Farg’ona shahar Central Asian medical university Tibbiyot fakulteti Davolash ishi 422-guruh talabasi Umarov Nazirilloning



Yüklə 2 Mb.
səhifə3/4
tarix15.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#98293
1   2   3   4
tarixosososeo

To‘rtinchi yo‘nalishda, jumladan, quyidagilar orqali vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan: davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish;

    • To‘rtinchi yo‘nalishda, jumladan, quyidagilar orqali vertikal boshqaruv tizimi va ijro etuvchi hokimiyat organlari hamkorligining mexanizmlarini takomillashtirish nazarda tutilgan: davlat boshqaruvini bosqichma-bosqich nomarkazlashtirish;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning roli va javobgarligini oshirish;
  • hududiy organlarning rahbar kadrlarini tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kuchaytirish.
  • Beshinchi yo‘nalish davlat boshqaruvi tizimiga strategik rejalashtirishning zamonaviy shakllari, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Mazkur chora-tadbirlar qatorida quyidagilarni ta'kidlash lozim:
  • davlat xizmatlari ko‘rsatish tartib-taomillarini optimallashtirish va soddalashtirishni ta'minlaydigan davlat boshqaruvining innovatsion shakllarini joriy etish;
  • innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqishga investitsiyalarni faol jalb etish;
  • zamonaviy ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun zarur bo‘lgan rivojlangan infratuzilmani yaratish;
  • tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish.
  • Va nihoyat, so‘nggi oltinchi yo‘nalishda professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning ta'sirchan mexanizmlarini o‘rnatish belgilangan. Ularga erishish uchun quyidagilar rejalashtirilgan: davlat xizmatining shaffofligi va ochiqligini ta'minlash, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi mexanizmlarini joriy etish;
  • davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta'minotining zamonaviy tizimini kiritish orqali ularning mehnat unumdorligini oshirish.


O’zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat boshqaruvini, jamiyat xayotini demokratlashtirish yo’lini tutdi. Lekin barcha sohalardagi islohotlar kabi, bu borada ham Birinchi prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini, shart-sharoitlari, tarixiy an’analari va xalqimiz mentalitetini xisobga olish lozim, degan ishonchdan kelib chiqdi. Jamiyat rivojlanishining, axoli ongi, tafakkuri o’sishining darajasiga mos holda demokratlashtirish jarayonini bosqichma- bosqich o’tkazish g’oyasini ilgari surdi. Demokratiya-xalq hokimiyati. U yetuk holda birdaniga qaror topib qolmaydi. Bunga davlat va jamiyat xam, axoli va aloxida fuqarolar xam tayor bo’lishi lozim.
1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi bu jarayonga qonuniy yo’nalish berdi va uning huquqiy asoslarini, kafolatlarini yaratdi. Demokratlashtirish mamlakatimiz rivojlanishining konstitusiyaviy talabiga, me’yoriga aylandi. 2010-yil 12-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va senatning qo’shma majlisida Prezidentimiz Islom Karimov “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzada o’ta dolzarb axamiyatga ega bo’lgan muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini, saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyatini institutlarini, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin