Kanal va gruppalarga tarqatmang. OMONATGA HIYONAT QILMANG.
Guruh: Katta guruhlar uchun O y mavzusi: Bolalar bog’chasi Hafta mavzusi:Men va mening tanam Ta’limiy faoliyat maqsadlari Ta’limiy: tarbiyalanuvchilarning tana a'zolari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, gigiyenaning ahamiyati haqida tushuntirish; Tarbiyaviy: ozodalik har qanday insonni chiroyiga chiroy qo'shishini tushuntirish, shaxsiy gigiyenaga qoidalariga amal qilishni anglatish; Rivojlantiruvchi: tarbiyalanuvchilarni o'z fikrini erkin bayon etishga o'rgatish. Kerakli jihozlar: АКТ, tana azolarining suratlari Ta’limiy faoliyatning borishi Tarbiyachi:- Assalomu alaykum, mening topqir tarbiyalanuvchilarim. Bugungi ta’limiy faoliyatimizni badantarbiya qilish bilan boshlaymiz. (Tarbiyachi nazoratida bolalar badantarbiya mashqlarini bajaradilar.) Tarbiyachi: - Bolalar, oldingi ta’limiy faoliyatlarimizda shaxsiy gigiyena haqida ko‘p suhbatlashganmiz. Qani, kim aytadi, shaxsiy gigiyenaga nima uchun amal qilish kerak? 1-bola:- Biz har kuni yuz-qo‘limizni, tishlarimizni yuvishimiz, sochlarimizni tarashimiz kerak. Shaxsiy gigiyenaga amal qilsak, sog‘lom bo‘lamiz. 2-bola:- Oyim, ozoda yurgan bolaga kasallik hujum qilmaydi, gigiyena qo‘llar- ni sovunlab yuvishdan boshlanadi, deb aytadilar.