Salavkiylar davlatining siyosiy va iqtisodiy ildiziga yerli ko‘chmanchilar ko‘p putur etkazgan. Masalan, miloddan avvalgi IV asrning oxiri va III asrning boshlarida ko‘chmanchi dax qabilalari Amudaryoning chap sohiliga, hozirgi Janubiy Turkmaniston yerlariga yurish qiladilar va Marg‘iyonada Iskandar qurdirgan Aleksandriyani vayron etadilar.

Strabonning yozishicha, Antiox Marg‘iyonada o‘z nomiga qurdirgan shahar Antioxiyani ko‘chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida Murg‘ob vohasi atrofini 250 km devor bilan o‘ratgan
Miloddan avvalgi 280 yilda Salavka I vafot etadi. Antiox I uning tung‘ich o‘g‘li sifatida Salavkiylar davlatiga bosh bo‘lib qoladi. Shu yildan boshlab Antiox 1 ning faoliyati sharqiy viloyatlarda sezilmaydi. Shunki g‘arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo‘shin bilan birga bo‘lishini taqozo etardi.

Salavkiylar davlatining g‘arbiy viloyatlarida ham ahvol yaxshi emas edi. Salavka I o‘limidan so‘ng davlatning puturi keta boshladi. Sharqiy viloyatlar garchi oltin, fil, lazuriyat bilan salavkiylarga jarima to‘lashga muntazam rioya qilsa-da, ularning ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka intilishi sezilib turardi. Bu vaziyat, ayniqsa, miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelganda yaqqol ko‘zga tashlandi
Mil.avv III asr o’rtalarida Antiox II vafotidan so’ng (246 y.) Salavkiylarning Markaziy Osiyodagi hukmronligiga putur yetdi.Baqtriya satrapi Diodot Bu hududda mustaqil davlat tuzishga harakat qiladi

O‘rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibida bo‘lishi bu zaminda xalqaro savdoning rivojlanishiga turtki bo‘ldi. O‘rta Osiyoning g‘arbiy va janubiy mamlakatlar xalqlari bilan savdo qilishiga keng imkoniyatlar tug‘ildi. Shu bilan birga mahalliy savdo ham rivoj topdi. Shaharlarning o‘sishi, hunarmandchilik va suv xo‘jaligining taraqqiyoti ta’minlandi.