Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish reja: kirish fayllarni arxivlash


Arxivlangan fayllar bilan ishlash



Yüklə 41,92 Kb.
səhifə2/5
tarix12.12.2022
ölçüsü41,92 Kb.
#74194
1   2   3   4   5
Fayllarni arxivlash va arxiv fayllarni ochish

Arxivlangan fayllar bilan ishlash Arxivlangan fayl-bu faylning ixchamlangan, siqilgan holati. Amalda fayllar bilan ishlashda, ya'ni fayllarni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirishda, nusxa olishda, saqlab qo`yishda, elektron pochta orqali axborot yuborishda bunday fayllar bilan ishlash zarurati tug`iladi. Avvalo arxivlash bilan bog`liq bo`lgan asosiy tushunchalarni kiritamiz, keyin arxivlash uchun ko`p qo`llaniladigan asosiy arxivatorlar (arxivlovchi programmalar) bilan tanishamiz. Fayllarni arxivlash - fayllarni ma'lum bir qoida asosida siqilgan, ixchamlangan holatda diskda saqlash demakdir. Arxivlash qattiq disk ishdan chiqishi yoki faylning tasodifan o`chirilishi sodir bo`lgan hollarda joriy faylni qayta tiklash uchun yordam beruvchi vosita sifatida ham qo`llaniladi. Arxivlash BACKUP paket programmasi orqali ham (Win95 muhitida) amalga oshiriladi. Bu programma haqidagi to`la ma'lumotlarni spravka bo`limidagi «fayllarni arxivlash» kalit so`zli komanda orqali olish mumkin. Umuman arxivlash - bu uzoq muddat saqlanuvchi fayllar, kam qo`llaniladigan, eski xujjatlar, har xil materiallar, adabiy va ilmiy maqolalar, rasm va boshqalarni saqlash uchun qo`llaniladi. Arxiv bir qancha qismlardan iborat bo`lishi va unda har bir fayl alohida ko`rinishda saqlanishi mumkin. Bunday arxiv fayllari ko`p tomli deb ataladi. Shunday arxivlardan katta hajmli ma'lumotlarini qismlarga bo`lib disketalarga sig`adigan, qulay ko`rinishga keltirish uchun foydalanish mumkin. Bunda har bir qism fayl ham arxiv fayli deb ataladi. Arxiv hosil qilish jarayoni arxivlash (arxivatsiya) deyiladi. Siqilgan faylni eski holiga qaytarish arxivlarni ochish (razarxivatsiya) deyiladi. Arxivlashni fayllar guruhi, to`liq fayllar strukturasi bo`yicha yoki papkalar bo`yicha ham qilish mumkin. Arxivlanuvchi fayllarda papkalar ko`p bo`lsa, ularni oldin bitta papkaga yig`ib olish ishni osonlashtiradi. Elektron pochta va Internet muhitida arxivlangan holdagi ma'lumotlarni almashish bir qator qulayliklar yaratadi. Arxivlash jarayonida ayrim fayllar juda yaxshi ixchamlanishi, ba'zi hollarda arxivlash natijasida boshlang`ich fayl 10-20 baravar siqilishi ham mumkin. Masalan, programma fayllariga nisbatan tekst va rasm fayllari ancha yaxshi ixchamlanadi.Hozirgi kunda har xil arxivatorlar bir-biridan siqish darajasi, tezligi, foydalanishda qulayliklari, imkoniyat darajasi bo`yicha farq qiladi. Foydalanuvchi har xil turdagi arxiv fayllarini kengaytmasi bo`yicha farqlaydi. Siqish turi shu arxivning formati deyiladi. Arxivlangan fayl arxivda qaysi fayllar borligini bildiruvchi sarlavhaga ega bo`ladi. Arxiv sarlavhasida unda saqlanuvchi har bir fayl uchun quyidagi ma'lumotlar saqlanadi:
- fayl nomi;
- fayl saqlanuvchi katalog haqida ma'lumot;
- faylning oxirgi marta qayta ishlangan sanasi va vaqti;
- faylning diskdagi va arxivdagi o`lchami;
- arxivning to`liqligini tekshirishda ishlatiladigan har bir faylning siklik tekshirish kodi. Arxiv fayllar ham oddiy fayllar kabi nomlanadi va maxsus kengaytirmaga ega bo`ladi. Masalan, PKZIP/PKUNZIP programmalaring fayllari .ZIP, ARJ programmasining fayllari .ARJ kengaytirmaga ega bo`ladi. Ko`p tomli fayllar uchun esa arxivning davomi A01, A02 va hakazo kengaytirmalar oladi.

Yüklə 41,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin