«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar to‘plami) toshkent



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə71/82
tarix03.06.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124432
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82
«favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» fanidan (MA’ruzalar

Zaharlanishlar.
Zaharlanish biror zaharli kimyoviy moddaning me’da-ichak, nafas yo‘llari orqali organizmga kirgani, teridan so‘rilgani, teri osti, mushaklar orasi yoxud vena qon tomiriga yuborilganida sodir bo‘ladigan kasallik holatidir.
Zaharlanish ikki guruhga bo‘linadi: tasodifiy va qasddan zaharlanish. Tasodifiy zaharlanishlar hayotda ko‘p va tez uchrab, umumiy zaharlanishlarning deyarli 80% ini tashkil etadi. Turli dorivor vositalarni shifokorlarning maslahatisiz, o‘z holicha me’yoridan ziyod katta miqdorda iste’mol qilish, sifatsiz kimyoviy modda yoki dorini ichimlik o‘rnida ichib qo‘yish tasodifiy zaharlanishlar turkumiga kiradi. Qasddan zaharlanish hayotda kam uchrasada, biror ruhiy kasallikka chalingan yoki beqarorroq odamlarga xosdir. Bunday kimsalar biror kuchli ta’sir etuvchi dorivor moddani katta miqdorda iste’mol qilib, zaharlanadilar, o‘z hayotlariga suiqasd qiladilar.
Ro‘y beradigan joyiga qarab, o‘tkir zaharlanishlar kundalik turmushda va ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin. Barcha kimyoviy moddalar organizmga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, ular yuz-ko‘z, terini achish-tiradigan, kuydiradigan, ko‘zdan yosh oqizadigan, terini zararlab yiringlata-digan nafas yo‘lini bo‘g‘adigan, ruhiyatga ta’sir etib bezovta qiladigan uxla-tadigan, mushaklarni tirishtiradigan va boshqa xususiyatli guruhlarga bo‘linadi. Tanlab ta’sir etishga ko‘ra, qon xujayralari, tanachalariga ta’sir etadigan zaharlar (is gazi, selitra va h.k); markaziy va periferik asab tizimini zaharlaydigan toksik zaharlar (spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar va b); buyrak va jigarlarning ish faoliyatini buzadigan zaharlar (og‘ir metallarning birikmalari, ba’zi zamburug‘larning zaharlari va b); yurak zaharlari (ba’zi alkoloidlarga mansub o‘simliklar zaxari); me’da va ichakni zaharlaydigan (kislota va ishqorlar, ularning kuchli eritmalari) moddalar qayd etiladi.
Turmushda ishlatiladigan kimyoviy ashyolar turkumiga kosmetik, ya’ni pardozandoz vositalari kiradi. Turli loson odekolon soch va tirnoq bo‘yaydigan vositalar tarkibida asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan butil spirti bo‘ladi. Bu moddalar ichga kirganida organizmni zaharlab, nafas olish a’zolari va yurak faoliyatini buzishi mumkin. Turmushda, uy va bog‘ hashoratlari, kalamush va sichqonlar, pashsha, chivin, suvaraklarga qarshi ishlatiladigan insektitsid, zootsidlarga xlorofos va karbofos va boshqalar kiradi. Kundalik hayotimizda kup ishlatiladigan 80% sirka kislotasi (sirka zssensiyasi), xlorid, karbod oksolat kislotalari va boshqa o‘yuvchi ishqorlar ham og‘ir zahrlanishlarga olib kelishi mumkin.
Mahalliy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar turkumiga sulfat, xlorid, simob tuzlari va boshqa kislotalar, ularning bug‘lari, ammiak, ishqorli moddalar, ftor, xlor saqlovchi birikmalar kiradi. Kuchli kislota va ishqorlar organizmga kirgan zahotiyoq, og‘iz, halhum, nafas-yo‘llari qattiq og‘riydi, shilliq pardalar kuyganida shishib ketadi, ko‘p miqdorda so‘lak ajrala boshlaydi, bemor yutina olmaydi, so‘lak nafas yo‘liga ketib, nafas olish qiyinlashadi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida zararkunanda hashoratlar, kanalar, ke-miruvchilar, chuvalchanglar, shilliqurtlarni qirish, o‘simliklarning zamburug‘ kasalliklariga qarshi kurashish, begona o‘tlarni yo‘qotish, o‘simlik barglari, ortiqcha gullar, tugunchalarni to‘kish va suvsizlantirish maqsadida ham bir qator pestitsidlar zaharli moddalar ishlatiladi. Bu moddalar belgilangan me’yorda va qattiq nazorat ostida ishlatilmasa, nafaqat odam, balki hayvonlar uchun ham nihoyatda zararli va zaharlidir.
Yilning issiq paytlari, ayniqsa, bahor, yoz, kuz oylarida ko‘pchilik odamlar dala, bog‘, tog‘larga chiqib, o‘zlari yaxshi bilmagan holda har xil o‘simliklar, qo‘ziqorinlar terib, shifokorlar maslahatisiz turli dori-darmonlar tayyorlashadi, qishda esa, noto‘g‘ri saqlangan don, no‘xot mahsulotlari, kartoshka va boshqalarni iste’mol qilib, zaharlanishadi. Bundan tashqari turli hayvonlar (it, mushuk, tulki, bo‘ri)nnng tishlashi, ari, qoraqurt, chayoq zaharli ilonlar chaqishi yoki daryo, qo‘ldan tutilgan baliqlarning urug‘i-uvildiriqlarini ist’emol qilishlari oqibatida qam zaharlanish mumkin.
Ma’lumki, turmushda, sanoatda, xalq xo‘jaligining ko‘plab ob’ektlari, korxonadari, shuningdek, suv to‘plash va tozalash inshootlari, aeratsiya bekat-larida ko‘plab kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy zaharlovchi moddalar (KTQKZM) xlor, azot, nitrolaktil, ammiak, uglerod oksidi, uch xissa xlorli fosfor, ftorli vodorod, ishqor, sinil kislota va boshqalar keng ishlatiladi.
Demak, bir qator xalq xo‘jaligi sohalarida KTQKZMlar ishlab chiqarish, omborlarda saqlash, ulardan sovutgich (xladagent) sifatida foydalanish, bu moddalar qog‘oz qoplar, yog‘och bochkalar, sisternalarga solib, ba’zan ochiq yuk mashinalari, temir yo‘l transporti vositalarida bir manzildan ikkinchi manzilga tashiladi. Shunday paytlarda tasodifiy ravishda ro‘y bergan favqulodda hodisalar (yer silkinishi, yong‘in chiqishi, avtomobil yoki temir yo‘ldagi halokatlar, texnika xavfsizligi qoidalarinig buzilishi) oqibatida avariyalar sodir bo‘lishi, turli zaharlovchi moddalarning yon-atrofga oqib, sochilib ketishi nafaqat havo, atrof-muhitni bulg‘ashi, balki o‘sha joydagi aholini ham zaharlashi mumkin.
Ko‘rinib turibdiki. ko‘z oldimizda kimyoviy shikastlashning ikkilamchi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Bundan farqli o‘laroq, nopok kimsalar tomonidan qo‘poruvchilik maqsadlarida zaharlovchi moddalar ishlatilgannda birlamchi kimyoviy shikastlash o‘chog‘i vujudga keladi. Har ikkala holatda ham shikastla-nish o‘chog‘i, odatda zaharlovchi moddalar to‘kilib sochilgan zonaga, shuningdek, ularning hidi, bug‘i yon-atrofga tarqalayotgan zonalarga bo‘linadi, Tabiiyki, zaharlovchi moddalarning to‘kilishi, sochilishi mumkin bo‘lgan hududlarshshg kztta-kichikligi, ta’sir etish muddati, davomiyligi, ya’ni shikastlashning barqarorligi zaharlovchi moddalar keltiradigan ofat, oqibatlarning eng muhim xususiyatidir. Demak, shikastlanish miqdori va miqyosi aholining mazkur zaharlovchi moddadan o‘zini nechog‘lik himoya qilishga ruhan, ma’nan, jismonan tayyorgarligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bu zaharlovchi moddalarning ba’zi xossalari haqida tegishli ma’lumotga ega bo‘lishlari zarur deb hisoblaymiz.
Qaynash darajasi 20" S gacha bo‘lgan KTQKZMlar (uglerod oksidi, ammiak, oltingugurt angidridi), odatda tez bug‘lanib ketadi. Shuning uchun ham ular to‘kilgan sochilgan hududlarda zaharlash barqarorligi unchalik katta bo‘lmaydi. Vaqt jihatdan zaharli moddaning bevosita to‘kilib sochilgan paytidan bir oz ortiqroq muddat zaharlash kuchi ta’siri saqlanib qoladi. Bunday moddalarning hidi, bug‘i, shuningdek, ularning xavfli konsentratsiyadagi bug‘lari modda to‘kilgan joydan ancha uzoq (bir necha kilometrgacha) massofada ham sezilishi mumkin.
Qaynash darajasi 20 S dan yuqori bo‘lgan KTQKZMlar (uch xissa xlorli fosfor, oltingugurt uglerodi) aksincha juda sekin bug‘lanadi. Shuning uchun ham zaharlovchi moddalar to‘kilgan sochilgan hududlarda zaharlanish barqarorligi uzoq vaqt (bir necha soatgacha) davom etadi. Bunday moddalarning hidi, bug‘i xavfli konsentratsiyalarda uncha uzoq bo‘lmagan (bir necha yuz metrgacha, kamdan-kam hollarda esa, bir necha kilometrgacha) masofaga tarqaladi, xolos.
KTQKZMlarning odamlarga shikast yetkazuvchi ta’siri kishining terisiga sachragan suyuq tomchi tarzida bo‘lsada, uning bug‘lanishi nafas olishga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bu moddalar o‘zlarining zaharlash xossalari jihatidan ham, asosan organizmga umumiy, shuningdek, bo‘g‘uvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadilar. Bunday holatda: bosh og‘rishi va aylanishi, ko‘z oldi qo- rong‘ilashishi, quloq shangillashi, umumiy ahvolning yomonlashishi, ko‘ngil aynishi, qusish, harsillab nafas olish kuzatiladi. Zaharlanish darajasi kuchli bo‘lganida shikastlangan odamni titroq bosishi, uning o‘zidan ketib qolishi, hatto hayotdan ko‘z yumishi ham mumkin.
Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, aholi zich yashaydigan joylarda bu moddalarning zaharlash barqarorligi yon-atrofi keng, ochiq joylardagidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi.To‘kilgan-sochilgan zaharlovchi moddalarning tez bug‘lanishiga g‘ir-g‘ir esgan shabada, ochiq joy qo‘l kelgani tufayli aholi zich yashaydigan makonlarda bug‘lanish jarayoni asta-sekin kechadi. Bundan tashqari aholi yashaydigan serdaraxt joylar, ishlab chiqarish korxonalaridagi yerosti inshootlari, kommunikatsion tunnel, yerto‘la, yo‘laklarda ham zaharlovchi mod-dalarning ta’siri uzok vaqt saqlanib qoladi.
Yuqorida aytilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, turmushda, sano atda keng qo‘llaniladigan KTQKZMlardan ayrimlari, xususan, xlor va ammiak haqida qisqacha ma’lumotlar berishni lozim topdik. Zero ularning bir-birlariga butunlay qarama-qarshi xususiyatlarini e’tiborga olib, ular bilan shikastlanganda qanday aniq va dadil xatti-harakatlar qilish zarurligi mu-ammosi ham o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladi.
Xlor odatdagi sharoitda o‘tkir ko‘lansa hidli sarg‘ish-yashil gaz bo‘lib, havodan 2,5 baravar og‘ir, 34 S haroratda suyuq holatga o‘tadi. +20 S haroratda (bir hajm suvda ikki hajm xlor) organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi modda: ma’danlar, ko‘pchilik noma’dan va organik moddalar bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadi, ularni zanglatadi. Bo‘g‘uvchi ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,03 mg/m.kub. Agar moddaning miqdori 10 mg/m.kub. bo‘lsa, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi, mivdori 2500 mg/m.kub. tashkil etsa o‘limga olib kelishi mumkin.
Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi, o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi. Zaharlanganlik belgilari: konyuktivit (ko‘z jildining, shilliq pardasining yallig‘lanshsh), tanglay va tomoqning qi-zarishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq va qon aralash balg‘am ajra-lishi, badan ko‘karishi, xushdan ketish. Teriga ta’sir qiladigan: qizarish, ek-zema. Shuningdek, muvozanatning nomutanosibligi (koordshatsiyaning buzilishi) kuzatiladi.
Bunday holatda shikastlangan odamni xavfsiz joyga olib chiqish, suniy nafas oldirish, namlangan kislorod berish, isitish, yuz-ko‘zi, og‘iz-burni, terisini 2% li ichimlik soda, ishqorli eritma bilan yuvish, unga gazniqob kiydirish, respirator, paxta-doka bog‘lamidan foydalanish zarur.
Ammiak odatdagi sharoitda o‘tkir novshadil (nashatir) spirti hidi bor rangsiz gaz, havodan yengil. 33 S haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorod muhitida yonadi. Ammiak bilan havoning quruq aralashmasida (agar harorat 18 S, aralashma tarkibida 16-28% atrofida ammiak bo‘lsa) kuchli portlash ro‘y beradi. Shuningdek, ammiak bo‘g‘uvchan bo‘lib, asab tizimiga qattiq ta’sir etadi.
Ammiak gazining odamlar yashaydigan havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,04 mg/m.kub. eng ko‘gga bilan 0,2 mg/m.kubga teeg. Agar gazning miqsori 40-80 mg/m.kub. bo‘lsa, ko‘z yoshlanadi, nafas olish yo‘llari qattiq achishadi.
Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdori 1500-2700 mg/m.kubga teng bo‘lib, uning suvdagi 10% eritmasi novshadil (nashatir) spirti deb nom-lanadi, 18-20% eritmasi esa, ammiakli suv deb aytiladi.
Suyuq ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovutgichlarda sozutuvchi modda sifatida ishlatiladi. Ammiak gazi joylarda saqlash va ma’lum masofaga ta-shish uchun siqilgan holda 6-18 kg/sm.kub. bosimga ega bo‘lgan metall idishlarda olib boriladi. Ammiak bilan shikastlanganda ham ko‘z og‘rishi, yosh oqishi, yo‘tal nafas qisishi, bosh aylanishi, yurakning tez urishi, qusish, hiqichoq tutishi, mushaklargagag tirishib-tortishishi kuzatiladi.
Bunday holatda shikastlangan odamni xavfsiz joyga olib chiqish, sun’iy nafas oldirish, namlangan kislorod berish, yuz-ko‘zi, og‘iz-burni, terisini 2%li borat, limon yoki sirka kislotasi bilan yuvish, unga gazniqob kiydirish, respirator, paxta-doka bog‘lamidan foydalanish zarur.
Umuman so‘nggi yillarda jahon miqyosida terrorchilik harakatlarining tobora avj olayotganligi, ko‘plab begunoh odamlarning nobud bo‘layotganligi bizni doimiy ogohlik va xushyorlikka chorlashi bejiz emas. Sababi, bunday harakatlarda kuchli ta’sir qiluvchi kimyoviy zaharlovchi moddalar KTQKZMlarning qo‘llanilayotganligi nihoyatda xavflidir. Bu esa, o‘z navbatida birinchi belgilari kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan tomchilar, tutun va tumanlarning, o‘ziga xos hid, zaharlashshshing boshlang‘ich ko‘rinishlari paydo bo‘lishi va nihsyat, kimyoviy razvedka va nazorat asboblarining ko‘rsatkich-laridir.
Shunday ekan, kuchli xafvli kimyoviy moddaning qo‘llanilganligi to‘g‘risida axborotni eshitgach (uni albatga, radio va televidnie kanallari, harakatdagi mashinalarga o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar yordamida berishadi), kechiktirmay darhol gazniqoblarni kiyib olish tavsiya etiladi. Ular bo‘lmagan vaqtda respirator, paxta-doka bog‘lami yoki suvda namlangan ro‘mol, sharf, sochiqlardan foydalanish mumkin. So‘ngra deraza va darchalarni zichlab yopish, isitish va maishiy elektr asboblarini o‘chirish hamda vahimaga tushmay uydan chiqish lozim. Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar yaxshisi liftdan foydalanmaganlari ma’qud chunki zararlangan hududlarda elektr energiyasi bunday vaqtlarda o‘chirib qo‘yiladi. Faqat mahaliy favqulodda vaziyatlar boshqarma (bo‘lim)lari tomonidan kursatilgan yo‘nalishlarda, agar harakat yo‘nalishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shamol yo‘nalishiga ko‘ndalang ravishda harakat qilish kerak.
Zararlanish hududini tashlab chiqib ketishning iloji bo‘lmasa, tezlikda xonadon ichidan panoh topish lozim. Buning uchun deraza va eshiklarni yopishqoq tasma yoki plastir bilan, shamol kiradigan barcha teshiklarni esa. qog‘oz yordamida havo kirmaydigan qilib yopish zarur. Shuningdek, eshik va derazalarni namlangan choyshab bilan to‘sib qo‘yish darkor.
Zararlangan hududda tez, chaqqonlik bilan harakat qilish lozim. Ammo zinhor chopish va chang ko‘tarish, atrofdagi buyumlarga tegish, uchrashi mumkin bo‘lgan suyuqlik tomchilari yoki notanish kukunsimon moddalarni bosish kerak emas. Mabodo ularga tegib ketgudek bo‘linsa, darhol qog‘oz, latta yoki dastro‘mol yordamida artib tashlash joiz. Shikastlangan odamlarni zararlanish xududidan xavfsiz joyga olib chiqilgandan so‘ng, ularning ustki kiyimlarini yechib, xonadan tashqarisida qoldirish (sanitar ishlovidan o‘tkazish), yuz-ko‘z, og‘iz-burunni toza suv bilan yaxshilab sovunlab yuvish, chayish darkor.
Biologik xavfli moddalar (BXM) qo‘llanilganda murakkabroq vaziyat yuzaga keladi. Sababi, bunday moddalar ishlatilganligi darhol sezilmaydi. Tashqi muhit ta’siriga chidamli, o‘zaro muloqotda yoki havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan, davolash ancha qiyin bo‘lgan xavfli yuqumli kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan BXMlarni qo‘llash ehtimoli ko‘proqdir.
Odamlarning BXM bilan zararlanishi bunday moddalarning inson or-ganizmiga nafas olish a’zolari, oshqozon-ichak yo‘li, shilliq pardalar (og‘iz, buruq ko‘z va b.), shikastlangan teri qoplami orqali tushishi yo‘li bilan sodir bo‘lishi mumkin.
BXMning nafas olish yo‘llari orqali organizmga kirishining oldini olish uchun paxta-doka bog‘lami, respiratorlar yoki gazniqoblardan foydalanish zarur. Shuningdek, chekishdan voz kechishga to‘g‘ri keladi. BXMning organizmga oshqozon-ichak yo‘li bilan tushishining oldini olish uchun faqat qaynatilgan suv ichish, eng oddiy shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ovqatga BXM qo‘llanilishi ehtimoli bo‘lmagan joylarda maxsus issiqlikk ishlovidan o‘tkazilgan mahsulotlarni ishlatish tavsiya etiladi.
Yirik shaharlar aholisi o‘z xonadonlarida armiyadagi kabi "Ogohlik jomadoni" tayyorlab qo‘ysalar foydadan xoli bo‘lmaydi. U faqatgina terror-chilik harakatlari sodir etilgan vaqtda emas, balki yong‘in chiqqanda, texnogen (ayniqsa, kimyoviy) avariyada ham qo‘l keladi. Oilaning barcha a’zolari uchun avvaldan gazniqob yoki respiratorlar g‘amlab qo‘yilgani ma’qul. Afsuski, BXMlarning barcha turlaridan muhofaza qiluvchi universal gazniqoblar mavjud emas. Shuning uchun yaxshisi GP5, GP7 rusumidagi gazniqoblardan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘zoynak taquvchilar uchun PFM1 rusumidagi gazniqob (uning oynasi katta bo‘lganligidan, ko‘zoynakni yechishga hojat qolmaydi) to‘g‘ri keladi. Shuni doimo yodda tutish lozimki, ko‘pchilik gaz-niqoblardan yong‘in vaqtida foydalanib bo‘lmaydi. Chunki ular is gazidan muhofaza qilmaydi. "Ogohlik jomadoni"ga yenglari manjetli zich to‘qilgan material (yaxshisi yupqa brizent)dan tayyorlangan kostyum, bosh kiyimi, qalin qo‘lqop, paypoq va qo‘yuyut uzun botinka yoki etik ham solib qo‘yilgani ma’qul. Inson og‘irligiga dosh bera oladigan iloji boricha yonmaydigan, metall ilmoqli qalin arqon elektr fonari, pichoq, kichik radiopriyomnik bo‘lsa undan ham yaxshi.
Har bir xonadonda oddiy dezinfeksiyalovchi vositalar: monoxloramin vodorod perekisi, spirt, kaliy permanganat (margansovka) bo‘lsa zarar qil-maydi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin