Qo‘shimcha: AKT vositalari orqali ko’z shifokori faoliyati bilan tanishtirish va suhbat uyushtirish.
Alohida e’tibor qaratiladi: jamoada ishlash, vazifani to’g’ri tahlil qilish va bajarish.
Syujetli-rolli o’yinlar va sahnalashtirish markaz «Irkit qiz» syujetli-rolli o’yini Maqsad: bolalar ozodalikka, tartib va saramjonlikka, kasal bo’lmaslik uchun ehtiyot
choralarini ko’rishga, tengdoshlari orasida ozoda yurish qoidalarini targib qilishga o’rganadilar.
Kerakli jihoz va materiallar:«Irkit qiz» taxallusi ostida qo’g’irchoq, gigienik vositalar, suv, ko’zgu, ko’ylak, yotoq jihozlari, ozodalik, tartib va saramjonlikni aks ettiruvchi rasmlar, ozodalikka e’tibor bermaslik natijasida yuz berishi mumkin bo’lgan holatlar tasvirlangan rasmlar.
Faoliyatning borishi: 1. Rasmlarni tomosha qilish.
2. Rasmlardagi holatlarni do’stlari bilan muhokama qilish.
3. Qo’g’irchoqni olib uning ahvolini o’rganish.
4. Qo’g’irchoqni tartibga solish maqsadida reja tuzish.
5. Bajariladigan ishlarni tengdoshlari orasida taqsimlash.
6. Qo’g’irchoqni tartibga keltirish.
7. Olib borilgan faoliyatning o’zaro muhokama qilish.
Q o‘shimcha:«Moydodir» multfilmini namoyishetish. Qo’l yuvish hamda tish yuvish tartibi bilan tanishtirish va amaliyotda bajarib ko’rishni taklif qilish.
Alohida e’tibor qaratiladi: faoliyatdan so’ng
tarbiyalanuvchilardagi o’zgarish, shaxsiy gigienaga e’tibor qaratilayotganligiga ahamiyat beriladi.
Til va nutq markazi «Sen mening bir qismim» ta’limiy o’yini varasm asosida o’z fikrini bayop etish M aqsad: tana qismlarini aniq nomlashni, bir tana a’zosining va organlarning qaerda joylashganligini, bo’laklardan bir butunni hosil qilishni o’rganishadi. Kerakli jihoz va materiallar: tana qismlari tasvirlangan rasmlar, inson tanasining yaxlit ko’rinishi.