Farhod va Shirin (I- qism) Alisher Navoiy


Farhod va Shirin (II- qism)



Yüklə 1,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə234/270
tarix05.04.2022
ölçüsü1,43 Mb.
#54728
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   270
Q-P5Z3jVp1RjnKfKxLaSChq1eRjDUex8

Farhod va Shirin (II- qism) 
Alisher Navoiy 
 
116 
library.ziyonet.uz/ 
 
Qadim yunonlarda muhabbat ma’budasi sifatida tasvirlangan. Zuhra ba’zan Nohid nomi bilan 
ham ataladi. Zuhra goʻzallik, muhabbat hamda musiqa homiysi hisoblanadi. 
 
17. Borbad – Borbud – Xusrav Parvezning mashhur hofizi. Badiiy adabiyotda umuman yaxshi 
xonandani anglatadi. 
 
18. Bahrom – Mirrih– Mars sayyorasi. Ilmi nujumcha Bahrom harbiy ishlar homiysi sanalgan. 
 
19. Besutun – Bihistun (Bihishtun)–Shimoliy Eronda, Hamadon shahridan 100 km. gʻarbda togʻ 
oraligʻidagi qoya. Bu qoya rivoyat va afsonalarda koʻpincha Farhod nomi bilan aloqali holda 
tilga olinadi. Farhod shu togʻ etaklarida kanal qazigan, shu togʻni kesib yoʻl ochgan qahramon 
sifatida tasvirlanadi. 
 
Shoir oʻz dostoni «Farhod va Shirin»ni minglab mashhur Besutun yodnomalaridan yuksak deb 
ta’riflaydi. Bu bilan adabiyotdagi mubolagʻa san’atini qoʻllaydi, ayni choqda ―faxriya‖ 
san’atidan ham foydalanadi. 
III 
1. Bu bob «Munojot» deb atalsa-da, unda Navoiy insonni yoʻqlikdagi holati, soʻngra, vujudga 
kelishi, goʻdakligi, hayoti toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etadi. Shoirning inson yaratilgach, iloh 
ixtiyorida boʻladi, u taqdir belgilagan ishlarnigina bajaradi, bnnobarin, inson yoʻl qoʻygan xato, 
gunohlar uchun aybdor emas, unga shularni avvaldan ravo koʻrgan oʻsha yaratuvchi aybdordir, – 
deya bildirgan fikrlari uning inson himoyasida nechogʻlik qat’iy turganligini koʻrsatadi 
(Qayumov A. «Farhod va Shirin» sirlari, 10-bet). 
 
2. Mustafo – arabcha tanlangan, saralangan, saylangan demakdir. Muhammad paygʻambarning 
laqabi. Bu va oldingi misralarda Navoiy ilohga murojaat qilib, shu asarni yaratishda madadkor 
boʻlishni iltijo qiladi, bu yoʻlda Muhammad paygʻambardan ham shafoat yetishishini istaydi. 
IV 
Bu bob an’anaviy na’t, ya’ni Muhammad paygʻambar ta’rifiga bagʻishlangandir. 
 
1. «Vashshams bila Vallayl» – Qur’on surasi. 
 
2. ―Va sallallohu alo shamsi jamolihi va zilli kamolihi‖ – arabcha: va Ollohning rahmati uning 
jamolining quyoshi va kamolining soyasicha boʻlsin. 
 
3. ―Kofu‖, ―nun‖– va harflarining nomi boʻlib, ular qoʻshilsa, «kun» soʻzi yuzaga keladi. Diniy 
ta’limotga koʻra, xudo azalda mavjudotni paydo qilishda shu soʻz bilan buyruq bergan deyiladi. 
 
4. Qurratul-ayn – arabcha: koʻz ravshanligʻi; koʻz qorachigʻi. maj. farzand. 
 
5. «Kavn» – mavjudlik, borlik, dunyo; kavnayn – ikki dunyo (u dunyo va bu dunyo). 
 
6. Arsh – osmonning eng yuqori joyi. 
 
7. Kursiy – bu yerda osmon ma’nosida. 
 
8. Mushaf – Qur’on. 



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   270




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin