‘chmanchi davlatlar tomonidan hujumlar uyushtirilib turgan. Ayniqsa Antiox 1 davrida kuchaygan. Massaget qabilalaridan daxlar janubiy Turkmaniston va shimoliy Afg‘oniston xududlariga bostirib kirib u yerni egallaganlar. Qal’larini buzib, qirg‘in uyushtriganlar. Shu sabab ham salavkiylar mudofaani kuchaytirishga majbur bo‘lgan.