Farg‘ona filiali 3-kurs “641-21” guruh talabasi abdulazizov fayzulloning


Konstitutsiya asosida qabul qilingan hujjatlarni necha turkumga ajratish



Yüklə 125,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix07.01.2024
ölçüsü125,59 Kb.
#207726
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
konstitutsiya

Konstitutsiya asosida qabul qilingan hujjatlarni necha turkumga ajratish 
mumkin? 
Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini yo‘nalishiga qarab 4 ta 
turkumga ajratish mumkin. Birinchisi — davlatchiligimizni mustahkamlashga va davlat 
tuzilmalarini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar, ikkinchisi — iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishning huquqiy negizini tashkil etadigan qonunlar, uchinchisi — jamiyat 
siyosiy tizimini erkinlashtirish va demokratlashtirish, inson huquq va erkinliklarini himoya 
qilish huquqiy asoslarini belgilovchi qonunlar, to‘rtinchisi — xalqaro huquq subyekti 
sifatida O‘zbekistonning tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga soladigan 
qonunlardir. 
 
4-mavzu: Konstitutsiya ustunligini ta’minlovchi normalar 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining huquqqiy normalari 
nimalardan iborat? 
2.
 
Huquqiy normalar nima? 
Huquq normasi
- davlat tomonidan belgilanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan
ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy yurish-turish qoidasi. 
Huquq normasi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, huquq manbaining 
boshqa turlari shaklida namoyon boʻladi. Huquq tarmoqlariga bogʻliq holda 
maʼmuriyhuquqiy, jinoiy-huquqiy huquq normalari, mehnat, ekologiya, xalqaro, 
konstitutsiyaviy, xoʻjalik va huquqning boshqa tarmoqlariga oid huquq normalari 
farqlanadi. Amal qilish vaqtiga koʻra, doimiy (rasmiy bekor qilingunga qadar amal 
qiladigan) va vaqtinchalik (faqat muayyan vaqt oraligʻida amalda boʻluvchi) Huquq 
normasi boʻladi. Huquq normasi amal qilish hududiga qarab, umumiy va mahalliy 
normalarga boʻlinadi, bunda birinchisi butun mamlakat hududida amal qilsa, ikkinchisiga 


kiradigan normalar maʼlum hududlarda amal qilishi mumkin. Huquq normasi 
subʼyektlariga qarab, umumiy va maxsus normalarga ajraladi, bunda birinchisi hamma 
huquq subʼyektlari uchun, ikkinchisi esa, aholining muayyan guruhi yoki aniq belgilangan 
doiradagi subʼyektlar (pensionerlar, nogironlar, ichki ishlar xodimlari va shahrik.) uchun 
taalluqli boʻladi. Bulardan tashqari, Huquq normasini boshqa qator mezonlar asosida 
tasniflashlar ham mavjud.

Yüklə 125,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin