Farmoyish hujjatlari



Yüklə 24,45 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü24,45 Kb.
#160717
  1   2
FARMOYISH HUJJATLARI


FARMOYISH HUJJATLARI
REJA:
1.Ish hujjatlarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar
2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi
3. Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni tuzish asoslari

1. Ish hujjatlarini tayyorlash va ularga qo‘yiladigan talablar
Nutq madaniyati madaniyatli, ma’lumotli, ziyoli insonning muhim fazilati hisoblanadi. Bunday inson tafakkur qila bilishi va o‘z tafakkurini to‘g‘ri, aniq, chiroyli ifodalay bilishi kerak. Buning uchun esa fikr aniq, izchil, asosli bo‘lib, tilning grammatik, so‘z va orfografik me’yorlariga rioya etilishi muhimdir.
Ma’lumki, har bir kishi mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini boshlar ekan, turli-tuman hujjatlar yozishga to‘g‘ri keladi. Ish hujjatlarini yoza bilish – olingan bilimlarni amaliy hayotga bevosita qo‘llash demakdir. Ish hujjatlarisiz birorta muassasa va tashkilot faoliyat ko‘rsata olmaydi. Ish qog‘ozlari kishilarning uzoq ish va mehnat munosabatlari jarayonida tarkib topgan muayyan shakl va izchillikda tuzilgan yoki yozilgan hujjatlardir.
Hujjatlar xizmat va shaxsiy hujjatlarga bo‘linadi.
Xizmat hujjatlari muassasa, tashkilot, korxona yoki ularning vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari nomidan bo‘ladi. Bayonnoma, tavsifnoma, dalolatnoma shular jumlasidandir.
Alohida fuqarolar nomidan yozilgan hujjatlar – tarjimayi hol, ariza, ishonchnoma va shu kabi shaxsiy hujjatlardir.
Hujjatlar tarixiy manba, dalillash yoki guvohlik vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo‘yiladigan ko‘pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o‘ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o‘rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar eng avvalo yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) sodda hujjatlar – muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi;
2) murakkab hujjatlar – ikki yoki undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy (in dividual), namunali (tipovoy) va qolipli (trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo‘lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsada, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi. Namunali hujjatlar boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki qo‘lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki «to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘llardan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko‘plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo‘riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ish hujjatlarini yuritish tili va uslubi. O‘zbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan biri hujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda eng avvalo o‘zbek tilining barcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini ma’lum darajada tasavvur etish zarur.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinkitantanavor yoki bachkana so‘zlar, dag‘al so‘zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo‘ndalik, mazmuniy to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni «harakat nomi» deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi: «...tayyorgarlikning borishi haqida», «...qarorning bajarilishi to‘g‘risida», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni so‘rayman» kabi.
Fe’l shakllarining qo‘llanilishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin, eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli gaplar ko‘p qo‘llanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin bo‘lgan g‘ayriodatiy so‘z tartibiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi xabar berish (informativ) va buyurish (volyuntativ) vazifalari amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, majlis bayonida esa ham axborot («eshitildi...»), ham buyurish («Qaror qilindi..») o‘z ifodasini topadi.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi: «...ga ruxsat berishingizni so‘raymiz», «...deb hisoblaymiz»; «ma’muriyat talab qiladi», «boshqarma so‘raydi» kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8–10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qo‘llanishi mumkin:
1) «... ...so‘m maosh bilan ...lavozimiga tayinlansin»;
2) «...o‘z xohishiga ko‘ra ...lavozimidan bo‘shatilsin»;
3) «...boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan ...la vozimidan bo‘shatilsin»;
4) «...ga ...dagi faol va samarali ishtiroki uchun tashakkur e’lon qilinsin»;
5) «...ga o‘z bo‘limida intizomni bo‘shashtirib yuborganligi uchun hayfsan e’lon qilinsin» va h.k.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplash gan so‘zlardan foydalanish mumkin:
1) «Sizga ...ni ma’lum qilamiz»;
«Sizga ...ni bildiramiz»;
«Sizga ...ni eslatamiz»;
2) «... yordam tariqasida...»
«... munosabati bilan...»
«...qaroriga muvofiq ravishda...»
3) «...ga korxona ma’muriyati qarshi emas»;«...ga korxona kafolat beradi» va h.k.
Hujjatdagi fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xat boshi (abzats) ning ahamiyati ham katta. Har bir yangi, alohida fikr xat boshi bilan ajratilishi, bir xat boshidan ikkinchi xat boshigacha bo‘lgan matn 4–5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida e’tibor qilish kerak. Savodli yozilgan hujjatgina o‘z vazifasini mukammal bajarishi mumkin. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, ba’zan kichik harf bilan, ba’zan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi bo‘lganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan ma’qul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni to‘lig‘icha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib ko‘rsatish mumkin.

2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi
ARIZA
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin.
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy qismlari:
1. Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi.
2. Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi.
3. Hujjatning nomi (Ariza).
4. Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat).
5. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa).
6. Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari, familiyasi.
7. Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy).
Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.
Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat peda-
gogika universiteti kasaba uyushmasi hay’atiga Kasb ta’limi fakultetining 2-kurs talabasi Qobil Rahimovdan
ARIZA
Stipendiya miqdorining kamligi va xususiy xonadonda ijarada yashayotganligimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingizni iltimos qilaman.
2012.16.01. (imzo) K. Rahimov
BILDIRISHNOMA, BILDIRGI
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi) ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘nalganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. Ichki bildirishnoma o‘z muassasasi rahba riga yoki bo‘lim mudiriga yoziladi. U toza qog‘oz varag‘iga qo‘lda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. Tashqi bildirishnoma, ya’ni muassasa rahbari tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma lar muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma yo‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari hamda jo‘nalish kelishigidagi familiyasi.
3. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
4. Matn sarlavhasi.
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro‘yxati (agar ilova bor bo‘lsa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, u barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (sana muallif yoki muassasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda qo‘yiladi).
O‘zbekiston Respublikasi trans port vazirligiga qarashli 4-avtokorxonasining boshlig‘i
S.K. Qurbonovga korxona bosh texnigi
M. Dadaboyevdan
BILDIRISHNOMA
Korxona tomonidan sozlangan avtomashinalarni shu yerning o‘zida tekshirish va nazorat sinovini o‘tkazish bir qancha sozlovchislesarlar va haydovchilarni belgilangan vaqtdan keyin ham biroz muddat qolib ishlashini taqozo etmoqda. Biroq, biz belgilan gan vaqtdan tashqari bajarilgan ishlarni hisob bo‘limida rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Aytilganlar asosida Sizdan ushbu masalani ijobiy hal etish chora-tadbirlarini o‘ylab ko‘rishingizni so‘rayman.

Korxona bosh texnigi (imzo) M. Dadaboyev 2012.10.10.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat ma’lumotnoma (spravka) lariga yaqin turadi. Ularning farqi shundaki, ma’lumotnomalarda aso san talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalarni sanash bilan birga, ularni keltirib chiqargan omillar tahlil qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar beriladi.
DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko‘zlaydi, lekin uning asosiy maqsadi sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huquqiy normalar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadilar.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:
1. Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.
2. Tuzilgan sanasi va joyi.
3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollar da).
4. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).
5. Matn sarlavhasi.
6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbari ning buyrug‘i, yuqori idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).
7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).
8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).
9. Dalolatnoma matni.
10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘rsatiladi).
11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.
12. Ijro haqidagi belgi.
Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatbaho buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalarda), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.
Dalolatnomaning zaruriy tarkibiy qismlarining joylanishi:
Vazirlik, yuqori idora, muassasa nomi «TASDIQLAYMAN»
DALOLATNOMA (Tasdiqlangan)
Sana va tuzilgan joyi (Imzo) Familiya, sana
Matn sarlavhasi: («...haqida»)
Asos: (muassasa rahbarining (sanadagi)-raqamli buyrug‘i yoki yuqori idoraning № -raqamli qarori)
Raisi (shaxs lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
A’zolari:
1. (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
2. (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi)
3. (lavozimi, ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi) dan iborat komissiya tomonidan (shaxs yoki shaxslar) lavozimi, init siallari, familiyasi) ishtirokida tuzildi.
MATN
ILOVALAR

Komissiya raisi (imzo) ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiya
Komissiya a’zolari (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari,
familiyalar
Ishtirok etganlar (imzolar) ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyalar
MAJLIS BAYONI
Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelik ning o‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va uning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay’at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‘ilishlar, slyotlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, majl is bayoni yozilishi kerak. Majlis bayonini yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Majlis bayonlari turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaq tinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.
Majlis bayonida o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Xulosa
Kontrakt – shartnoma, kelishuv, har ikkala tomon uchun huquq va majburiyatlarni muhlatlari bilan belgilovchi hujjatdir.
Kelishuv – korxona tashkilotlar hamda fuqarolarning rasmiylashgan bir tomonlama majburiyati bo‘lib, u mulk huquqini olish yoki berishda ishlatiladi. Uning ko‘p tarqalgan shakli litsenzion kelishuvdir.
Oshkora shartnoma – tijorat tashkiloti bilan tuzilgan kelishuv bo‘lib, unda, uning tovar sotish, ish yoki xizmatlar bajarish bo‘yicha majburiyatlari belgilanadi. Bu shartnoma asosida amalga oshiradigan faoliyat turlari: chakana savdo, aloqa xizmati, energiya ta’minoti, tibbiyot, mehmonxona xizmati va boshqalar.
Shartnoma, kontrakt yoki kelishuvda, eng avvalo, biznes bo‘yicha sheriklarning aniq, yuridik nomi, mulk shakli, shartnomaning ro‘yxatdagi tartib raqami, hujjat imzolangan joy va sana, tuzilayotgan bitimning asl ma’nosi (oldi-sotdi, lizing, litsenziya va boshqalar), uning muhim shartlari, tovarning miqdori va narxi to‘g‘risidagi axborotlar, sotish yoki olishda esa, ayrim hollarda texnik talablar yoki mahsulotning tarkibiy ro‘yxati aks ettiriladi.
Xo‘jalik shartnomasi, qoida tariqasida, taraflardan birining oferta (shartnoma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf (taklifni qabul qilishi) akseptlashi yo‘li bilan tuziladi. Ular yozma, og‘zaki va boshqa har qanday shaklda qilinishi mumkin.



Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin