Farg’ona viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi



Yüklə 107,77 Kb.
səhifə3/7
tarix19.12.2023
ölçüsü107,77 Kb.
#184784
1   2   3   4   5   6   7
Katta yanvar 3-hafta Men va mening tanam

3-bola:- Biz esa har kuni ertalab oilaviy badantarbiya qilamiz. Badantarbiya mushaklarni mustahkamlaydi, organizmni chiniqtiradi.
Tarbiyachi: - Bolalar, endi esa men bir nechta gaplar o‘qiyman, sizlar to‘g‘ri gapga qarsak chalasizlar, noto‘g‘ri gapga esa oyoq do‘pillatasizlar.
Birovning oyoq kiyimini kiyib yurish mumkin emas.
Tishlarni har kuni ikki marta yuvish kerak.
Qo‘lni yuvmasdan ovqat yeyish mumkin.
Tirnoqlarni o‘stirib yurish kerak.
Ovqatlarni to‘kib yeyish kerak.
Tarbiyachi: - Bolalar, endi esa diqqatingizni monitorga qarating. Unda ikki holatdagi bola rasmi ko‘rsatilgan. Sizlar suratda nima tasvirlanganini aytib beri- shingiz kerak.
(Monitorda suratlar ko'rsatiladi.)
1-bola: - Suratdagi birinchi bola o‘rnidan turib yuzini yuvdi, u to‘g‘ri qildi.
2--bola: - Suratdagi ikkinchi bola esa yuvilmagan olmani olib yeyapti, u no- to‘g‘ri qildi.
3-bola: - Suratdagi qiz dugonasining oyoq kiyimini kiyib oldi, u noto‘g‘ri qildi.
4-bola: - Suratdagi bola tishlarini yuvayapti, u to‘g‘ri qilyapti.
5-bola: - Suratdagi qiz o‘zi yeyayotgan konfetni dugonasiga berdi, u noto‘g‘ri qildi.
(Tarbiyachi harakatlarni ko'rsatib turadi.)
Sog‘lom bolay desang sen,
Erta turib biroz yur.
Yana har kun tish yuvib,
S ovunga ham ulfat bo‘l.
Tarbiyachi: - Bolajonlar, gohida ayrimlaringiz oyingiz ish buyursa, dan- gasalik qilibmi, erkalik qilibmi, aytilgan ishni qilmaysizlar. Bolajonlar, jismoniy harakat qilish tanamizda qonni yurishtiradi, mushaklarimizni mustahkamlaydi. Kim harakat qilishdan qochsa, kompyuter o‘yinlariga berilsa, televizor qarshisida ko‘p o‘tirsa, oradan vaqt o‘tib uning sog‘ligida muammolar paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham kattalar ish buyurganida “labbay” deb javob beringlar. Hozir sizlarga Po‘lat Mo‘minning “Salimjon - nimjon” hazil she’rini o‘qib ber- moqchiman.

Yüklə 107,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin