Farg‘ona filiali 3-kurs “641-21” guruh talabasi abdulazizov fayzulloning



Yüklə 125,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix07.01.2024
ölçüsü125,59 Kb.
#207726
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
konstitutsiya

 
5-mavzu: Konstitutsiya muhofazasi 
1.
 
Xalqaro hujjatlarda qonun ustuvorligi qanday belgilanadi? 
Xalqaro hujjatlarda qonun ustuvorligining asosiy elementlari sifatida qonun ijodkorligini 
shaffof, hisobdorlik va demokratik jarayonni qamrab olgan qonuniylikka asoslanishi; 
huquqiy aniqliq; o‘zboshimchalikning taqiqlanganligi; mustaqil va xolis odil sudlovning 
ochiqligi; shuningdek ma’muriy hujjatlar ustidan sud nazoratining o‘rnatilganligi; inson 
huquqlarini hurmat qilish va kamsitmaslik hamda qonun oldida tenglik hisoblanadi. 
2.
 
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning qanday normativ-
huquqiy va tashkiliy institutsional asoslari shakllantirilgan? 
Qonun ustuvorligi xalq hokimiyati va inson huquqlari tushunchalari bilan bevosita 
bog‘liq prinsipdir. Chunki xalq hokimiyati deganda fuqarolarning qarorlar qabul qilish 
jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etish huquqi tushuniladi. Shu ma’noda xalq 
irodasining ifodasi bo‘lgan, fuqarolarning parlamentga saylab qo‘ygan vakillari orqali 
yoki o‘zlari tomonidan bevosita referendum orqali qabul qilingan qonunlar xalq 
hokimiyatchiligining natijasi, majoziy qilib aytganda, mevasi hisoblanadi. Inson huquq 
va erkinliklari qonunlar vositasida hayotga joriy etiladi, aslida qonunlarning pirovard 
maqsadi ham inson, uning huquq va erkinliklarini himoya qilishdan iboratdir. 
Xalqaro hujjatlarda qonun ustuvorligining asosiy elementlari sifatida qonun 
ijodkorligini shaffof, hisobdorlik va demokratik jarayonni qamrab olgan qonuniylikka 


asoslanishi; huquqiy aniqliq; o‘zboshimchalikning taqiqlanganligi; mustaqil va xolis 
odil sudlovning ochiqligi; shuningdek ma’muriy hujjatlar ustidan sud nazoratining 
o‘rnatilganligi; inson huquqlarini hurmat qilish va kamsitmaslik hamda qonun oldida 
tenglik hisoblanadi. 
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning zarur normativ-huquqiy va 
tashkiliy institutsional asoslari shakllantirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi «Konstitutsiya va qonunning 
ustunligi» deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsiplar bo‘limida 
joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip deganda rahbariy qoidalar nazarda tutiladi. 
Agar Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik kelib 
chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga tayanilib hal qilinishi 
kerak. Shu ma’noda qonun ustuvorligining Asosiy prinsiplar bo‘limida 
joylashtirilganligi mamlakatimizda mazkur prinsipga alohida ahamiyat berilganidan 
dalolatdir. 

Yüklə 125,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin