O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ajralmas sifatlari nimalardan iborat? I bob. Davlat suvereniteti 1-modda. O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren,
demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir
ma’noni anglatadi.
2-modda. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari
va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,
davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga
oshiradi.
O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning
tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun
sharoit yaratadi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari —
bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri.
4.
O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida davlat ramzlari qaysi moddada berilgan? Davlat ramzlari nima? 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i,
gerbi va madhiyasiga ega.
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.
Davlat ramzlari — muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan
tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, anʼanalari,
ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir.
5.