Informatika va axborot texnologiyalar fanidan interaktiv fanidan ineraktiv metodlar asosida dars ishlanmalari yaratish
Interfaol metod – ta'lim jarayonida talabalar hamda o’qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali talabalarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
«O'ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» Ushbu texnika birgalikdagi faoliyat bo'lib, talabalarni matn ustida fikrlash, o'z goyalarini shakllantirish va ularni hamkorlar yordamida muayyan shaklda ifodalashga yo'naltiradi.
«O'ylang—Juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasidan foydalangan holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1.O’qituvchi savol va topshiriq beradi: oldin o'ylab chiqish, so'ng qisqa javoblar yozish tartibida.
2.Talabalar juftliklarga bo'linib, biri biri bilan fikr almashadilar va ikkala javobni mujassam etgan umumiy javobni ishlab chiqishga harakat qiladi.
3.O’qituvchi bir necha juftliklarga o'ttiz sekund davomida auditoriyaga o'z ishining qisqa yakunini ifodalab berishni taklif qiladi.
«Intervyu» texnikasi – talaba savol berish, eshita olish, to’g’ri javob berish, savolni to’g’ri tuzishni o'rgatishga qaratilgan.
«Tarmoqlar» metodi (Klaster) Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo'lib, u talabalarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’lagan holda tarmoqlashlariga o'rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo'yicha tassavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Klaster (axborotlarni yoyish) – u ko'p variantli fikrlash, o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqealar) o'rtasida bog’lanish o'rnatish malakalarini rivojlantiradi, erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga yordam beradi. “Klaster” so'zi g’uncha, bog’lam ma'nosini beradi.
Klaster tuzish ketma-ketligi:
Auditoriya o’quv taxtasi o'rtasiga tayanch so'z yoki ibora yoziladi.
Kichik guruhdagi yoki yakka tartibdagi talabalarga ushbu so'z yoki iboraga tegishli bo'lgan so'zlar yoki gaplarni yozishni talab qilib, «Aqliy hujum» o'tkaziladi.
Tushuncha yoki g’oyalar o'rtasidagi bog’lanishni o'rnatish talab etiladi.
Eslagan variantlarning barchasini yozish tavsiya qilinadi.
BOSHLANG`ICH SINF DARSLARINI INTERAKTIV METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI
“Rasmli rebus” oʻyini Sinf oʻquvchilari uch guruhga boʻlinadilar. Har bir guruhga rasmlar tarqatiladi. Berilgan rasmlar nomining bosh harflaridan hayvon yoki qushlar nomi kelib chiqishi kerak. Masalan, qaldirg`och + ukki + yo`lbars + olmaxon + nok = QUYON.
Q U Y O N
“Enerjayzer” oʻyini Bu oʻyinda “Ob-havo”, “Qish” yil fasllari kabi mavzular oʻtilganda foydalanish mumkin.
“Enerjayzer” oʻyini Bu oʻyinda “Ob-havo”, “Qish” yil fasllari kabi mavzular oʻtilganda foydalanish mumkin.
Oʻquvchilar doira shaklida turib oladilar, oʻquvchilar oʻrtada qoʻl harakati orqali tabiat hodisalarini avval sekin soʻng tezlashgan holatda koʻrsatadi, oʻquvchilar soat mili boʻylab ushbu harakatlarni soʻzsiz davom ettiradilar.
Shamol – qoʻllar bir-biriga sekin ishqalanadi, soʻng bu harakat tezlashadi.
Yomg`ir – qoʻllar qarsillatiladi
Jala – chirmashtilrilib yelkalarga uruladi
Doʻl – tizzalarga chapatilab uriladi.
Harakat asta sekin teskariga qaytariladi.
“U kim? Bu nima?” o’yini.
O’yinni o’tkazish jarayoni: Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo’yiladi. O’qituvchi shu predmetlardan birortasini ta’riflaydi. O’quvchilar ta’rif asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar.
Masalan: U shar shaklida. Uni mashhur sportchilar ham, biz bolalar ham, kattalar ham sevib o’ynaymiz. Shuningdek, u yosh bolalarning sevimli o’yinchog’idir.
(javob:koptok).
O’yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o’quvchilar diqqatini jamlash, qo’llarga dam berish maqsadida yoki tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida foydalanish mumkin. O’yin o’quvchilarda ziyraklik, sinchikovlik sifatlarini va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi.
Matematika fani uchun: 1-sinf “Matematika” darsligida “Narsalarning o’lchamlari: uzun-qisqa, keng-tor, baland-past” mavzusi bo’yicha quyidagicha: Uning bo’yi eshikdan past, partadan baland, kengligi doskadan tor.