3-mavzu: Qonun ustivorligi va qonuniylikni ta’minlash
masalalari
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari nimalardan
iborat?
BIRINChI BO‘LIM. ASOSIY PRINSIPLAR
I bob. Davlat suvereniteti
1-modda.
O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston”
degan nomlari bir
ma’noni anglatadi.
2-modda.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari
va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
3-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,
davlat hokimiyati organlarining
tizimini belgilaydi, ichki
va tashqi siyosatini amalga
oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
Dostları ilə paylaş: