Demak, salavkiylar davrida Xorazm , sak va massagetlar, Baktriyaning sharqiy qismi maxalliy hokimlar tomonidan mutaqil boshqarilgan. Salavkiylar davrida Sug‘d va shimoliy Baqtriya satrapliklari grek va makedonlar tomonidan boshqarilsada, ular mutaqil faoliyat yuritganlar. Perdikka davrida Baptriya boshqargan Stasanor o‘z tangasini chiqargan. U Afina tangasiga o‘xshash bo‘lib, bir tomonida boyqush tasviri bo‘lgan. Oksiart-Vaxshuvar o‘z nomidan oltin tanga chiqargan.
Salavkiylar davlatida boshqarish tizimi ush bo‘g‘indan: satraplar, eparxlar va gipparxlardan iborat edi.
Satraplarning qo‘lida katta hokimiyat birlashtirilgan, ammo ularning ixtiyorida oliy harbiy hokimiyat bo‘lmagan. Oliy harbiy hokimiyatni markaziy hukmdor (podshoh) tayinlagan qo‘shinlar qo‘mondoni-strateg boshqargan. Bu esa markaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlagan. To‘g‘ri, Salavkiylar davlatining ohirgi davlatlarida bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda buzilsa-da, g‘arbiy viloyatlarda o‘z kuchini saqlab qolgan.

Sharqiy viloyatlar Salavkiylar davlatining iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan. Shu maqsadda Salavka Imiloddan avvalgi 294 yilda o‘zining o‘g‘li Antioxni sharqiy viloyatlar hukmdori qilib tayinlaydi.
Antioxlar davrida yangi shaharlar barpo etish masalasiga katta e’tibor berildi. Yunon tarixchisi Iliniyning yozishisha, Marg‘iyonada Iskandar qurdirgan shaharni (Aleksandriyani) mahalliy aholi (yunonlar mahalliy aholini “varvarlar” deb ataydi) buzib tashlaydi, uning vayronalarida esa Antiox yangi shahar barpo etib, uni “Antioxiya” deb atagan. Arrian esa Aleksandr Esxata (qadimgi Xo‘jand) ni Salavka Iqurdirganligini ta’kidlaydi. Vizantiya tarixchisi Stefan Skifiyada Antioxiya shahri kurilgan edi, deydi. Sirdaryo (Yaksart) bo‘yida Aleksandriya bilan bir qatorda Antiox shahri ham barpo etilgan degan ma’lumotlar ham bor. Tarixchi A.Tarn yunon mualliflarining asarlarini tahlil qilib, Skifiyadagi Antiox shahri Aleksandr Esxataning o‘zidir degan xulosaga kelgan.