Respublika (milliy) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilgada - favqulodda vaziyat natijasida 500 dan ortiq odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan, yoxud moddiy zarar FV paydo bqlgan kunda eng kam oylik ish xaqi miqdorining 0,5 mln. baravaridan ortiqni tashkil etadigan, hamda FV mintaqasi viloyat chegarasidan tashqariga chiqadigan, respublika miqyosida tarqalishi mumkin bqlgan FV tushuniladi.
Transchegaraviy (global) tavsifdagi favqulodda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat tashqarisiga chiqadigan, yoxud FV chet elda yuz bergan va O‘zbekiston xududiga daxldor holat tushuniladi.
Bunday falokat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag‘i bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari mablag‘lari hisobiga tugatiladi. Masalan, Orol muammosi nafaqat O‘zbekiston davlati uchun falokat keltiruvchi, balki unga chegaradosh bqlgan Turkmaniston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar uchun ham falokatli vaziyatdir. Shuning uchun oxirgi vaqtda Orol muammosini hal qilishga O‘zbekiston davlatini kuch va mablag‘idan tashqari butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (EKOSAN, YuNEP va boshqa.) mablag‘lari, kuchlaridan foydalanilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar tavsifiga ko‘ra (sababi va kelib chiqish manbaiga ko‘ra):
Tabiiy tusdagi FV;
Texnogen tusdagi FV;
Ekologik tusdagi FV larga bo‘linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 xil turdagi xavfli hodisalar kiradi:
geologik xavfli xodisalar: zilzilalar, er kqchishlari, tog‘ o‘pirilishlar va boshqa xavfli geologik hodisalar;
gidrometeorologik xavfli hodisalar: suv toshqinlari, sellar, qor kqchkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli gidrometerologik hodisalar;
favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar: alohida xavfli infektsiyalar (o‘lat, vabo, sarg‘ayma, isitma), yuqumli kasalliklar, rikketsiyalar-epidemik toshmali terlama, Bril kasalligi, zoonoz infektsiyalar - Sibir yarasi, quturish, virusli infektsiyalar – SPID.
Epidemiya - odamlarning guruh bqlib yuqumli kasallanishi, ularning zaharlanishi (zaharli modda bilan, hamda oziq-ovqatdan ommaviy zaharlanish); epizootiya - hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bqlishi; Epifitotiya esa -o‘simliklarning ommaviy nobud bo‘lishidir.
Dostları ilə paylaş: |