«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent


Qisman va to‘la sanitariya ishlovi, unio‘utkazish tartibi



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə64/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Qisman va to‘la sanitariya ishlovi, unio‘utkazish tartibi.
Shikastlanishlarda maxsus ishlov o‘tkazish.


Qisman va to‘la sanitariya ishlovi, uni o‘tkazish tartibi.
Qisman maxsus ishlov o‘tkazish o‘q ichiga quyidagilarni oladi: shaxsiy tarkibga qisman sanitariya ishlovi o‘tkazish, qurol-yadrogni texnikani dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya qilish. Qisman maxsus ishlov o‘tkazishni odatda harbiy bo‘linma yoki qism oldiga qo‘yilgan jangovor vazifa to‘xtatilmasdan, boshliqning buyrug‘i asosida yoki har bir harbiy xizmatchi mustaqil ravishda o‘ziga va bir-biriga o‘tkazadi. Bunda quyidagilar o‘tkaziladi:
-zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda ochiq qolgan teri qavatlari, formali kiyim -kechak, protivagazning yuz qismi tezlik bilan degazatsiya qilinadi. Bundan tashqari, shaxsiy tarkib jangovor vazifani bajarish vaqtida qurol-yadro va harbiy texnikaning ayrim qismlariga tegadn, shuning uchun shu joylarda ham degazatsiya qilinadi;
- radioaktiv moddalardan zararlanganda kishining teri qavatlari, formali kiyim-kechak, qurol, aslaha-anjomlar, poyafzallar va shaxsiy himoya vositalari dezaktivatsiya qilinadi;
- bakterial vositalardan zararlanganda kishining teri qavatlari (yuzi, bo‘yini, qullari) dezinfeksiya qilinadi.
Qisman sanitariya ishlovini o‘tkazish tartibi.
Zaharlovchi msdda qo‘llanilgan vaqtda shaxsiy tarkib protivogazda va shaxsiy vositalarida bo‘lgan vaqtlarida kishining teri qavatlari va formali kiyim- kechagi shu zaharlangan o‘choqdan chiqqandan so‘ng degazatsiya qilinadi.
Himoya vositalarini kiymagan shaxsiy tarkib ochiq joyda joylashgan vaqida, to‘satdan dushman zaharlovchi moddalarni qo‘llagan vaqtda tezlik bilan protivogaz kiyadi va himoya plashchini yoping‘ich sifatida kiyadi va darhol zararlangan teri qavatlari, formal kiyim - kechakning zararlangan qismlari va protivogazning yuz qismi qimyoga qarshi shaxsiy paket (IPP—8, IPP—9, IPP—10, IPP—12) yordamida degazatsiya qilinadi. Qurol esa shu zararlangan joydan chiqqandan so‘ng degazatsiya qilinadi. Komandirning (boshliqning) buyrug‘iga asosan, himoya plashi, himoya qo‘lqopi, himoya paypog‘i yechiladi. Agar ushbu vositalar zaxarlovchi moddalar qo‘llanilayotgan vaqtda kiyilgan bo‘lsa, himoya vositalari yechilishidan oldin degazatsiya qilinadi. Qisman sanitariya ishlovi o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng protivogaz yechilmaydi.
Radioaktiv moddalardan zararlanganda dezaktivatsiya zararlanish sodir bo‘lgan vaqtdan so‘ng birinchi soatlarda o‘tkaziladi. Degazatsiya zararlanish o‘chog‘ida va shu o‘choqdan chiqqandan so‘ng takroran o‘tkaziladi.
Radioaktiv zararlanish o‘chog‘idan chiqqandan so‘ng qisman sanitariya ishlovi quyidagicha o‘tkaziladi: shaxsiy qurol suvga xo‘llangan tamponlar bilan ikki marta artib dezaktivatsiya qilinadi, agar IDP—1 paketi bo‘lsa, ushbu degazatsiyalovchi paket yordamida ishlov o‘tkaziladi; individual himoya vositalari yechib, qoqib tashlanadi yoki xo‘llangan latta bilan artib chiqiladi; formali kiyim - kechak yechiladit va silkitib qoqiladi yoki supurib tashlanadi, bunda protivogaz yechilmaydi; aslaha - anjomlar va poyafzallar yechiladi va xo‘llangan latta bilan artib chiqiladi yoki qo‘l ostidagi vositalar bilan supuriladi. Odamning ochiq joylari qo‘llari, buyini toza suv bilan yuviladi, so‘ngra protivogaz yechiladi, yuz suv bilan obdon yuviladi, og‘iz va tomoq chayiladi.
Bakterial vositalardan zararlangan shaxsiy qurol, so‘ngra protivogazni yechmasdan formali kiyim-kechak, aslaha-anjom, poyafzal va shaxsiy vositalari silkitib qoqiladi va kimyoga qarshi shaxsiy paketdagi eritma yordamida qo‘llar, bo‘yin kaska va protivogazning yuz qismi artib chiqiladi. To‘liq sanitariya ishlovi o‘tkazilmaguncha protivogaz yechilmaydi.
Shaxsiy tarknb bir vaqtning o‘zida zaxarlovchi, radiaktiv moddalar va bakterial vositalardan zararlangan vaqtda kimyoga qarshi vosita yordamida ularga qisman sanitariya ishlovi o‘tkaziladi. Birinchi navbatda zaxarlovchi moddalar degazatsiya va bakterial vositalar dezinfeksiya qilinadi, so‘ngra radiaktiv moddalar dezaktivatsiya qilinadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin