Boʻlur darvoza ichra oshkoro,
Temur jismiki qilmish paykar oro
(2)
.
Erur odamgʻa monandu mushobih,
Iligida temurdin yo qilib zih.
Chekib ul yogʻa bir oʻq oshkoro
Ki, xoro toshidin oʻtgay guzoro.
Va lekin ushbu raykar roy to farq,
Boʻlub oʻtdek temur oʻrchin aro gʻarq.
Aning koʻksida bir oyina bogʻliq,
Safo ichra quyosh koʻzgusi chogʻliq.
Kishi ul yuz qadam yerdin chekib oʻq,
Otib ursa hamul oyinani-oʻq.
Yiqilgʻay yerga ul raykar hamul dam,
Ne yolgʻuz ulki boru uzra yuz ham.
Ochilgʻay ul tilismi hech-darrech,
Kishi kirgay anga vahm etmayin hech.
Vale otqon zamon baxt oʻlmay ogoh.
Kishi yozsa oʻshul koʻzguni nogoh.
Kushod oʻlgʻay anga ul barcha novak,
Chiqorgʻay rar oningdekkim chakovak.
Tani boʻlgʻay qafas monand holi,
Tiriklik bulbulidin lek xoli.
Chu sen dogʻi bu ishga aylagung azm,
Degan soʻzlarni asra koʻnglunga jazm.
Desangkim, toymagʻoy ul yerda goming,
Sanogʻliq gom ila boʻlsun xiroming.
Oʻqurda «ismi a’zam» tutma orom,
Oʻqumay «ism» qoʻyma yoʻlda bir gom.
Chu qilsa hamla sher ogʻzini ochib,
Damidin ajdahodek shu’la sochib.
Ravon xotamni oning ogʻzigʻa ot
Ki, oning birla daf’ oʻlgʻusi ul bot.
Olib xotam yana boʻlgʻil ravona,
Hamul toshqachakim dedim nishona.
Chiqib tosh uzra ochay deb eshikni,
Oʻqu yoyinga chun urgʻung ilikni,
Necha otmoqqa boʻlsa iqtidoring,
Kerak albatta «ism» oʻlgʻay shioring.
Chu qildi Xizr bu ishlarni ta’lim,
Dedi: tush yoʻlgʻa emdi, aylamay bim.
Oʻpub, Farhod, ayogʻin yoʻlgʻa kirdi,
Nekim qildi oning ta’limi erdi.
Chu boʻldi sher darband ichra mavjud,
Anga xotamni otqoch boʻldi nobud.
Olib xotam, yana urdi sanab gom,
Hamul tosh ustiga tutquncha orom.
Chu tosh uzra ayogʻin terti mahkam,
Hisor ichra sadoye tushti ul dam.
Sado chun behadu andoza boʻldi,
Ochilgʻon burnoroq darvoza boʻldi.
Eshik ochilgʻoch-oʻq boʻldi sado yoʻq,
Ul oʻpchinliq chiqib keldi chekib oʻq
(3)
.