«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə45/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Sel xavfi bor joylardan aholini ko‘chirish:
Bunday ko‘chirish sel oqimi yuzaga kelish xavfi tutilganda, sel oqimi yuzaga kelayotgan davrda, alohida hollarda esa sel oqimining ta’siri tugaganda ham o‘tkazilishi mumkin. Aholini ko‘chirish oldindan o‘tkazilgani ma’qul. Sel oqimi yuzaga kelayotganda esa shoshilinch (kechiktirib bo‘lmaydigan) aholini ko‘chirish tadbirlari o‘tkaziladi.
Ko‘chirishning shoshilinchligi sel to‘lqinining muhofaza ob’ektiga kelishi taxmin qilinayotgan vaqt, odatda 4 soatgacha yetadigan vaqt bilan belgilanadn. Shundan keyin esa real xavf tug‘ilishiga qarab belgilanadi. Aholini ko‘chirish cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi va ular 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich KIP ni yulga qo‘ymasdan, sel oqimi joyining o‘zida.
2-bosqichda esa KIP orqali rejadagi joylarga yetkazib qo‘yguncha (tashlab ketilgan uylar va aholi punktlarini sel buzib ketganda) davom etadi.
Ko‘chki xavfi bor joylardan aholini ko‘chirish:
Bunday ko‘chirishlar qor ko‘chish xavfi tug‘ilganda, shuningdek qor ko‘chkisi tushib bo‘lgandan keyin (turmush kechirishni ta’minlash ob’eklari buzilganda) o‘tkaziladi. Ko‘chki hududiy tamoyilda bir bosqichda o‘kazilib, cheklangan xarakterda bo‘ladi hamda oldindan o‘tkaziladigan, buning iloji bo‘lmaganda esa shoshilinch o‘tkaziladi.
Halokatli suv bosish va toshqin vaqtida:
Ko‘chirish gidrotexnika inshoatlari buzilish xavfi tug‘ilgan yoki buzilgan hollarda yoxud suv havzalaridagi suv sathi ko‘tarilib ketganda (toshqinda), shuningdek ob’ekglarni va turmush kechirishni ta’minlash tizimlarini suv buzib ketganda o‘tkaziladi. Ko‘chirishlar cheklangan yoki mahalliy xarakterda bo‘ladi. Oldindan o‘tkaziladigan ko‘chirishlarda KIP yo‘lga qo‘yiladi (ishlab chiqarish xududiy tamoyilida). Oldindan o‘tkazish davri qisqa bo‘lganda aholini ko‘chirish hududiy tamoyilda 1 yoki 2 bosqichda o‘tkaziladi.
Ko‘chirish ishlari bo‘yicha farmoyish olingandan so‘ng tadbirlar to‘rt soat ichida bajarilishi kerak. Farmoyish berilgandan so‘ng FMB, qarorgohi, ko‘chirish komissiyasi, ko‘chirish boshlanganligi haqida ko‘chirish punktlarini, qabul qilish punktlarini, oraliq punktlarini ogohlantiradi. Aholi transport turlarida kolonna bo‘lib kuzatuv asosida, yo‘l harakatiga rioya qilgan holda ko‘chiriladi.
- ko‘chiriladigan aholi, jumladan piyoda tartibda va transportda ko‘chirilganlar sonini aniqlash, transport vositalarini transportga chiqish bekatlari (punktlari) bo‘yicha taqsimlash, marshrut kolonnalari hisoblanganiga aniqlik kiritish na ularni piyoda yunalishlarga biriktirib qo‘yish;
- ko‘chirish yo‘llarini tayyorlash, yo‘l belgilari va ko‘rsatgichlar qo‘yish, qo‘nib o‘tish joylarini jihozlash;
- KIPni, transportga chiqish-tutish punktlarini yo‘lga qo‘yishga tayyorlash;
- xabarlash va aloqa tizimlari shayligini tekshirish;
- mavjud muhofaza inshoatlarini shay holatga keltirish.
Aholini ko‘chirishda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
- ko‘chirish boshlangani va tartibi haqida ko‘chirish tashkilotlari, korxonalar va tashkilotlar rahbarlariga, shuningdeq aholiga xabar berish;
- ko‘chirish tashkilotlarini yo‘lga qo‘yish va shay holatga keltirish;
-ko‘chiriladigan aholini yig‘ish va xavfsiz joylarga jo‘natishga tayyorlash;
- piyoda kolonnalarni tuzish va yo‘nalishlardagi boshlang‘ich punktlarga olib chiqish;
- transport vositalarini aholining transportga chiqish va undan tushish punktlariga keltirish hamda aholini transportga chiqarish.
- ko‘chirilgan aholini oldindan tayyorlab qo‘yilgan, turmush kechirish mumkin bo‘lgan sharoitlar ta’minlangan xavfsiz joylarga qabul qilish va joylashtirish.
Har bir alohida favqulodda vaziyatlarda aholini ko‘chirishining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi.
Yer qimirlaganda (zilzilada):
Aholini ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lishi mumkin. Ko‘chirishni o‘tkazish odatda yul-transport imkoniyatlariga qarab belgalanadi. Ko‘chirish shikastlangan joylarda KIP yo‘lga qo‘yilib, bir bosqichda ishlab chiqarish va hududiy tamoyillarda amalga oshiriladi.
Radioaktiv zaharlanishda:
Ko‘chirish mahalliy, yoxud mintaqaviy tusda bo‘lib, alohida (bolalar uyi, tibbiyot muassasalari, internatlar va x.q. dan tashqari) ob’ektlarda hududiy tamoyilda amalga oshiriladi. Aholini ko‘chirish 2 bosqichda o‘tkaziladi:
1-transportga chiqarish joyidan KOP gacha.
2 - KOPdan rejadagi joylashtirish joylargacha.
Kimyoviy zaharlanishda:
Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, kimyoviy xavfli inshootlarda bo‘ladigan halokatlar tufayli tez ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud.
Asosiy sabablar quyidagicha:
-korxonadagi texnologik jihozlarning nosozligi;
-uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirishi;
-moddalarning ishlab chiqarishda, saqlashda, tashib oborishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli;
-portlash, yong‘in sodir bo‘lishi, halokatlar tufayli;
-moddalar bilan ishlashda, ularning saqlashdagi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik;
-chetdan olib kelingan texnologik jarayon xavfsizlik talablariga to‘liq javob bermasligi;
-korxonada mehnat intizomi past, mutaxassis va ishchilarning malakasi yetarli emasligi;
-mahsulot ishlab chiqarishda murakkab texnologik jarayoni qo‘llanishi.
Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
1.Favqulodda vaziyatning vujudga kelishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho berish. Buning uchun shu kimyoviy radiatsiyaviy xavfli ob’ekt joylashgan hudud to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyi aholi yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi to‘g‘risidan aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishlari kerak.
2. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (KTZM) va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning ta’sirini oldini olishga, ta’sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.
3. Fuqarolarni kerakli miqdorda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni tashkil etish.
4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tekshirish ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish.
5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham berish uchun kerakli kuch va vositalarni doimo shay turishini ta’minlash.
6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni qanday vazifalarni bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.
Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholab borish.
Vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi:
-favqulodda vaziyatning aniq turini bilish;
-vaziyat tafsiloti va ko‘lamini aniqlashning ishonchli usullarini, uskuna –jihozlarini topish;
-fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini o‘z vaqtida ogohlantirish;
-talofatlar va moddiy zararlarning oldini olish yoki ularning ta’sir kuchini mumkin bo‘lgan darajada kamaytirish yuzasidan kerakli choralarni ko‘rish.
Aholini evakuatsiyasi fuqaro muhofazasi organlarining ko‘rsatmasi bilanamalga oshiriladi. Ko‘rsatmalarin olgach odamlar eng kerakli narsalarni yig‘ishlari lozim, SIZ 2-3 kunga yetadigan oziq-ovqat, ichimlik suvini, aptechkani, pullarni, hujjatlarni va bog‘chaga boradigan bolalarni evakuatsiyaga tayyorlash va aytilgan vaqtda KIPda bo‘lishi kerak.KIPda aholi registraturasidan o‘tadilar. KIP ishchilari boshchiligida vagonlarga taqsimlanadilar, avtomobillarga, yayov kolonnalarga va avtomobillarga taqsimlanadilaro va belgilangan vaqtda jo‘naydilar va jo‘nash punktlariga olib chiqadilar.
Yayov evakuatsiya qilinadigan aholini kalonnalarga 500-1000 odam bo‘lib bo‘linadi, kolonnalar esa 50-100 kishilik gruppalarga bo‘linadi. Ob’ekt boshliqlari kolonna boliqlarini tayyorlashadi harakat tezligi 3-4 km.soat mo‘ljallangan.
Kolonnalar o‘rtasida masofa 500 metr deb belgilanadi. Har bir 4-1,5 soat yurgandan keyin 15 minut dam olinadi, sutkanint ikkinchi yarimida 1-2 soat dam olinadi. Evakuatsiya qilinganlarni joylashtirish ishlarini mahalliy oblast, rayon boshliqlari amalga oshiriladilar.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin