T.r
|
Maskanlar
|
Darajaning quvvati,
Mr/soat
|
1
|
Inson tanasi
|
50
|
2
|
Ichki kiyim
|
50
|
3
|
Gazdan himoyalanish niqobining yuzi
|
50
|
4
|
Kiyim-bosh, oyoq kiyimi, shaxsiy himoya vositalari
|
50
|
5
|
Hayvonlar tanasi
|
50
|
6
|
Texnika vositalari
|
200
|
Radioaktiv chang eshik, fortochka, tirqishlar orqali yashash va ishlab chiqarish binolariga, omborxonalariga kirishi mumkin. Asosan, binoga turli zararli gazlar, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishidan saqlanish va uni himoya qilishga tayyorlanish uchun binolarni germetiklashtirish kerak hamda barcha tirqishlar berkitishi lozim bo‘ladi.
Bundan tashqari uyning nurlanish ta’siridan saqlash uchun hiomya vositalarini kuchaytirish kerak. Buning uchun deraza bo‘shlig‘ini tuproq to‘ldirilgan qoplar bilan yopiladi, bir qavatli bino devorlarining qalinligini oshirish uchun 1,0 dan 1,8 metr balandlikda tuproq bilan to‘ldiriladi. Sepilgan tuproqni qattiq qilish uchun taxtadan foydalanish mumkin. Qishloq joylarda uylarni germetizatsiya qilishda tashqaridagi shaxta quduqlarining atrofini 1-1,5 metrga sement, loy va shu kabilar bilan yopish va germetizatsiya qilish zarur. Uylarni germetizatsiya qilish tadbirlarini o‘tkazish ma’lum miqdorda nurlanish, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar aerozollarining kirishini va odamlarning zaharlanishini kamaytiradi.
Radioaktiv moddalar yoki boshqa zaharli moddalar bilan bog‘lik favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholining har bir harakati fuqaro muhofazasi xodimlarining nazoratlari ostida bo‘lishi lozim.
Yashash joylarda, ob’ektlar hududidagi suvlarning radioaktiv moddalar va boshqa turdagi zaharli moddalar bilan zaharlanish darajasini aniqlash uchun suvdan 1,5 yoki 10 (bir chelak) hajmda na’muna olinadi. Asbob suv betiga parallel vaziyatda 0,5-1,0 sm. balandlikda qilib tutiladi va mikroampermetrning ko‘rsatishlari yordamida aniqlanadi. Shuning uchun radiatsiyaviy moddalar bilan zaharlangan hududda fuqaro muhofazasi organlari xodimlari ruxsatisiz ichimlik suvlaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.
Dostları ilə paylaş: |