Farg‘ona filiali 3-kurs “641-21” guruh talabasi abdulazizov fayzulloning



Yüklə 125,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix07.01.2024
ölçüsü125,59 Kb.
#207726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
konstitutsiya

 
134-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud 
ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy 
hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan 
nazorat olib borish huquqiga ega. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki 
muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosari etib 
saylanishi mumkin emas. 
 
135-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining 
mustaqil organi bo‘lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati 
mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlaydi. 


O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o‘rinbosari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga 
ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais 
o‘rinbosari etib saylanishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati 
tartibi qonun bilan belgilanadi. 
 
136-modda. 
Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. 
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda 
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab 
bo‘ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi. 
Sudyalar daxlsizdir. 
Davlat sudyaning va uning oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlaydi. 
Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini 
bekor qilishga yoki to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda 
belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki 
tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas. 
 
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi 
mumkin emas. 
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, 
shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa 
faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas. 

Yüklə 125,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin