7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari
yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida
axborot taqdim etadi;
8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va qonunlari bilan berilgan
vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi.
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya
qilishning boshqa barcha
vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan
ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi
to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy
sudiga murojaat
qilishga haqli.
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga
kiradi.
Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin
emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati
tartibi qonun bilan
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: