138-modda.
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari
va boshqa tashkilotlar,
mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir.
139-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida
yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq
boshqa tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan
tilni bilmaydigan sudda
qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud
ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
140-modda.
Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O‘zbekiston Respublikasining Davlat
budjetidan amalga oshiriladi hamda u odil sudlovni to‘liq
va mustaqil amalga oshirish
imkoniyatini ta’minlashi kerak.
2.
Sud hokimiyatining qanday vakolatlari bor?
Sud hokimiyati
- hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida
va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi.
U oʻzida: a) odil sudlovni amalga oshirish vakolatlari, yaʼni jinoiy,
fuqarolik, xoʻjalik,
maʼmuriy va konstitutsiyaviy ish (nizo)larni protsessual, qonun bilan belgilangan tartibda
koʻrib chiqish vakolatlari yigʻindisini, baʼzi mamlakatlarda,
shuningdek, huquq
normalarini
izohlash vakolatlari ni, qonun ijodkorligi vakolatlari va boshqa 2darajali
vakolatlarni; b) yuqorida qayd etilgan vakolatlarni amalga oshiruvchi davlat organlari
tizimini mujassamlashtiradi (qarang
Sud tizimi
). S.gʻ. vakolatlari asosiy — odil sudlovni
amalga oshirish vakolatlari va yordamchi vakolatlarga boʻlinadi.
Hozirgi zamon
demokratik davlatlarida Sud hokimiyatining asosiy vakolatlari turli toifadagi sudlar
zimmasiga yuklanadi.