Axsikent eramizdan avvalgi III asrda tashkil topgan bo‘lib, qadimgi Farg‘ona davlatining poytaxti, Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan. Tarixiy manbalarda, xususan, “Boburnoma”da bu kentning alohida ahamiyati haqida ko‘p yozilgan. Qadimdan bu yerda yer osti suv inshooti bo‘lgani bois mudofaa uchun qulay sanalgan.Shahar Ark, ichki va tashqi shahardan iborat bo‘lgan. Bu erda o‘z davrida shishasozlik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik kabi hunarmandlik turlari rivojlangan. 1620 yillarga kelib zilzila oqibatida ulkan shahar vayron bo‘lgan.Bugungi kunda xarobalarning 60 gektarga yaqin qismi saqlanib qolgan bo‘lib, Farg‘ona vodiysidagi eng katta arxeologik yodgorlikdir. Arxeologlar tomonidan temirchilar ustaxonasi, X-XIII asrlarga oid hammom qoldiqlari, askarlar xonalari, jome’ masjidi, mudofaa devorlari, yer osti irrigatsiya tarmoqlari, hunarmandlar mahallasi, hukmdor qarorgohi – Ark qazib o‘rganilgan.
Fargʻona vodiysi Afrosiyobi” deb eʼtirof etiladigan qadimiy Axsikent shahrida ham antik davrdan boshlab hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik va qurol-yarogʻ ishlab chiqarishga ixtisoslashgan temirchilik sohalari taraqqiy etgan. Axsikent temirchi hunarmandlari tomonidan tayyorlangan qilichlar oʻrta asr Gʻarbiy Yevropa adabiyotlarida “Damashq qilichlari” nomi bilan tilga olingan.
Satkak 2
Satkak II arheologiya yodgorligi Farg'ona tumani Satkak MFY da joylashgan bo'lib, eramizning I- VI asrlarga taalluqli. Yodgorlik qisman saqlanib qolingan. Yodgorlik 1973 yilda Davlat Ermitajining Farg'ona arheologik guruxi va 2013 yilda O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Arheologiya instituti ekspediciyasi tomonidan xam o'rganilgan. Mazkur arhelogiya ob'ektini o'rganish davrida uning vujudga kelishi vaqti haqida aniq ma'lumotlar aniqlanmadi Ob'ekt Satkak I arheologig yodgorliklari bilan yonma-yon joylashgan va bir birini to'ldiruvchi vazifalar bajargan deb hisoblanadi. Hozirgi kunda ob'ektning bir qismi saqlanib qolgan va butunlay vayron bo'lish arafasida.