FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQAROLAR MUHOFAZASI HAQIDA TUSHINCHA
Ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar Ekologik tusdagi FVlar asosan 3 xil bo‘ladi:
quruqlik (tuproq, er osti)ning holati o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar:
halokatli ko‘chkilar-foydali qazilmalarni qazish chog‘ida er ostiga ishlov berilishi va insoning boshqa faoliyati natijasida er yuzasining o‘pirilishi, siljishi; tuproq va er sanoati tufayli kelib chiqadigan toksikantlar bilan ifloslanishi, og‘ir metallar, neft mahsulotlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida odamlarning sog‘lig‘i uchun xavf soluvchi kontsentratsiyalarda qo‘llaniladigan pestitsidlar va boshqa zaharli ximikatlar mavjudligi.
atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlar:
havo muhitining quyidagi ingridientlar bilan ekstremal yuqori ifloslanishi:
oltingugurtli oksid, azotli oksid, uglerodli oksid, dioksid, qurum, chang va odamlar sog‘lig‘iga xavf soluvchi kontsetratsiyalarda antropogen tusdagi boshqa zararli moddalar;
keng ko‘lamda kislotali xududlar hosil bo‘lishi va ko‘p miqdorda kislota chiqindilari yog‘ilishi;
radiatsiyaning yuqori darajasi.
3. gidrosfera holatining o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatlar; er yuzasi va er osti suvlarining sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
oqavalari; neft mahsulotlari, odamlarning zaharlanishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan tarkibida og‘ir metallar, har xil zaharli ximikatlar mavjud chiqindilar va boshqa zararli moddalar bilan eksteremal yuqori darajada ifloslanishi; binolar, muhandislik kommunikatsiyalari va uy-joylarning emirilishiga olib
kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan sizot suvlar miqdorining ortishi;
suv manbaalari va suv olish joylarining zararli moddalar bilan ifloslanishi
oqibatida ichimlik suvining keskin etishmasligi.
Hozirgi vaqtda Birlashgan Millatlar Tashkiloti-BMT bo‘yicha favqulodda vaziyatlarni tavsifiga yana qo‘shimcha qilib: a) ijtimoiy - siyosiy tavsifdagi FV; b) harbiy tavsifdagi FV ni kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
zilzilalar, er surilishi;
sel, suv toshqinlari va boshqalar;
kimyoviy xavfli ob’ektlarda avariya va falokatlar (o‘tkir zaharli moddalarni ajralib chiqishi);
portlash va yong‘in xavfi mavjud ob’ektlardagi avariya va falokatlar;
temir yo‘l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va falokatlar;