Farg’ona va toshkent maqom yo’llari avazova Mamura



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#89715
  1   2
farg-ona-va-toshkent-maqom-yo-llari



[71] 
FARG’ONA VA TOSHKENT MAQOM YO’LLARI 
Avazova Mamura 
Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa San'ati instituti "Maqom xonandaligi" 
kafedrasining 4-bosqich talabasi 
Annontatsiya:Ushbu maqolada Farg’ona va Toshkent maqom yo’llari haqida fikr 
yuritilgan. 
Kalit so’zlar:Maqom,Farg’ona,Toshkent,usul,umumiy,nazariy,umumlashuv. 
 
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari— Toshkent va Fargʻona vodiysi (Qoʻqon, 
Namangan, Andijon, Fargʻona, Margʻilon, Quva va boshqalar) musiqa amaliyotida yuzaga 
kelgan maqom namunalarining umumlashma nomi. Shashmaqom va Xorazm 
matsomlaripxya farqli oʻlaroq alohidaalohida cholgʻu va ashula yoʻllaridan iborat. 
Jumladan, cholgʻu yoʻllari "Nasrullo I—V", "Munojot 1—V", "Ajam va taronalari", 
"Miskin I—V", "Segoh I —III", "Sayqal I—II", "Mirzadavlat I—II", "Choʻli Iroq", 
"Chorgoh", "Surnay Iroqi", "Surnay Dugohi" "Surnay Ushshogʻi" kabilar mashhur. Ashula 
yoʻllari alohida bir qismli ("Segoh, "Toshkent" irogʻi" kabi) namunalardan tortib keng 
koʻlamli turkumlardan tashkil topgan. Ayniqsa, besh qismli "Chorgoh", "Bayot", "Bayoti 
Sheroziy", "Gulyor—Shahnoz" va yetti qismli "Dugoh— Husayn" ashula yoʻllari 
ommalashgan. Ular mumtoz sheʼriyat (Sakkokiy, Navoiy, Bobur, Uvaysiy, Furqat, 
Muqimiy va boshqalar) namunalari asosida oʻqiladi. 
Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarining qismlari raqamlar vositasida ajratiladi 
(mas, "Miskin I", "Miskin II", "Bayot I"). Ayrim hollarda tarkibiy qismlarning maxsus 
nomlari ham uchraydi. Jumladan, "Miskin" cholgu turkumining III kismi "Adoiy", IV qismi 
"Asiriy", "Nasrullo"ning II qismi "Chavandoz", III qismi "Qashqarcha", IV qismi "Tarona", 
V qismi "Ufar" deb nomlanadi. Shuningdek, F.—Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy.ning 
cholgʻu kuylarining ayrimlariga nisbatan "Mashq" atamasini qoʻllash odati mavjud (mas, 
"Mashqi Chorgoh", "Mashqi Dugoh—Husayn" va h.k.). 


[72] 
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllari yollarining shakllanish ildizlari oʻrta asrlarda mashhur 
boʻlgan Oʻn ikki maqom tizimi va undan ham oldinroq mavjud turkumli asarlarga borib 
taqaladi. "Yoʻllari" atamasi ham shunga ishora etadi. Zero "maqom" atamasidan avvalroq 
musiqa ilmi amaliyotida "yoʻl" maʼnosidagi "roh", "tariqa", "ravashin" kabi tushunchalar 
keng qoʻllanib kelingan. Shashmaqomdan fark/sh ravishda Fargʻona-toshkent maqom 
yoʻllariy. nafaqat xon saroylarida, balki xalq hayoti bilan bogʻliq turli vaziyat va sharoitlarda 
ham mudom ijro etilgan. Mas, surnay yoʻllari xalq tomosha va bayramlarida, dorbozlar 
oʻyini va toʻy bazmlarida, dutor, tanbur, gʻijjak ijrolari hamda ashula yoʻllari uy 
sharoitlarida oʻtkaziladigan turli yigʻin va majlislarda namoyon boʻlgan. Ayni paytda, bu 
maqomlarda Fargʻona—Toshkent musiqa uslubiga xos yalla, ashula, katta ashula 
janrlarining xususiyatlari oʻz aksini topgan. Bu holat ularning musiqiy tili xalqchil va 
nisbatan ommaviy ekanligi, xalq orasida mashhur boʻlishi sabablaridan biridir. 
Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy. ijrochilari mazkur anʼanani odatda mashhur 
ustozlardan oʻrganishgan. Shu tarzda bu maqomlarni bizga yetkazib bergan taniqli 
talqinchilar qatorida Abduqodir naychi, Ahmadjon qoʻshnay, A.Yusupov (surnay), 
Shobarot tanburchi, A.Abdullayev (tanbur), M. Najmiddinov (dutor, tanbur), K.Jabborov 
(gʻijjak, dutor), S.Kalonov (nay), Faxriddin Sodiqov (chang , dutor), Gʻ.Toshmatov 
(gʻijjak), T.Alimatov (tanbur, dutor), hofizlar — Sh.Shoumarov, Toʻychi hofiz, Shojalil 
hofiz, Ilhom hofiz, Sodirxon hofiz, Rajabiylar, Rasulqori Mamadaliyev kabi ustoz 
sanʼatkorlarning xizmatlari katta. Bastakorlardan T. Jalilov, O. Hotamov, F. Mamadaliyev, 
soʻnggi yillarda A. Ismoilovlar F.—Fargʻona-toshkent maqom yoʻllariy. anʼanalarida 
turkumli va alohida ijro etiluvchi asarlar yaratishgan. 
Maqomlarnig umumiy asoslari Shashmaqom - Tarixdan bizga ma’lum Mo`g`ul 
istilosidan keyin Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma’muriy 
markazga aylanib Buxoro esa ma’naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o`tay 
boshladi. So`ngra Temuriylar imperiyasining parchalanib ketishi munosavati bilan uning 
asosiy o`zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo’`lgan Shaybo’niylar 
(XVI a.), Ashtarxoniylar (XVII a.) va Mang`it xonlari (XVIII a.) davlati qaror topdi. Buxoro 
xonligi (amirligi)ning solnomasi XVI asrda o`zbek urug`idan chiqqan Shaybo’niylar 


[73] 
sulolasining tarix maydoniga chiqishi va bu azim shaharni poytaxt qilib olishidan 
boshlanadi.XVI asrning boshida (1505 yil) hirot Shaybo’niylar tomonidan ishg`ol etildi. 
Temuriylar imperiyasi uchta yirik bo’`lakka ajralib ketdi: Movarounnahr, Eron va Shimoliy 
Hindiston (Boburiylar) davlatlari. Tarixning ana shunday murakkab burilish paytida 
Temuriylar davri, xususan, Samarqand va hirot bo’y madaniy an’ana-larining munosib 
borisi sifatida Buxoro maydonga chiqdi. 
O`zbek xonlari Shaybo’niylar davlatining poytaxtiga aylangan bu shahri azimga 
zamonasining ko`zga ko`ringan ilmu ma’rifat, adabiyot va san’at ahli intila boshladi hamda 
unda yangi tarixiy sharoitlarda she’riyat, musiqa va tasviriy san’atning "Buxoro maktabi" 
deb nom olgan uslubi taraqqiy topdi. Hirotdan Buxoroga muhojirlik qilgan ilm va san’at 
ahdi orasida yirik ilm va sozanda Najmiddin Kavkabiy ham bor edi. A.Fitrat Kavkabiyning 
o`zbek xonliklari madaniy hayotidagi o`rnini Abdulqodir Marog`iyning Temuriylar 
zamonidagi ahamiyatiga tenglaydi.
Kavkabiy Ubaydulloxon saroyida xizmat qilgan. Ubaydulloxon Husayn Bo’yqaroga 
o`xshav, adabiyot va nafis san’atlar homiysi va ayni chog`da she’riyat hamda musiqiy 
ilmning bilimdoni sifatida maydonga chiqdi, Kavkabiyni o`z saroyining ko`rki tariqasida 
e’zozladi. Ustoz san’atkor ziyorat uchun 1529 yilda Mashhadga kelganida, Eron shohi 
Taxmasp tomonidan shoir hiloliy qoniga qasos tarzida qatl etilgan. Bu mudhish bo’qea 
ushbu davr tarixchisi Hasanxo`ja Nisoriyning "Muzakkiri aqbob" asari va boshqa 
manbalarda bayon etilgan. Kavkabiy bir qancha musiqiy risolalar muallifi. Ulardan 
bizgacha saqlanib kelganlari orasidan birinchisi nasrda, ikkinchisi nazmda yozilgan 
"Musiqa risolasi" va "O`n ikki maqom haqida" asarlarini tilga olish mumkin. Umuman 
olganda, uning asarlari musiqa ilmining rivojlanishida alohida bir davrni tashkil etadi. 
Keyingi vaqtlarda Movarounnahr, Eron va hindistonda ijod qilgan ko`pchilik 
musiqashunoslar 
o`zlarini 
Kavkabiy 
maktabining 
dabo’mchilari deb biladilar. 
Kavkabiyning shogird va izdoshlari qatorida uning jiyani DarveshAli Changiy alohida 
mavqeyga ega. 


[74] 
Darvesh Ali yigitligida Abdullaxon, keksaygan paytlarida esa Imomqulixon saroyida 
xizmat qilgan. va ularning har biriga atav mustaqil risolalar bitgan. Ustozi Kavkabiyga 
o`xshav, u turli ilm sohalarini o`zlashtirgan shoir, sozanda, hofiz va olim sifatida shuhrat 
qozongan. O`z mavqeyiga ko`ra DarveshAlini islom Sharqining atoqli musiqashunoslari 
silsilasining so`nggi namoyandalaridan biri deyish mumkin. Olimning mavzuga oid eng 
yirik asarlaridan biri "Risola-yi musiqiy" ("Musiqa risolasi") mazkur ilmining an’anaviy 
parda va usulga oid masalalarinigina yoritib qolmasdan, sozandalar hayoti va ijodiga tegishli 
tazkirabiy ma’lumotlarni ham o`z ichiga oladi. Ushbu nuqtai nazardan "Risola-yi musiqiy" 
nazariy hamda tarixiy ahamiyatga molik risola hisoblanadi. 
Kavkabiy va Darvesh Ali kitoblari Buxoroda yozilib, vevosita shu davlat 
hukmdorlariga vag`ishlanganiga qaramasdan, ular mohiyatan mahalliy emas, balki 
mintaqabiy ahamiyatga molik ilmiy asarlar ekanligini ko`zda tutash lozim. Boshqacha 
aytganda, bu manbalar Buxoro musiqasining mahalliy xususiyatlarini o`rganishga 
qaratilmagan. Ularda unibersal toifadagi mumtoz musiqa sifatida maqomotning nazariy 
asoslariga vag`ishlangan masalalar o`rin olgan. DarveshAli umrining oxirgi yillari nochor 
va mushkul ahbo’lda o`tdi. 
Olimga nisvatan bunday munosavat nafis san’atlarga bo’`lgan e’tiborning pasayib 
ketganligidan dalolat beradi. haqiqatan ham XVII asr o`rtalaridan kuchaygan diniy xurofot 
oqibatida dunyobiy san’atlar, xususan, musiqiyga bo’`lgan ehtiyoj ancha zaiflasha boshladi. 
Shu sababdan Buxoro ziyolilari va san’at ahlining katta guruhi hindistonga hijrat qilishga 
majbur bo’`lganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. hindistonda o`z vatanini qo`msav 
g`azallar bitgan shoir va sozanda Mutribiy Samarqandiy shular jumlasidandir.
1746 yilda Ashtarxoniylar o`rniga boshqa bir o`zbek sulolasi mang`itlar Buxoro 
taxtiga o`tirdilar. Bu davrda Movarounnahr davlatining hududlari yanada torayib, san’at va 
adabiyotda ham mushtarak umumsharqiy xususiyatlardan ko`ra mahalliy uslublar ustunroq 
chiqa boshlaydi. Ana shunday umumiy intilishlar doirasida o`ziga xos yorqin jihatlarga ega 
bo’`lgan Buxoro Shashmaqomi qaror topa boshladi. Samarqand va Hirot madaniyatining 


