Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
111 
library.ziyonet.uz/ 
 
Meni qilmosa ul ishda muxotab.  
Boʻlub mundoq gʻamu ranjimdin ogoh,  
Tarahhum aylasa ahvolima shoh.  
Nishotim bogʻida bir fikr qilsa  
Ki, gohe gʻunchadek koʻnglum ochilsa.  
Yigirmi toʻrt soat kecha-kunduz,  
Yigirmi toʻrt dam ursam nafas tuz  
Ki, andin vaqtima yetsa huzure,  
Birovdin tormasa koʻnglum future.  
Raqam qilgʻon Parishon nomalardin,  
Yozilgʻon rabti yoʻq hangomalardin.  
Hamono teztak aylab qalamni,  
Ravonroq torta olgʻaymen raqamni.  
Ham oʻlgʻay bu raqamdin san’ati koʻr,  
Ham oʻlgʻay san’atida diqqati koʻr.  
Vagar tole’ boʻlub kulliy madadgor  
Ki, boʻlmay axtari baxtim hasadgor.  
Farogʻat kunjida bir goʻsha tutsam,  
Meni el, men dogʻi elni unutsam.  
Bori ashgʻoldin shah tutsa ma’zur  
Ki, boʻlsam soʻz demok shugʻligʻa ma’mur.  
Yana shoh iltifoti boʻlsa goh-goh  
Ki, boʻlsa nazm yo nozimdin ogoh.  
Soʻzumga gah berib islohdin zeb,  
Gahi in’omi etsa soʻzga targʻib
(14)
.  
Deyolmasmenki, Xusrav yo Nizomiy,  
Va yo nazm ahlining sarxayli Jomiy  
Nechukkim chektilar til xanjarini,  
Sarosar oldilar soʻz kishvarini.  
Alar oʻtrusida men ham chekib tigʻ,  
Chekarga soʻz sinonin qilgʻamen bigʻ.  
Vale Haq lutfigʻa eltib ranohi,  
Shah iqbolidin istab takyagohi.  
Deyolgʻaymenki, koʻp aylab tazarru’,  
Bulargʻa aylay olgʻaymen tatabbu’  
Ki, arz etsam manga yetmay malolat,  
Havodorimgʻa yuzlanmay xijolat.  
Boʻlub ahsanta lafzi elga oyin,  
Yetishgay shahdin ehson, dogʻi tahsin.  
Nizomiy olsa Barda’
(15)
 birla Ganja,  
Qadam Rum ahligʻa ham qilsa ranja.  
Chekib Xusrav dagʻi tigʻi zabonni,  
Yurub fath aylasa Hindustonni.  
Yana Jomiy ajamda ursa navbat
(16)
,  
Arabda dogʻi cholsa koʻsi shavkat.  
Agar bir qavm, gar yuz, yoʻqsa mingdur,  
Muayyan turk ulusi xud meningdur
(17)
.  
Olibmen tahti farmonimgʻa oson,  
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.  
Xuroson demakim, Sherozu
(18)
 Tabrez
(19)
  
Ki, qilmishdur nayi kilkim shakarrez.  
Koʻngul bermish soʻzumga turk jon ham,  
Ne yolgʻuz turk, balkim turkmon ham.  



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin