«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning shakli, usullari va vositalari. Favqulodda vaziyatlardagi hatti-harakatlarga tayyorlash sohasidan bir nechta misollar keltiramiz.
“O‘tdan qo‘rqish”ni yengish. Odam sakrab o‘ta oladigan kenglikda uzun zavur qaziladi. Unda ishlatib bo‘lingan solyarka yoki boshqa yonadigan suyuqlik to‘ldirib, yoqib yuboriladi. Olov devor hosil qilib yonayotganda, ta’lim olayotganlar muhofaza kiyimlarini kiyib sakrab, shu olv devoridan o‘tadilar. Bunda, har ehtimolga qarshi, olov devorning ikki tomonidan suv shlanglari ushlagan odamlar turishadi.
“Balandlikdan qo‘rqish”ni yengish. Xodalardan to‘rt qavatli uy maketi quriladi. Balandlikda xoda ustida mashq qilinadi. Mashq qilayotganlar xavfsizlik kamarini bog‘lab oladilar va ular baland minoraga chiqib, undan qutqarish arqoni yordamida pastga tushadilar.
“Suvdan qo‘rqish”ni yengish. Suvli to‘siq ustiga uzunligi 100 metrli tebranma ko‘prik quriladi. Ta’lim oluvchilar shu ko‘prik ustidan yurib, suv to‘siqlaridan o‘tadilar.
Tayyorgarlikning bunday usulda olib borishda odamlarda favqulodda vaziyat yuz berganda esankirab qolmaslik, chidam va mardlik ko‘rsatish hissini shakllantiradi.
Mashg‘ulotlar va o‘quv mashqlarini yuqori saviyada, kechasi va kunduzi, murakkab ob-havo sharoitlarida, zaharlanish zonalaridan o‘tib, vayrona uyumlarini saronjamlab, yong‘inni o‘chirib va h.k. o‘tkazishlari kerak. Faqat shunday yo‘l bilangina qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘rgatish, odamlarda zarur bo‘lgan ma’naviy-ruhiy xislatlarni shakllantirish mumkin.
1984 yil mart oyida Gazli zilzilasi vaqtida Kogondan kelgan sanitar drujinachilari fidokorona harakat qildilar. Biroq, ularning ayrimlari qon oqib turgan yarani va boshqa turdagi jarohatlarni ko‘rib qo‘rqib ketgan edilar. Bu sanitariya drujinalarining sardori to‘g‘ri qarorga keldi, ya’ni tegishli tashkilotlar bilan kelishib, sandrujinachilarni navbatchilik qilishga tez tibbiy yordam punktlariga yubordi. U yerda sandrujinachilar kerakli xislatlarni o‘zlarida hosil qilishlari uchun davolash profilaktik tadbirlariga yordam berishdi. Bu esa o‘z navbatida ijobiy natija berdi.
Fuqaro muhofazasining muhim vazifalaridan biri bu - tinchlik va urush paytlarida favqulodda vaziyatlarda iqtisodiyot obektlarini va aholini muhofazasini ta’minlash. O‘zbekiston Respublikasining Fuqaro muhofazasi tizimining mustahkamligi aholini normal hayot kechirishini ta’minlashning eng asosiy manbaidir. Fuqaro muhofazasi umumdavlat tadbirlar tizimining ishonchli qismi bo‘lib hisoblanadi.
Fuqaro muhofazasi tuzilmalarida ma’naviy-ruhiy tayyorlovning asosiy vazifasi bu fuqaro muhofazasiga qaratilgan davlat qarorlari talablarini ta’minlashdir.
Fuqaro muhofazasida ma’naviy-psixologik tadbirlarning mazmuni:
- fuqaro muhofazasi tuzilmalarinig shaxsiy tarkibiga va aholiga favqulotda iqtisodiyot ob’ektlarini normal ishlashini ta’minlash va xalqning normal hayot kechirishini ta’minlash haqida davlatning qarorlari va siyosatini tushuntirish;
- fuqaro muhofazasi tuzilmalari-shaxsiy tarkibi va aholini O‘zbekiston Respublikasi xalqining an’analari bo‘yicha tarbiyalash;
- shaxsiy tarkibda yuksak darajadagi ma’naviy-ruhiy xususiyatlarni: mardlik, o‘zini ushlay bilish, jasurlik, botirlik, farosatlilik, tashabbuskorlik kabi xislatlarni shakllantirish va rivojlantirish;
- favqulotda vaziyatlarda iqtisodiyot inshootlarini muhofaza qilish kabi tadbirlarga shaxsiy tarkibni tayyorlash;
- fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibiga favqulodda vaziyatlarda muhofaza qilish usul va vositalarni tushuntirish;
- fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkiblarini o‘z vaqtida qutkaruv ishlarini va boshqa ishlarni olib borish uchun foydalaniladigan texnikani o‘rgatish;
- zararlanganda o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam ko‘rsatish usullarini va vositalarini o‘rgatish;
- radiaktiv moddalar, zaharli moddalar, bakterial vositalar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanganda, qisman sanitariya ishlovini olib borishini o‘rgatish;
Ma’naviy-ruhiy tayyorlash usullari:
- davra suhbatlari o‘tkazish;
- doimiy ravishda boshqaruv kadrlarni shaxsiy tarkib va xalq bilan muloqotda bo‘lish;
- fukaro muhofazasi tuzilmalari va aholi o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish;
Fukaro muhofazasi vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilishini faqatgina, oldindan, puxta uyushtirilgan ma’naviy-ruhiy tayyorlash natijasida erishish mumkin.