«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar
6-BOB. “ Fuqaro muhofazasi bo‘yicha aholini o‘qitish”
Ishchi-xizmatchilar va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini o‘qitishdan maqsad, vazifalari va usullari, fuqaro muhofazasi tuzilmalari bilan mashq qilish. Texnogen, tabiiy hamda ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish, talofatlarni kamaytirishda ijobiy ko‘rsatgichlarga erishish-aholining barcha tabaqalarini favqulodda vaziyatlarga qanchalik tayyorgarligiga, ularning bu sohadagi bilim saviyalariga chambarchas bog‘lik. Shu maqsadda aholini barcha tabaqalarini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish sohasiga muntazam o‘rgatilib boriladi. Ularning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini tekshirish maqsadida komanda-shtab, taktik-maxsus va kompleks o‘quv mashqlari muntazam o‘tkaziladi.
Uch kecha-kunduzgacha davom etadigan komanda-shtab o‘quv mashqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida 5 yilda bir marta, shaharlar va tumanlarda 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Taktik-maxsus o‘quv mashqlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda 3 yilda bir marta o‘tkazilib, olti soatgacha davom etadi.
Ikki kecha-kunduzgacha davom etadigan kompleks o‘quv mashqlari xodimlari soni 300 dan ortiq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda hamda 600 dan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida 3 yilda bir marta o‘tkaziladi.
Boshqa tashkilotlarda 6 soatgacha davom etadigan mashg‘ulotlar 3 yilda bir marta o‘tkaziladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda boshlang‘ich o‘rta va oliy kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari bilan mashg‘ulotlar har yili o‘tkaziladi.
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi komanda-shtab o‘quv mashqlari. Komanda-shtab o‘quv mashqlari shahar, tuman FVDT xizmatlari, boshqaruv organlari rahbarlari hamda evakuatsiya komissiyalari, avariya-qutqaruv bo‘linmalari va tuzilmalar boshliqlari tarkibini birgalikda o‘qitish va tayyorligini tekshirishning asosiy shakllaridan biridir.
Komanda-shtab o‘quv mashqlarining mohiyati shundan iboratki, barcha mashq qatnashchilari aholi va hududlar muhofazasini tashkil etish, tarmoq barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tarmoqda avariya, halokat, tabiiy ofat yoki zamonaviy qurollar tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda (uning miqyosini va texnologik xususiyatlarini hisobga olgan holda) aniq sharoitdan kelib chiqib tasarruflaridagi mavjud kuch va vositalarni boshqarish bo‘yicha o‘z funksional majburiyatlarini bajaradilar.
O‘quv mashqlari rahbariyat tarkibi qaramog‘idagilarni boshqarishda mustahkam ko‘nikmalar hosil qilishga, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lish tahdidi paydo bo‘lganda, uning rivojlanishini to‘xtatishda hamda uning oqibatlarini bartaraf etishda sharoitni to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Fuqaro muhofazasi rejasidagi tadbirlarni mashq qilish davomida qay dadrajada to‘g‘ri rejalashtirilganligini baholash va zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanganda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qaror qabul qilish, ijrochilarga aniq vazifalar berish va ularning bajarilishini tashkil etish o‘quv mashqlarining maqsadidir.
Tarmoqlardagi komanda-shtab mashqlari mustaqil tadbiri sifatida hamda yuqori organlar (shaharda, u o‘tkaziladigan o‘quv mashqlari) tarkibida o‘tkaziladigan tarmoq mashqi sifatida ham olib borilishi mumkin.
Bunday o‘quv mashqlarini sifatli tayyorlash va o‘tkazilib
borilishi uchun mavzu, o‘quv mashqining maqsadi, mashq savollarini va boshqa kerakli ma’lumotlarni hamda tashkiliy ko‘rsatmalarni tayyorlayotganda fuqaro muhofazasiga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyruq va direktivalari, navbatdagi o‘quv yili uchun tashkiliy ko‘rsatmalar, vazirlik hay’at yig‘ilishining qarorlari talablari asos qilib olinishi zarur bo‘ladi.
Komanda-shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazishda rahbarlar tarkibi, tuzilmalar sardorlari hamda o‘quv mashqiga jalb etiladigan boshqa qatnashchilarning fuqaro muhofazasi bo‘yicha tayyorgarlik darajasi yaqqol namoyon bo‘ladi va o‘z natijasini beradi.
O‘quv mashqiga rahbarlik. Komanda-shtab o‘quv mashqi “boshliq o‘z qaramog‘idagilarni o‘qitadi” tamoyiliga asosan tashkil etiladi va olib boriladi. Barcha ishlarning tashkilotchisi tarmoq fuqaro muhofazasi boshlig‘i (rahbari)dir.
Tumanda komanda-shtab o‘quv mashqini tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha barcha ishlarning tashkilotchisi viloyat hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig‘i bo‘lib, u o‘quv mashqi rahbari hisoblanadi.
O‘quv mashqi rahbarining o‘rinbosarlari va yordamchilari etib viloyat miqyosidagi fuqaro muhofazasi xizmatlari, boshqarma boshliqlari yoki mashqga jalb etilayotgan tarmoqlarning rahbarlari tayinlanadilar.
Mashqning rahbariyat shtabi - mashq rahbarining ko‘rsatmasiga asosan mashqni tayyorlash va o‘tkazishni tashkillashtiradi.
Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbariyat shtabining boshlig‘i - mashq rahbarining o‘rinbosari hisoblanadi. Tuman miqyosida o‘tkaziladigan o‘quv mashqi asosiy hujjatlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanib, favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari bilan kelishiladi.
Komanda-shtab o‘quv mashqi ko‘p sonli rahbariyat, komandalar tarkibi, fuqaro muhofazasi xizmati, evakoorganlar, ichki tuzilmalar bo‘linmalari, rahbarlari jalb etilgan yirik iqtisodiyot tarmoqlarida o‘tkazilganda, tarmoq rahbari - fuqaro muhofaza boshlig‘i faqat mashq o‘tkazishga rahbarlik qilib, fuqaro muhofazasi boshlig‘i vazifasini bosh muhandisga yoki o‘zining muovinlaridan biriga topshiradi.
Komanda-shtab o‘quv mashqini bevosita tayyorlash va o‘tkazish tadbirlarini bajaradigan bir yoki bir nechta tarqoq hududlarda joylashgan yirik tarmoklarda o‘quv mashqi rahbarining muovini (yordamchisi) tayinlanadi, rahbariyat shtabi tashkil etiladi va fuqaro muhofazasi xizmati va tarmoq ichki tuzilmalar bo‘linmalarining eng yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan xodimlari hisobidan vositachilar tayinlanadi.
Rahbariyat shtabi o‘quv mashqini yuqori darajada tashkil etish va sifatli o‘tkazishni ta’minlovchi eng kam miqdordagi zarur tarkibda tashkil etiladi. Uncha katta bo‘lmagan tarmoqlarda rahbariyat shtabi o‘rniga ikkita-uchta odamdan tashkil topgan boshqaruv guruhi tashkil etilishi mumkin.
O‘quv mashqining rahbari o‘quv mashqi o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan dastlabki ma’lumotlarni va uning umumiy maqsadini aniqlaydi. Dastlabki ma’lumotlar - mavzu, o‘quv mashqining maqsadi, mashq bosqichlari va ularning o‘quv savollari (har bir o‘qitilayotgan bosqichda), o‘qitilayotgan rahbarlar tarkibi va boshqaruv organlari, fuqaro muhofazasi xizmati, mashq davomida belgilangan tadbirlarni bajarishga (ishlab chiqarish barqarorligini oshirish masalalari, favqulodaa vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish) jalb etiluvchi shtatdagi avariya-qutqaruv bo‘linmalari, maxsus tuzilmalar, mashqning o‘tkazish muddati, vaqti va joydagi vositachilar tarkibi aniqlanadi.
O‘kuv mashqi o‘tkaziladigan joylarni tayyorlash borasidagi tadbirlar kerak bo‘lganda sharoitni va o‘quv-moddiy bazasi miqyosini taqlid qilish uchun joy va vositalarni hisobga olgan holda tuziladi.
Komanda-shtab o‘quv mashqi savollarini ishlab chiqish uchun tinchlik davrida sodir bo‘lishi ehtimol favquloda vaziyatlarga va harbiy harakatlar davridagi zararlar miqdoriga juda yaqinlashtirilgan ko‘rgazmali murakkab sharoitlar yaratilishi lozim. U o‘quv mashqining qatnashchilarini faol va tashabbuskorona harakatlarga yondoshmog‘i, ularni izlanishga va maqsadga muvofiqroq qarorlar qabul qilishga, kuch va vositalar yordamida manevrlarni amalga oshirshga majbur etmog‘i, qo‘yilgan vazifalarni, birinchi navbatda odamlarni qutqarish bilan bog‘liq ishlarni o‘z vaqtida bajarish uchun barcha texnika va boshqa vositalaridan to‘la foydalanishga majbur etmog‘i lozim.
Komanda-shtab o‘quv mashqini olib borilayotganda rahbar uning reja bilan mutanosib holda olib borilishiga, o‘quv savollarini ishlab chiqish va amaliy tadbirlarning to‘la hajmda o‘tkazilishiga, rahbariyat tarkibi tomonidan qaramog‘dagilarga vazifalarni to‘g‘ri va aniq qo‘yilishiga alohida e’tibor qaratmog‘i lozim.
Amaliy tadbirlarni bajarish vaqtida ishchi-xizmatchilar va ularning oila a’zolarini muhofaza qilish bo‘yicha hamda ishlab chiqarish barqarorligini oshirish bilan bog‘liq eng muhim epizodlarga ishlab chiqishning rahbari shaxsan o‘zi o‘tkazadi.
O‘quv mashqi tugagandan so‘ng o‘rganuvchilarning harakatini baholaydi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar qo‘yadi.
Rahbariyat shtab (boshqaruv guruhi) rahbarining ko‘rsatmasiga binoan o‘quv mashqlarini tashkil etish, ularni tayyorlashni va o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Shtab rahbariyati majburiyatlari jumlasiga rahbarning mulohazalariga asoslangan o‘quv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, vositachilarni tayyorlashni tashkil qilish, barcha qatnashchilarni, o‘quv-moddiy bazasini, boshqaruv punktlarini, o‘rganuvchilarning ish joylarini, aloqa va xabar berish vositalarini tayyorlashni nazorat qilish, o‘quv mashqini olib borish jarayonida vositachilar ishini tashkil etadi, qatnashchilarning harakatlarini umumlashtiradi va baholaydi, xabarlar (signal)ning berilishi va uning joylarga tug‘ri va aniq yetkazilishini nazorat qiladi, sharoitdan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish uchun takliflar tayyorlash, ularni rasmiylashtirilish ishlarini olib boradi.
Mashq rahbarining ma’ruzasida mavzu va o‘quv mashqi masalalari, qatnashchilarning tarkibi, ular harakat qilgan sharoit eslatib o‘tiladi. So‘ngra rahbariyat va sardor-boshliqlar tarkibining ishi, ularning tez va mohirona qrorlar qabul qila olish mahoratlari, qaramog‘dagilarning harakatlariga rahbarlik qilishlariga hamda o‘quv mashqi masalalarini ishlab chiqish va mashq maqsadiga erishishning to‘laligiga baho beriladi.
Muhokamani ish xaritasi, tasviriy chizmalar, grafiklar, jadvallar, qisob-kitoblar va boshqa hujjatlar namoyish qilish orqali olib boriladi.
Umumiy muhokamagacha o‘quv mashqida qatnashgan FVDT xizmatlari va tuzilmalarining qisman muhokamalari o‘tkazilishi mumkin. Ularni rahbarning o‘rinbosarlari va vositachilar o‘tkazadilar.