Qayd etilishicha, tezpishar taomlarning aksariyati yuqori kaloriyaga ega. O‘rta vaznli erkaklar uchun bir sutkada qariyb 2500 Kkal, ayollar uchun esa 2000 Kkal quvvat talab etilishi inobatga olinsa, fastfudlar tarkibidagi ortiqcha uglevodlar organizmda to‘planib, vazn ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, tezpishar mahsulotlar tayyorlashda tuz ko‘p ishlatiladi. Vaholanki, jismoniy sog‘lom inson uchun kuniga o‘rtacha 5 gramm tuz iste’moli — me’yoriy ko‘rsatkich.

Ammo bitta lavash yoki gamburger tarkibida 2–3 gramm, o‘rtacha porsiya kartoshka frisida esa 0,5 gramm tuz qo‘llaniladi. Bir taomlanishda yarim kunlik me’yorni iste’mol qilish esa organizm uchun ziyon. Bu yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Xuddi shunday, fastfudlar bilan birga iste’mol qilinadigan gazlangan shirin ichimliklar, souslar tarkibidagi haddan ziyod shakar qandli diabetni shakllantiruvchi birlamchi mahsulotlar sirasidan.