Raqamzad qildi chun bir dostonin.
Chu qolmay dostondin nukta boqiy,
Tutub sogʻar toʻla ber turfa soqiy.
Labolab chun yetib ul jom rayvast,
Damo-dam soʻz demakda ul boʻlub mast.
Vale bu doston qilgʻuncha mastur,
Koʻp aytib soʻz, bagʻoyat boʻldi maxmur.
Ketur soqiy, anga bir doʻstgoniy
Ki, tutqay doʻstlargʻa doʻst oni!
Manga tutqilki, soʻzni koʻtah ettim,
Tinay bir lahza chun manzilgʻa yettim.
Sharh Va Izohlar I Muqaddima oʻrnidagi bu bob adabiy an’anaga koʻra, «hamd» – Alloh taoloning maqtoviga
bagʻishlangan boʻlib, Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga
olmoqchi boʻlgan gʻoyaviy niyati haqida soʻz yuritadi.
1. Baytning birinchi misrasi arabcha: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening (ya’ni Ollohning)
maqtoving bilan, degan mazmunii bildiradi. Keyingi misrada esa, shoir soʻz oʻyini san’atini
ishlatadi – «fath» soʻzining ikki ma’nosidan foydalanadi: ma’nolar eshiklarinn koʻnglimga
«ochib» ber va ularni «zabt» etishni nasib qil, mazmunida qoʻllaydi.
Keyingi baytlarda shoir ma’nolar xazinasi qulfiga qoʻlining kalit boʻlishini, shu vosita bilan
barcha umidlariga yetishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olamni, olam ahlini
manfaatdor etishni umid qpladi. Bu baytlarda «maxzan», «durafshon», «gavhartosh», «dur», kabi
soʻzlar majoziy, ya’ni koʻchma ma’noda ishlatiladi. Ular mazmun, ma’no bilan aloqador boʻlib,
buni badiiyat haqidagi ilmda «istiora» san’ati deb yuritiladi.
II 1. Navoiyning «Farhod va Shirin»i boblari sarlavhalari boshqa dostonlaaridagi kabi ma’lum
gʻoyaviy va badiiy funksiyalarni bajaradi. Shoir ularda asos-e’tibori bilan har bir bobdagi
yetakchi gʻoyani izohlab beradi. Shuningdek, ular badiiy jihatdan ham muayyan vazifani oʻtab,
oʻquvchining bobda bayon etiladigan voqealarga munosabatini belgilashga xizmat qiladi.
Bu bob sarlavhasida shoir arab yozuvidagi harflar ifodasiga ishora qilib, shavq dostoni boʻlmish
«Farhod va Shirin»da sarvqadlar boʻyiga oʻxshash «alif», binafsha sochlar jingalagiga oʻxshash
«lom»larda «Olloh» soʻzi nazarda tutilishini yozadi. Binobarin, bu yerda Navoiy xudo ta’rifi
berilishini bayon qiladi.
Bu bobda shoir yozishga kirishayotgan «Farhod va Shirin» dostonining umumiy talqini, undagi
qahramonlar, personajlarning muxtasar tavsifini beradi, «dard bogʻi» deya ta’riflangan ishq bilan
aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. Shoir xoliq –yaratuvchi xudo sanosi –
maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson koʻnglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni
xazinaga aylantirganligini madh etadi. Ishqqa «jahonni kuydiruvchi» qudrat baxsh etadigan
yaratuvchi husni, goʻzallik ta’rifn esa Navoiy davridagi keng tarqalgan tasavvufdagi panteizm
ta’limoti tushunchalarita aloqadordir. Bu ta’limot «ilgʻor fikrli mutafakkirlar uchun hayot va
insonni kuylashga keng imkoniyat tugʻdirar va oʻz davri uchun taraqqiyparvar yoʻnalish edi.
Demak, Navoiyning yaratuvchi goʻzalligini kuylovchi ilhomli misralarini dunyo va koinot