«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə8/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Fuqaro muhofazasi - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aqolisini, hududlarni, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish;
-ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
-boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
-iqtisodiyot ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish;
-aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
-fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligani ta’minlash;
-aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish;
-aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash;
-radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish;
-harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish;
-aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
“Fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari” deb nomlangan II bo‘limning asosiy maqsadi fuqaro muhofazasiga rahbarlikni amalga oshiruvchi fuqaro muhofazasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vazifalari nimalardan iborat degan savollarga javob berishdan iborat.
Fuqaro muhofazasi sohasidagi fuqarolarning huquq va majburiyatlari III bo‘limda keltirilgan. Fuqarolar o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish uchun fuqaro muhofazasi sohasida yetarli bilimga ega bo‘lishlari zarur. Shu sababli ham ularni fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish 1b-modda bilan umumiy va majburiy deb belgilab qo‘yilgan.
IV bo‘lim – “Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari” - fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur xizmatlar va kuchlar, tuzilmalarning tarkibini aniqlab beradi.
Va nihoyat, V bo‘lim “Fuqaro muhofazasini moliyaviy ta’minlash. Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol–mulki” deb nomlangan. Bu bo‘limda fuqaro muhofazasini moliyalash, fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining asosiy fondlari, ob’ektlari va mol-mulki masalasi ko‘rib chiqilgan.
Ma’lumki, respublikamizda mavjud bo‘lgan gidrotexnika inshootlarida avariya, halokat yuz bergudek bo‘lsa, aholi va hududlarimizga ma’lum mikdorda xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida, ya’ni 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonunlardan biri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” deb nomlandi.
Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunda gidrotexnika inshootlari, foydalanuvchi tashkilot, favqulodda vaziyat, gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi, xavfsizlik deklaratsiyasi, xavfsizlik mezonlari, gidrotexnika inshooti avariya xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasi kabi tushunchalarga ta’rif berilgan. Bundan tashqari qonunda Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‘rsatib berilgan hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati haqida so‘z yuritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xo‘jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratiii amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari alohida belgilab qo‘yilgan (15-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2000 yil 31 avgustda qabul qilingan “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun alohida o‘rin tutadi. Ushbu qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘ligi va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Favqulodda vaziyatlar ichida o‘zining keltiradigan kulfatlari bilan radiatsiyaviy avariyalar alohida ajralib turadi. Boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning inson sog‘ligiga keltiradigan zarari tezda ko‘zga ko‘rinmaydi. Shuning uchun ushbu qonun aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilishda muhim o‘rin tutadi.
Ushbu qonun V bo‘lim va 28 modadan iborat bo‘lib, ularda asosiy tushunchalarga ta’rif berilgan, radiatsiyaviy xavfsizlikni tartibga solish, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigan talablar, radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Qonunning I bo‘limida ushbu qonunning maqsadi, qonunda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar, radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tamoyillari, fuqarolarning radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi huquq va majburiyatlari, fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi masalalariga o‘rin berilgan.
Ikkinchi bo‘lim “Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini tartibga solish” deb nomlanadi va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasi davlat tomonidan qanday tartibga solinadi, nazorat qanday olib boriladi, davlat ekspertizasi qanday bo‘ladi kabi savollarga javob beradi. Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat nazoratini sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi (8-modda).
“Radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga doir talablar” III bo‘limda (12-22-moddalar) keltirilgan. Bo‘limda tabiiy radionuklidlar ta’sir etish chog‘ida, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda ichimlik suvidan foydalanishda, tibiiy rentgenoradiologik muolajalar o‘tkazilganda xavfsizlikni ta’minlash tartiblari yoritib berilgan.
“Radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash”ni IV bo‘limdagi 23-25-moddalar bayon etadi. Bu bo‘limda fuqarolar va atrof muhit radiatsiyaviy avariyalardan muhofaza qilinishlari shartligi (23-modda) bildirilgan va ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchining avariya sodir bo‘lgan paytdagi majburiyatlari (24-modda) keltirilgan.
V bo‘lim – “Yakuniy qoidalar” xalqaro shartnomalar, nizolarni hal etish va qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka bag‘ishlangan.
Oxirgi vaqtlarda yuzaga kelgan ayrim vaziyatlar respublikamiz hududida terroristik harakatlar ham sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Respublikamiz hukumati aholi xavfsizligini ta’minlash uchun 2000 yil 15 dekabrda “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida” maxsus qonunni qabul qildi.
Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, asosiy vazifalari etib shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta’minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini qimoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Qonun “Umumiy qoidalar”, “Davlat organlarining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari”, “Terrorchilikka qarshi operatsiyaning o‘tkazilishi”, “Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi” hamda “Terrorizmga qarshi kurashda ishtirok etayotgan shaxslarning huquqiy va ijtimoiy qimoyasi” deb nomlanuvchi V bo‘limdan iborat bo‘lib, 31 moddani o‘z ichiga oladi.
Terrorizmga qarshi kurashni amalga oshirishda davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar ko‘maklashishlari zarurligi 6-moddada belgilab berilgan.
Terrorizmga qarshi kurashishni O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita, Davlat bojxona qo‘mitasi, Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi (8-modda). Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlardan aholini muhofaza qilish, terrorchilar harakat qilayottan zonada joylashgan alohida muhim, toifalangan va boshqa ob’ektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat Hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o‘tkazadi hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi (14-modda).
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” 2006 yil 28 sentabr qabul qilingan.23 moddadan iborat bo‘lib, maqsadi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Respublikamiz hukumati tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kundan e’tiboran aholi xavfsizligini kafolatlovchi, fuqarolar mas’uliyati va jamiyat taraqqiyotining huquqiy zaminini belgilovchi bir qancha rahbar va me’yoriy hujjatlar qabul qilindiki, ular o‘z navbatida favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni oydinlashtirib berishga qaratilgandir. Bu hujjatlar jumlasiga O‘zbekiston Resdublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirining qabul qiladigan tashkiliy ko‘rsatmalari ham kiradi.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin