Tajriba o‘tkazilgan
guruh
|
Respondentlar soni
N=60
|
Tajribagacha
|
Tajriba vaqti (bir oy bo‘lganda)
|
Tajriba yakunida (ikki oydan so‘ng)
|
1.
|
Tajriba guruhi
|
n= 30
|
14
|
86
|
150
|
2.
|
Nazorat guruhi
|
n= 30
|
14
|
20
|
24
|
Xuddi shu topshiriq, ya’ni talabalarning o‘zbek xalq maqollarini bilishi va ulardan 5 minut ichida yozma ko‘rinishda yozib topshirishlari so‘ralganda (guruh a’zolarining har biri individual yozadi va ularni ya’ni 30 nafar talabalarni yozgan maqollari to‘planganda) ular tajribagacha tajriba guruhlarida 14 ta, nazorat guruhlarida ham 14 ta maqolni tashkil etdi. Tajriba vaqti (bir oydan so‘ng) esa tajriba guruhi a’zolari 86 ta, nazorat guruhi a’zolari 20 ta maqolni yozma ko‘rinishda yozib berishga ulgurdilar. Tajriba yakunida (ikki oydan so‘ng) tajriba guruhi a’zolari 150 ta, nazorat guruhi a’zolari esa 24 ta maqolni yozma ko‘rinishda yozib berishga erishdilar. Bundan shu narsa ma’lumki, olib borgan tadqiqotlarimizning tarbiyaviy samarasi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, olib borgan tadqiqotlarimizni ilmiy asoslash va samarasini oydinlashtirish maqsadida quyidagicha ko‘rinishdagi tadqiqotni ham o‘tkazdik. Aynan o‘sha tajriba va nazorat guruhi a’zolariga – o‘zbek xalq maqollarini mazmuni – mohiyatini sharhlash (ishtirokchilar % hisobida) topshirig‘i berilganda natijalar quyidagicha bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: |