[75] 
vevosita merosxo`ri bo’`lgan Buxoro maqomchiligining yuksak an’analari izsiz yo`qolib 
ketmadi. Ular musiqaning yangi nabi bo’`lmish Shashmaqom asoslariga singa boshladi. 
Oldingi maqom yo`llarining Shashmaqom tizimiga aylanishi shunchaki yuzaki holat emas, 
balki bu - qadimiy maqom an’analarini yangi ijtimoiy-madaniy muhitda ijodiy o`zlashtirish, 
ularni mahalliy kuy va ashulalarning o`ziga xosligi bilan to`ldirilishining murakkab 
jarayonidir. Shu tariqa klassik musiqamizning "oltin davri"dan vevosita "Shashmaqom 
bo’sqichi"ga o`tishida ko`plab ijodiy rishtalarni kuzatsa bo’`ladi. Bu ikki tarixiy bo’sqich 
o`rtasidagi bog`lanishlar maqom yo`llarining obrazlar olamida, janr tizimida, kuy va 
ashulalarning parda hamda vazn asoslarida nazarga tashlanadi.
Tarixiy kitoblar, musiqiy risolalar va adabiy tazkiralarda Farg`ona vodiysi hamda 
Toshkentdan chiqqan yetuk sozandalarning nomlari ko`plab tilga olinadi. Ularning san’ati 
mahalliy doiradan ancha keng va butun Markaziy Osiyo mintaqasida shuhrat topgan. 
Umuman olganda, bu joylarda klassik musiqaning rivojlanishi avvaldan vaquvvat 
an’analarga ega. 
XVIII asrning oxirlariga kelib, Qo`qon xonligi alohida davlat sifatida tarkib topishi 
bilan Farg`ona va Toshkent bo’halari uning asosiy o`zagi sifatida yagona madaniy-
ma’muriy doirani tashkil qilgan an’analarning uzluksiz tabiiy ravishda dabo’m etgirish 
fursati paydo bo’`ldi. Ularning shirasi va shevasi imkon kedar saqlandi. Bugungi kunda 
Xorazm maqom turkumlarining tarkibi tanbur chizig`iga ko`rsatilganidan ancha ixcham. 
Olti yarim maqom tizimining esa ayrim qismlari, ayniqsa, cholg`u yo`llari afsuski 
iste’moldan qolmoqda. Lekin vaxtimizga ularning o`ziga xos jarangi va ijodiy qiyofasi 
yo`qotgan emas. 
Ana shu muhitda she’riyat, musiqa, me’morchilik va boshqa amaliy san’at turlarida 
o`ziga xos uslub yuzaga kelishi va takomillashubiga zamin hozirlanadi. Mazkur uslubning 
rivojlanish samaralari musiqa va she’riyat borasida, ayniqsa, sezilarli bo’`ldi. Xususan, 
Muhammad Umarxon (1809-1822 y) vauningo`qli Muhammad Alixon (Madalixon) (1822-
1842 y) davrlarida qo`qon shoir va sozandalarining dovrug`i keng tarqala boshladi. 


[76] 
Muhammad Umarxon yetuk davlat arbo’bi va zamonasining eng ilg`or vakillaridan bo’`lib, 
uning Amiriy taxallusida yozgan deboni keng e’tibor topgan. Shoirning umr yo`ldoshi 
Nodira taxallusi bilan ijod etgan Moxdarvegim ham o`zbek she’riyatining yirik 
namoyandasidir. Amiriy va Nodira - Sharqning eng mumtoz shoirlari qatoridan o`rin oladi. 
Ularning o`zbek va tojik tillaridagi g`azallari nafaqat Farg`ona-Toshkent bo’halari, balki 
Buxoro, Xorazm hofizlari orasida ham keng tarqalgan. Umarxon va Nodiralarning farzandi 
Madalixon ham ilmu ma’rifatga, nafis san’atlarga ko`ngil qo`yganganligi ma’lum. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin