Amaliy mashg‘ulotni bajarishda foydalanilgan ta’lim texnologiyalari
“Insert” metodi.
Metodning maqsadi: Mazkur metod magistratura talabalarida yangi axborot tizimini qabul qilish va bilimini o‘zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod magistratura talabalari uchun xotira mashqi vazifasini ham o‘taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi: Professor-o‘qituvchi amaliy mashg‘ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‘rinishida tayyorlaydi;
Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn magistratura talabalariga tarqatiladi yoki taqdimot ko‘rinishida namoyish etiladi;
3.5-jadvalda magistratura talabalari individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‘z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda magistratura talabalariga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi: