«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar
Fuqora muhofazasi himoya inshootlarining turlari va ulardan foydalanish. Boshpanalar, ularning tasnifi, ichki jihozlanishi va tinchlik davrida ulardan foydalanish
Aholini radiatsiyadan muhofaza qilish maqsadida turli xildagi inshootlar mavjud. Muhofaza inshootlari aholini muhafazalovchi ishonchli vositadir. Bu inshootlar aholini turli tusdagi favqulodda vaziyatlardan hamda ommaviy qirg‘in qurollarning ta’sir etish omillaridan saqlaydigan boshpana hisoblanadi. Muhafazalovchi inshootlar muhofazalash xususiyatiga ko‘ra, pana va radiatsiyaga qarshi pana joylarga bo‘linadi. Bunday inshootlar quyidagi xususiyatlardan kelib chiqqan holda:
-yo‘nalishga ko‘ra: fuqarolarni saqlashga, boshqaruv tizimlarini joylashtirishga mo‘ljallangan;
-joylashgan o‘rniga ko‘ra: alohida joylashgan (metropolitenlar va tog‘-kon qurilishlari, shaxtalari);
Qurilish muddatiga ko‘ra: boshpana RSB (radiatsiyadan saqlovchi boshpana) va oddiy boshpanalar quriladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholini fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida yashirish kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ko‘plab yo‘qotishlarni olidini oluvchi eng samarali usulidir. Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganida fuqaro muhofazasining “Havo trevogasi”, “Radiatsiyaviy xavf” va “Kimyoviy trevoga” komandalari beriladi.
“Kimyoviy trevoga” komandasi berilganida panajoylarga yashiruvchilarga ob’ektning fuqaro muhofazasi xodimlari, fuqaro muhofazasi shtabi xodimlari tomonidan shaxsiy himoya vositalarini tarqatishni tashkil etishlari kerak. Panajoylarga kirish to‘g‘risida buyruqni ob’ekt rahbari-fuqaro muhofazasi boshlig‘i berishi kerak. Agarda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan vaqtda aholining panajoylarga o‘z vaqtida yetib kela olmagan qismi panajoylarga kirishdan oldin ularga panajoyning maxsus joyida qisman dezinfeksiya qilinadi. Panajoylarda aholi joylashishi uchun strelkalar o‘rnatilgan bo‘ladi.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududlardan jabrlanganlarni yoki jabrlanish ehtimoli tug‘ilganda aholini panajoylarga joylashtirish tadbirlarini qoniqarli va samarali olib borish maqsadida ob’ekt fuqaro muhofazasi va fuqaro muhofazasi shtabi xodimlaridan iborat bo‘lgan zvenolar tuziladi. Panajoylarga aholini tartib bilan, kolonnalarga ajratgan holda olib kiriladi. Kolonna boshlig‘ida hududning va panajoylarning chizmasi (sxema) bo‘lishi kerak. Ko‘chirilayotganlar tarkibida agarda bemorlar bo‘lsa, ularga birinchi tibbiy yordami ko‘rsatilib, ularga sog‘lom kishilar birkitib qo‘yiladi.
Favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda komandasiz shaxsiy himoya vositalarini yechish, yakka holda yurish, osmonda osilib turgan xavfli uskunalar ostida turish, yerda yotgan elektr simlariga yaqinlashish yoki tegish, tutun chiqqan joylarga komandasiz bormaslik lozim.
Panajoylarga yashiringan aholining majburiyatlari:
-tez va chaqqonlik bilan ko‘rsatilgan joylarni tartibni saqlagan holada egallashlari;
-ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya etishlari;
-vahimaga tushmaslik, o‘zlarini erkin his qilishlari;
-qariyalarga, ayollarga va yosh bolalarga yordam ko‘rsatishlari;
-shaxsiy himoya vositalarini tayyor holatda saqlashlari;
-panajoylarda bo‘lgan vaqtlarida texnika xavfsizligi qoidalariga (elektr tarmoqlaridan o‘zboshimcha foydalanish, kislorod solingan balonlarga va boshqa asbob-uskunalarga yaqinlashmaslik) qat’iyan rioya qilishlari;
-xavf tugaganidan keyin faqat fuqaro muhofazasi yoki fuqaro muhofazasi shtabi xodimlarining komandasi bilan tashqariga tartibni saqlagan holda chiqishlari.
Panajoylardan aholini majburiy chiqishlarini taqozo etadigan sabablar:
-panajoylardagi asbob uskunalar yashiringanlarning hayotiga xavf tug‘diradigan darajada buzilishi;
-panajoylarni suv bosganda;
-panajoylarda yong‘in chiqqanda;
-panajoylardagi havo miqdorida xavfli gazlarning tarqalishida, kislorod miqdorining keskin kamayib ketishida.
Yuqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlar sodir bo‘lganida, yashiringan aholi panajoydan uzoq bo‘lmagan boshqa himoya inshootlariga o‘tkaziladi. Bu tadbirlarni amalga oshirish paytida yashiringanlar albatta shaxsiy himoya vositalari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishlari zarur.
Fuqaro muhofazasi himoya inshoatlarida radiaktiv zaharlovchi moddalar va bakterial vositalar hamda oddiy qurollar ta’siridan himoya qilishga, ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar ta’siridan to‘liq saqlaydi.