Majburiy samaradorlik qonuni Diqqatingiz bir ishga qarating. Ishni birinchi darajadagi
muhim vazifalardan boshlab, tartib bilan davom eting. Ishni tashlab qo‘yib, uni qayta-qayta
boshlayverish esa samaradorlikni 5 foizga kamaytiradi.
Mosart ayni paytning o‘zida uchta musiqa ustida ishlab, o‘lmas asarlar yaratgan. Lekin u
istisno edi. Bax, Gaydn yoki Verdi ma’lum vaqt davomida faqatgina bir asar ustida
ishlashgan, birini tamomlamay turib, ikkinchisini boshlashmagan.
Majburiy samaradorlik qonunidan foydalaning: vaqt hamma ishga emas, eng muhim
ishlarga yetadi. Shuning uchun diqqatingizni jamlab, birinchi navbatda eng katta foyda
keltiradigan ish bilan shug‘ullaning.
Barcha ishlarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
– shoshilinch va muhimlar;
– muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar;
– shoshilinch, lekin muhim bo‘lmaganlar;
– shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmaganlar.
Bu Eyzenxauer usuli deb ataladi.
Birlamchi vazifalar – shoshilinch va muhimlar. Ularni kechiktirish sizga ortiqcha
muammolarni tug‘diradi, shuning uchun o‘z vaqtida hal qilishga kirishing.
Ikkinchi o‘rinda – muhimlar, lekin shoshilinch bo‘lmaganlar. Ularni kechiktirish mumkin,
lekin istiqbolda kuchli ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Buning oldini olish uchun bunday
vazifalarni hadeb kechiktiishning o‘rniga ularga vaqt ajrating.
Muhim, lekin shoshilinch bo‘lmagan ishlar muvaffaqiyatingizga unchalik ta’sir
ko‘rsatmaydi. Shuningdek, bunday ishlar samardorlikni orttirmaydi ham, biroq vaqt
zaxirangizning kattagina qismini olib ketadi. Bunday ishlar sonini qisqartirgan ma’qul.
Shoshilinch ham, muhim ham bo‘lmagan ishlarning hech qanday ahamiyati yo‘q, ularni
bajarmasangiz, hech qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. Shunday ekan, ularni
qo‘rqmasdan ro‘yxatdan o‘chirib tashlayvering.
Muvozanat tamoyili/Ish hajmi ortib ketgan paytda vahimaga berilmaslikning eng oson
yo‘li – chuqur nafas oling va «Qo‘limdan kelganini uddalayman» degancha xotirjamlik
bilan ro‘yxat tuzishga kirishing. Oldingizda turgan ishlarni tahlil qilar ekansiz, eng
muhimlarini amalga oshirishga vaqtingiz yetishiga ishonch hosil qilasiz.
Hayotingizda muvozanat saqlanib qolishiga e’tibor qarating. Ishga qattiq berilib ketgan
bilan organizmingizni alday olmaysiz, o‘z vaqtida to‘xtamasangiz, u payt poylab qasdini
oladi. Bu esa rejalaringizga kiritilmagan.
Albatta, samarador bo‘lish uchun taym-menejementning o‘zi kamlik qiladi. Salomatlikni
asrashga majbursiz. Ishingiz juda ko‘p bo‘lishi mumkindir, lekin oilangiz va dam olishga
har doim vaqt ajrata biling.
Muvozanatning asosiy tamoyili: uyda va ishda o‘tkazadigan vaqtingizni belgilab oling.