Farg‘ona filiali 3-kurs “641-21” guruh talabasi abdulazizov fayzulloning



Yüklə 125,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/16
tarix07.01.2024
ölçüsü125,59 Kb.
#207726
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
konstitutsiya

 
11-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi. 
 
12-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va 
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. 
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas. 
 
13-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, 
ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas 
huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. 
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. 
 
14-modda. 
Davlat o‘z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini 
ta’minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga 
oshiradi. 
 
III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi 
 
15-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. 


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy 
yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini 
tashkil etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi 
huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi. 
Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik 
jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar. 

Yüklə 125,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin